Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə12/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi


Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosi quriladi va u kerakli ma’lumotlar bilan to’ldiriladi. Buning uchun taqdimot muharriridan foydalaniladi. Ish stoli elementlarini sichqoncha tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak, shablondagi barcha elementlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o’zgartirish mumkin.


Prezi taqdimoti muharriri oynasi
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo’ladigan asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida joylashgan va ular uchta menyu guruhiga bo’lingan:

  • Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash va taqdimotga yangi slayd ko’rinishlarini qo’shish.

  • Insert: kerakli ma’lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni qo’shish. KlipArt galeriyasidan foydalanish mumkin. Taqdimotga musiqa jo’rligini ham joylashtirish mumkin.

  • Theme: taqdimot ko’rinishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida xohlagan vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyati mavjud. Taqdimotni jihozlash yoki biror bir element rangini o’zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.

Ishni xohlagan bosqichida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko’rish mumkin, buning uchun oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini tanlash orqali bajariladi. Prezi servis bo’lsada loyihani avtomatik saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo’lsada muharrirdan chiqib ketish oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo’ladi.

Taqdimotni saqlash muloqot oynasi


Hujjatni saqlash uchun birinchidan sahifani istagan usulda ko’rish mumkin. Ikkinchidan, taqdimotni onlayn shaklida ishga tushirish mumkin. Hujjatni PDF formatda ham saqlash mumkin.
Yana bir saqlash usuli bu, taqdimotni kompyuterda avtonom ko`rinishda saqlash. Prezi dasturini ishga tushiring. Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang. «Your Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.
Taqdimot uchun eskiz tanlanadi. Ish sohasiga xohlagan kadrlarni joylashtirng. Prezi uchun dizayn tanlanadi. Taqdimot yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun taqdimotni oldindan ko’rish effektini tashkil etish lozim.
Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalar tanlab joylashtiriladi. Bu nuqtalar – kordinatsion nuqtalar deb tasavvur qilinadi, har bir kadrni yaratganda shu nuqtalarga tayanib ish tutiladi. Prezi dasturida taqdimot yo’nalishli tarzda beriladi. Yo’nalishda taqdimot bir kadrdan ikkinchi kadrga o’tishi ta’minlanadi.
Yo`nalish chiziqli ketma–ket harakat qilish o’rniga, har xil tartibda harakatlanadi.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin