Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Absorberning moddiy balansi va uning tezligi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə10/25
tarix20.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#146067
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
diplom ishi toliq

1.7. Absorberning moddiy balansi va uning tezligi
Fazalar sarfini uskunaning balandligi bo‘yicha o‘zgarmas deb va yutilayotgan gazning miqdorini nisbiy mol konsentratsiyada qabul qilamiz. Moddiy balans tenglamasini tuzish uchun absorbsiya jarayonidagi asosiy kattaliklarni quyidagicha belgilaymiz: G – inert gazning sarfi, kmol/s; Yb va Y0 – gaz aralashmasidagi absorbtivning dastlabki va oxirgi konsentratsiyalari, kmol/kmol inert gazga nisbatan; L – absorbentning sarfi; Xb va X0 – absorbentning boshlang‘ich va oxirgi konsentarsiyalari, kmol/kmol. Bu holda moddiy balansning tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

Bu tenglamadan absorbentning sarfi :

Uning solishtirma sarfi esa kmol/kmol inert gazga nisbatan:

Bu tenglamani quyidagicha yozish mumkin:

Agar gaz fazasidagi tegishli komponent to‘la yutilgan paytda Y0 = 0, yutilgan komponentning miqdori esa GYb ni tashkil etadi. Haqiqiy yutilgan modda miqdorini to‘la yutilish paytidagi modda miqdoriga nisbati ajratib olish darajasi deb ataladi:


2-rasm. Absorbsiya jarayonining ish va muvozanat chiziqlari:
1–absorbentning sarfi L bo‘lganidagi ish chizig‘i; 2–absorbentning sarfi Lmin bo‘lgandagi ish chizig‘i; 3–muvozanat chizig‘i Υ*= f (x).
Ish chizig‘ini chizish uchun fazalarning absorberga kirishdagi (Yb, Xb) va undan chiqishdagi tarkiblarini (Y0, X0) bilish kerak. Biroq odatda gaz va suyuqlikning dastlabki tarkiblari (Yb , Xb) va ajratib olish darajasi φ berilgan bo‘ladi. So‘ngra Y0 ning qiymati aniqlanadi. Shunday qilib A nuqtasining o‘rni belgilanadi (2-rasm). Ish chizig‘i AS ning holati, ya’ni S nuqta muvozanat chizig‘ida joylashgan paytda, absorbentning sarfi minimal qiymatga ega bo‘ladi:

Absorbentning sarfi minimal bo‘lganda ish chizig‘ining muvozanat chiziq bilan kesishgan nuqtasi S da jarayonning harakatlantiruvchi kuchi nolga teng bo‘ladi.
Sanoat miqyosida ishlatilayotgan absorberlarda fazalararo muvozanat ro‘y bermaydi va har doim X0 < X*0 (bu yerda, X*0 – uskunaga kirayotgan gaz bilan muvozanatda bo‘lgan suyuqlikdagi yutilayotgan komponentning tarkibi). Demak, absorbentning qiymati L uning minimal qiymati Lmin dan katta bo‘lishi kerak (L > Lmin). Yutuvchi suyuqlikning sarfi ko‘payishi bilan absorberning kerakli balandligi kamayadi, biroq desorbsiya jarayoni va suyuqlikni uzatish uchun zarur bo‘lgan sarflar ortadi.
Absorbentning sarfiga harorat va bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Absorbentning minimal sarfini quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:

Bu yerda, P – gaz aralashmasining umumiy bosimi; E – Genri doimiyligi. Bir xil bo‘lgan sharoitlarda gaz aralashmasi umumiy bosimning ko‘payishi bilan absorbentning sarfi kamayadi. Haroratning ortishi bilan Genri koeffitsiyentining qiymati ham, yutuvchi suyuqlikning sarfi ham ko‘payadi.
Texnologik shart-sharoitlariga ko‘ra absorbentdagi yutiluvchi moddaning tarkibi X0 berilmagan bo‘lsa, absorbentning o‘lchamlari va absorbentning sarfi o‘rtasida shunday nisbatlarni tanlab olish kerakki, bunda L ning qiymati va uskunaning o‘lchamlari maqbul bo‘lishi kerak. Buning uchun texnikaviy-iqtisodiy hisoblarni bajarish zurur bo‘ladi.
Odatda absorbentning solishtirma sarfi L/GT uchun (bu yerda, GT – inert gaz-tashuvchining sarfi) bir necha qiymatlar berilgan bo‘ladi; ushbu qiymatlar bo‘yicha uskunaning o‘lchamlari, amortizatsiya, ta’mirlash va uni ishlatish uchun sarflar miqdori aniqlanadi. Umumiy sarflarning minimal qiymatlari absorbent solishtirma sarfining maqbul qiymatiga to‘g‘ri keladi (L/GT). Bunday hisoblashlar sanoatda chiqarilayotgan absorberlarning har bir seriyasi uchun bajariladi.
Amaliyotda yutuvchi suyuqlikning sarfini quyidagicha qabul qilinada:
L = (1,3 ÷ 1,5 ) Lmin .

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin