OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Toshkent amaliy fanlar Universiteti
“TASDIQLAYMAN” TAFU rektori
______________A.V.Umarov
2023 yil “___” __________
Ro ‘yxatga olindi: №__________________
2023 yil “___” __________
KOMPYUTERNING TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi:
110000 – Ta’lim
Ta’lim yoʻnalishi:
60110600 – Matematika va informatika
TOSHKENT 2023
Fan/modul kodi B2107KTDT
Oʻquv yili 2023-2024
Semestr III
ECTS kreditlar 7
Fan/Modul turi Majburiy
Ta’lim tili Oʻzbek
Haftadagi dars soatlari 6
Fanning nomi
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
1.
Ma’ruza
Amaliy
Laboratoriya
Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti
30
30
30
120
210
2.
I. Fanning mazmuni. Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga informatika va matematika oʻqituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim boʻlgan bilimlarni amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirish, hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuter arxitekturasi va uning ishlash prinsiplari, xotira va uning ishlash imkoniyatlari, kompyuterning asosiy va tashqi qurilmalarining tafsiflari, shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning rivojlanish tendentsiyalari, tizimli dasturiy ta’minot va ularning turlari, arxivlashtirish dasturlari, antivirus dasturiy vositalari, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari va unda qoʻllaniladigan dasturlar haqida tushuncha, matematik masalalarni yechishga moʻljallangan amaliy dasturlar, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash muhitida ishlash imkoniyatlari, modellashtirish va simulyatsiya, kompyuter simulyatsiyasi haqida nazariy va amaliy bilimlarni, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
II. Аsosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. “Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti” fanining maqsadi va vazifalari. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi. Fanining maqsadi va vazifalari. Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi. Zamonaviy kompyuterlar arxitеkturasi.
2-mavzu. Mikroprotsessorlar. Xotira turlari va uning ishlash tamoyillari. Mikroprotsessor arxitekturasi. Mikroprotsessor turlari va ishlash tamoillari. Xotira turlari.
3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Kompyuterning asosiy va tashqi qurilmalari. Kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari. Kompyuterning zamonaviy periferik qurilmalari.