O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «____________________» fakulteti
«__________________________________» kafedrasi
«__________» «____________________________» ta’lim yo’nalishining Shifri. yoʻnalish nomi «___» - kurs talabasi ______________________________________ning amaliyot boʻyicha yozgan
1. ATB “ Qishloq Qurilish ” banki iqtisodiy ko’rsatkishlari va strukturasi……..
2. Tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili..........................................................................................................................
3. Bank tomonidan xo’jalik suby’ektlarini kreditlash tartibi va pul muomalasini tashkil etish…………………………………………………………………………
4. Tijorat banklari me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi……………………………………..
5. Bank tizimi rivojlanishida yangicha yondashuvlar…………………………..
XULOSA …………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………….
Kirish 2017-2021yillarga molljallangan xarakatlar strategiyasida bank tizimini islox qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taminlash, banklarda kapitallashuv darajasini va depozit bazasini oshirish ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini oshirish, mustahkamlash,istiqbolli investitziya loyihalari hamda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sube’ktlarini kreditlashni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar O’zbekiston bank tizimining rivojida yangi bosqich boshlanganidan dalolat berib turibdi. ATB “Qishloq qurilish bank”i ham bank moliya tizimida kechayotgan isloxatlarda faol ishtirok etib, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlamoqda.
Mamlakatimizda 1994 yil 2-avgustda “G’allabank” o’z faoliiyatini boshladi. Oradan 15-yil o’tgach O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30-martidagi qaroriga asosan “G’allabank” negizida.“Qishloq qurilish bank” tashkil etildi. Qishloq turmush darajasini yahshilash,mamlakatimizda ishlab shiqarilagan zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanib qishloq joylarida zamonaviy tipdagi sifatli uy qurish.ijtimoiy soha obeyktlarini barpo etish,pirovardida qishloq aholisi dunyo qarashini va hayot sifatinini tubdan o’zgartirishga qaratilgan davlat dasturlari 2009 yildan buyon ushbu bank tizimida amalga oshirib kelinmoqda.25 yil avval o’z faoliyatini 8 nafar hodim va 10 ta mijozga hizmat ko’rsatishi boshlagan bank bugungi kunda 3 500 dan ziyod xodimga ega va 12 mingdan ortiq mijolarga xizmat ko’rsatmoqda.Bankning ustav sarmoyasi dastlabki 10 mln so’mdan 2 074.7 mlyrd mlyard so’mga yetdi.Banknin sof aktivlari 11 997,8 mlyrd so’mni va jami kapitali 2 310,6 mlyrd so’mni tashkil qilmoqda. Raqobat sharoitida bank omad kaliti bo’lib, bank ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning xatti-harakatiga hamda bozor konyunkturasidagi o’zgarishlarga xodim javob bera olish qobiliyati hisoblanadi.
Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qabulli dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni so’zsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfe’lining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi. Hozirgi davrda O’zbekistonda bank nazorati bo’yicha tijorat banklari moliyaviy holatini tahlil qilishning o’ziga xos tizimi shakllangan. Shuningdek tijorat banklari Markaziy bankka har oy faoliyatining ko’p sohalarini o’z ichiga olgan ma’lumotlar, balans hisoboti, iqtisodiy normativlar hisob-kitobi, foyda va zararlar hisobotlarini taqdim etadilar. “Foyda va zarar to’g’rida”gi hisobot foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori bilan bog’liq bank daromad va xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichi sof foyda hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Chunki tijorat banklari joriy va investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shartsharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir.Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish loyixasi doirasida 2012-2016 yillar davomida Osiyo Taraqqiyot banki (425.5 mln AQSH dollari),Islom Taraqqiyot banki (100 mln AQSH dollari) va Saudiya Taraqqiyot fondi (60.0 mln AQSH dollari) kredit liniyalari jalb qilindi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyixalar bo’yicha arzon uy joylar qurish dasturi tog’risida”gi qaroriga muvofiq xamkor tashkilotlar o’z ishtirokini kengaytirishi bo’yicha 850.0 mln AQSH dollari miqdoridagi qo’shimcha mablag’lar ajratish yuzasidan shartnomalar imzolandi.Mazkur mablag’lar doirasida Osiyo Taraqqiyot banki 500.0 AQSH dollari (Qishloq qurilish bank tomonidan 150.0 AQSH dollar o’zlashtirilishi belgilangan),Islom Taraqqiyot banki 300.0 mln AQSH dollari xamda Saudiya Taraqqiyot jamg’armasi esa qo’shimcha 50.0 mln AQSH dollari ajratishiga kelishilgan. 2019 yilda Bank tomonidan barpo etilayotgan 6508 ta uy-joydan umumiy qiymati 400,65mld so’mlik 2583ta uy-joy Osiyo Taraqqiyot banki mablag’lari hisobidan va umumiy qiymati 657.9 mlrd so’mlik 6225 ta uy joy Islom Taraqqiyot banki mablag’lari xisobidan moliyalashtirildi.
Bank o’zining kredit siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subye’ktlarini moliyaviy qo’llab quvvatlashga aloxida e’tibor qaratmoqda.Bu borada ajratilayotgan sarmoyalar kichik biznes subye’ktlari yangi maxsulot ishlab chiqarish,ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to’ldirish va tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilayotgani bilan axamiyatlidir.
Tijorat banklarining moliyaviy natijalari asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash, moliya - bank tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va banklar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgandir.