O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə29/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Maqollarda saj`lar faol bo`lib, o`ziga xos ichki qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan va ularda ohang jilolarining jozibasini oshirgan: “Ishlagan-tishlar, ishlamagan-kishnar”, “Nodon kuzatar, dono tuzatar”, “Otaga mol, qizga-jamol” va boshqa qator maqollarda saj sanati yuzaga keltirgan ohangdoshlik kompozision bir butunlikni va fikriy-mazmuniy yakunlanganlikni taminlab turibdi. Bunda ohangdoshlik ko`pincha alliterasiyalar zamirida kechib, maqollarga ritmik o`ynoqilik bag`ishlagan. Xususan, ikki va undan ortiq qismli maqollarda alliterasiya qismlarni ohangdoshlik asosida o`zaro bog`lab turuvchi yetakchi estetik vazifani bajargan.
Maqollarni tasnif qilishning xilma-xil ko`rinishlari mavjud. Jumladan, alifbe tartibida, mavzulari, sinonimlik yoki antonimlik mohiyatiga ko`ra, etimologiyasiga ko`ra, to`g`ri yoki ko`chma ma’no tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga-xronologiyasiga ko`ra guruhlash yo tasnif qilish pareomiologiyada an’anaga aylangan. Ammo hozircha o`zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga ko`ra tasnif qilish ananasiga ikki jildlik «O`zbek xalq maqollari” (1987) va ko`p jildlik «O`zbek xalq ijodi” ruknida «O`zbek xalq maqollari” (1989) va «O`zbek xalq maqollari” (2003) hamda etimologiyasiga ko`ra Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovlarning «Hikmatnoma” (1990) va “Ma’nolar xazinasi” (2003) to`plamlarini tuzishda amal qilingan.
Xalq maqollari yozma adabiyotda hikmatli so`z (aforizm)larning yuzaga kelishiga kuchli ta’sir ko`rsatdi. Ahmad Yassaviy – hikmat, Rabg`uziy – foyda va Alisher Navoiy – tanbeh deb atagan bu hodisa yozma adabiyotgagina xos bo`lib, maqoldan muallifining aniqligi, hikmatdan iborat ma’no-mazmunining kitobiy uslubda ifodalanganligi, hajman nisbatan yo-yilganroq shakldaligi bilan ajralib turadi. Abu Rayhon Beruniy «Hikmatlar”i (1973), Abu Ali ibn Sino «Hikmatlar”i (1981), Amir Xusrav Dehlaviy «Hikmatlar”i (1973), Alisher Navoiy “Aforizmlar”i (1947), “Abdulla Qahhor hikmatlari” (1990), shuningdek, “1001 hikmat”, “Tafakkur gulshani” va boshqa o`nlab to`plamlar ana shunday xulosaga kelishga asos bo`la oladi.
Alpomish” dostoni misolida namunalar
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin