O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


- MAVZU: SHAXSNING HISSIY VA IRODAVIY SOHASI



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə65/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

13 - MAVZU: SHAXSNING HISSIY VA IRODAVIY SOHASI


Mashg‘ulotning maqsadi: Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha, uning xususiyatlari va fiziologik asoslari haqida talabalarda bilimlarni shakllantirish, irodaning psixik faoliyatda namoyon bo‘lishi, irodaviy akt, shaxsning irodaviy sifatlari haqida ma'lumot berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Hissiy kechinmalar, emotsiya, affekt, stress, kayfiyat, ambivalent. Iroda, irodaviy akt, ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar, dadillik, qat'iylik, ma'suliyat, sabr-toqat, matonat.


Reja:
1.Emotsiya haqida tushuncha
2.Hissiy holatlarning ifodalanishi
3.Iroda haqida tushuncha
4.Shaxsning irodaviy sifatlari
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub'ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a'zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob'ektiv) aks ettiradi, in'ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qar-shilik ko‘rsatadigan ob'ektlarga sub'ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub'ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi his-siyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot — yaqqol voqyelikning ehtiyojlar sub'ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob'ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. Mulohazalardan ko‘rinibturibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, ata-malar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma'no, ko‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba'zi bir tuzatishlar kiri-tilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma'noda qo‘llanilib kelinadi: 1) sub'ekt (shaxs) bilan ob'ekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob'ek-tiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalarningaks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub'ektning ehtiyojlari va ularning ob'ekt-lararo munosabati (sub'ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat ma'nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma'noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqyealari bo‘lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib taxlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik mavjudodlar miyasida, ya'ni shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga monelik qiluvchi ob'ektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks etti-rish ma'nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ay-niqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ular-ni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksa-riyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘la-digan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta'-bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yigi, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas'uliyat, vij-don, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emo-siya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta'-sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilish-lariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy saf-sataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta'kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emo-siyaning o‘zaro bir-biridan qat'iy cheklab qo‘yish ham ba'zi angla-shilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub'ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyati hisob-langan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqa-dor (xohfoydali, xohzararli bo‘lishdan qat'i nazar) omillar, qo‘zg‘ov-chilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoya-lanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taallukli ruhiy (psixik) holatlar-dir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiy-lik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta'sir-chanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emo-siyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, xissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u akl-zakovat sub'ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdard-lik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutila-di) inson shaxsining ijtimoiy-hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evo-lyuiion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomat qiluvchi kishilartomonidano‘zlashtirilgan g‘oyalar, me'yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.
Hissiyotda shaxs psixikasining o‘ziga xos jabhalari, inson faoliyatining ayrim jihatlari sifatida harakatdagi, tevarak-atrofda-gi voqyelikni odam bosh miyasida turli-tuman shaklda ichdan aks etti-riladi. Shuning uchun hissiyot borliqda sodir bo‘layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli alomatla-ri tuyg‘usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi. Yaqqol voqyelikda sezgi a'zolariga ta'sir etuvchi har xil qo‘zg‘ovchilaridan ba'zch birlari alohidalanadi, o‘zaro mos tushganla-ri esa birlashadi, favqulodda namoyon bo‘la boshlagan his-tuyg‘ular bilan ular aralashib ketadi. Buning natijasida muayyan qo‘zg‘ovchi-lar tirik mavjudodlar uchun xotirjamlik yoki bezovtalik signaliga aylanadi, hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi shartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funk-siyasining bajarishi uning impressiv (lotincha 1tre5$yu so‘zidan olingan bo‘lib, taassurot degan ma'no anglatadi) jihati deb nomla-nishda o‘ziga xosligi shundaki, hissiyot tasavvur qilinayotgan obraz-larga, fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, in-tilish uyg‘otadi, shaxsning faoliyati va xatti-harakatlarining mu-vaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu fiziologik jarayon-ning mohiyatini tushuntirishda I. P. Pavlov mana bunday yondasha-Di: tirik mavjudodlarning tabiiy muhitga moslashuvida qat'iyla-shadigan yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli hissiy va emotsional kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko‘rinishi vujud-ga keladi. I. P. Pavlovning talqinicha, dinamik stereotip — bu tashqi taassurotlarning ma'lum tarkibda takrorlanishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar ta'siridagi nerv bog‘lanishla-rining barqaror tizimidir. Tirik mavjudod hayoti va faoliyatida qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip «zaif-lashuvi» yuzaga keladi, buning oqibatida salbiy emotsional holat-lar, kechinmalar hosil bo‘ladi.
His-tuyg‘ular va emotsional holatlar kechishining turli shaklla-ri, ko‘rinishlari nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori ustidan boshqaruvchanlik funksiya-sini amalga oshiradi. Yuksak hislar bu ma'noda ustuvor rol o‘ynay-di (vijdon hissi, mas'uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi, empatik, ya'ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). Hatto emotsional holat-lar, hodisalar, harakatlar shaxsning tana a'zolari o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi va ichki hissiy kechinmalarning tashqi alomatla-rini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ovoz ohangi, sur'ati, tembri, chastotasi o‘zgarishi, mimika, imo-ishora, pantomi-mika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosi-midagi beqaror holatlar ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat'i nazar emotsiyaning ekspressiv (lotincha yexrgezzyu degan atamadan olingan bo‘lib, ifodalash degan ma'noni bildiradi) jabhasi deyiladi.
Shaxs hissiyotning sub'ekti hisoblanib, mazkur holatning namo-yandasi, uni aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayo-nida o‘zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvo-fiqamalga oshirish uchun hissiy kechinmalarni o‘zgartirish qudrati-ga ega. His-tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shu-ning uchun ular hissiyot sub'ekti bilan birga hukm suradi, binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Inson-da emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida tabassum yoki qayg‘u, goho ajablanish uyg‘otadigan narsa va hodisalar hissiyotning ob'ekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsdagi emotsional o‘zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan mu-omalaga kirishishda, ayrim hollarda biron-bir voqyelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi.
Hissiyot sub'ektiv ichki kechinmalarda ifodalansa ham uni aniq-lash mumkin, chunki dildagi qayg‘u alamlar, afsuslanish, achinish, quvonish, o‘zidan nolish, ko‘z va yuz harakatlaridagi bezovtalanish, hadiksirash, hayajonlanish tashqi tana a'zolarida, nutq faoliyatida, sustlik, loqaydlik hukmronlik qilganida bevosita ifodalanadi. His-tuyg‘ular ixtiyorsiz ravishda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular kat'iy ravishda determinatsiyalashgan (sababiy bog‘langan) psixofi-ziologik xususiyatga egaligi tufayli u yoki bu tashqi ko‘zg‘atuvchi ta'-siriga nisbatan munosabat bildirish (javob reaksiyasi) tarzida hosil bo‘ladi. Vaziyat, shart-sharoitlar hissiyotning mexanizmi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Shuni ham anikdashtirish lozimki, vaziyat ham, sharoit ham tabiiy (biologik), sub'ektiv (shaxslararo munosa-bat) ko‘rinishlarda vujudga kelganligi sababli hissiyotning mohiya-ti, sifati va shakliga bevosita o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Qattiq sovuq, favquloddagi chang-to‘zon, xonada tok bo‘lmasligi, qo‘pol muomala, loqayd munosabat, avtoritar xulq-atvor va boshqalar vaziyatga, sharo-itga yaqqol misol bo‘la oladi.
Hissiyotning determinizm (sababiy bog‘lanish) prinsipiga asos-langanligidan qat'i nazar shaxs o‘zining faoliyatida, xulqida, muo-malasida hissiyotini, emotsional holatlarini idora qilishga, ba'zi hollarda o‘zini tutib turishga, voqyelikka yoki hodisalarga nisbatan oldingi bahosini o‘zgartirishga, ichki murakkab kechinmalarini ong-li ravishda boshqarishga intiladi. Shaxsda vujudga keluvchi sub'ek-tiv holatlar, his-tuyg‘ular o‘zining yuzaga kelishi, namoyon bo‘lishi, mohiyati jihatidan hamisha ob'ektiv voqyelikning timsoli, inson miyasiga singdirilgan, qayta ishlangan ko‘rinishidir. Ob'ektiv bor-liq yuzaga keltiradigan sub'ektiv his-tuyg‘ular, kechinmalar moddiy tana a'zolaridagina aks etish bilan cheklanmasdan, balki muayyan o‘zgarishlar shaxsning faoliyatida, nutqida, mulohazasida, xulqida bevosita ifodalanadi.
Shaxs hissiyot ob'ektiga nisbatan qanday shaxsiy munosabatda bo‘lishi favquloddagi holatda «Men»lik ifodalanishi his-tuyg‘ularning sifati deyiladi. Masalan, shaxsning muhabbati, rahm-shafqa-ti, hayajonlanishi, qahr-g‘azabi, bezovtalanishi, ruhan ezilish kabi sifatlarning muayyan tasnifi (klassifikatsiyasi) mavjuddir. Si-fatlar ikki xil yo‘sinda vujudga kelishi mumkin, jumladan, shaxs-ningo‘z ehtiyojini qondirishga va unga qarshilik (to‘sqinlik) qilishga aloqador narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari son-sanoq-siz bo‘lishi mumkin. Hissiyotning sifatlari shaxsning narsa va hodi-salarga nisbatan emotsional munosabatining o‘ziga xos va zaruriy alomatlari bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyada shaxsning hayotiy va tabiat omillariga nisbatan emotsional munosabatlari ijobiy va salbiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisa-larga nisbatan ehtiyoj maqsadga muvofiqravishda qondirilsa, u holda rohatlanish, quvonch hislari ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni Qondirishda to‘sikdar, xalaqit beruvchi omillar namoyon bo‘lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tugiladi. Ijobiy va salbiy sifatlar bevosita yo‘sindagi emas, balki bilvosita yo‘l bilan ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, hayot quvonchlarini eslash dadillikni uyg‘otsa, muvaffaqiyatsizlikni xayolga keltirish hadik-sirashni hosil qiladi.
Hissiyotning ijobiy va salbiy sifatlaridan tashqari, uning ikkiyoklamalik (yunoncha atrgp ikkiyoqlama vazifa, lotincha ua1epNa «kuch» degan ma'no anglatib keladi) va noaniklikdan iborat asosiy xislatlari mavjuddir. Bu ruhiy holatlarda shaxsda ikkilanish hol-lari, noaniqtushunish munosabatlari aks etadi, lekin rohatlanish bilan qanoatlanmaslik hislarini bir-biriga qo‘shish mumkin emas.
Ambivalent (ikkiyoklama) hissiyotda rohatlanish bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatla-ridan biri bo‘lib hisoblanadi. Masalan, rashk hissida muhabbat bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Xo‘randa qorni ochli-gi uchun sho‘r ovqatni yeb biologik ehtiyojni qondirib, bir tomondan rohatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush hisni kechirishi mum-kin. Tashnalikdan iliq suvni ichib ham rohatlanishi, ham noxush-likka berilishi kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroqto‘n be-rilsa, birtomondan quvonadi, ikkinchi tomondan esa uyaladi. Oshiq-larda sevish va o‘zidan nafratlanish holati kechadi yoki hijron shi-rin qayg‘u, lekin yoqimli istirob tarzidagi kechinmalar ikkiyoklama hissiyotga yorqin misoldir.
Shaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizo-lar va ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirish-dan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ik-kiyoklama hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o‘rtasidagi (tabiiy muhit, ijtimo-iy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a'zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vazi-yatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.
Xis-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning hissiyot ob'ektlariga nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddat-pi aks etishini ta'minlovchi tashqi ta'sirining noaniqligi ifo-dalanishidir. Shuningdek, ob'ektlarning taassurotlari uzoq mud-datli xususiyatga ega bo‘lsa, bunday emotsional holatlar munosabat-larning sifati bo‘lishi mumkin; Shaxs o‘ziningturmush tajribasiga noma'lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqyelik uni to‘lqinlan-tirishi, hayratlantirishi, unda havas va qiziqish uyg‘otishi mum-kin. Bu hissiy voqyelik (hodisa) yangi taassurotni anglashning his-siy jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Tabiiy va ijtimoiy muhitning anglab olish chigal hodisasi ehtiyoj bilan bog‘lanishdan hamda muay-yan barqaror munosabat yuzaga keltirishdan oldin hissiy holatning predmetiga aylanadi. Shuning uchun ma'lum kechinmalarning negizi-da tanho «bu nima refleksi»ni tushunish ehtiyoji yotadi. Bilish fa-oliyati bilan uyg‘unlasha borgan anglash hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda ob'ektga nisbatan yengil-roq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanadi.
Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo‘lib, u shaxsning hayoti va taraqqiyoti imkoniyatlari bilan bog‘liq ob'ektlarga, hatto bevosita rohatlanish (azoblanish) hislarini yuzaga keltiruvchi narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Demak, shaxsning hissiyot-lari turlicha moddiy va madaniy ehtiyojlariga asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emotsiyani yuzaga keltira-di, so‘ng barqaror hissiyot singari mustahkamlanadi. Inson ehtiyo-jini qondirishga xalaqit beradigan narsa salbiy emotsional holat-ni vujudga keltiradi hamda hissiyot tariqasida mujassamlashadi.
Shuni eslab o‘tish lozimki, hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki payqash mumkin. Shaxs-ning his-tuyg‘ularida ham barqaror, ham o‘zgaruvchan jabhalari birga-likda hukm suradi.
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoli-yatining natijasi yoki mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Emotsional holat-larning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zga rishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyoj-larning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib kela-di. His-tuyg‘ular uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa: 1) yarim sharlarning po‘stloqosti bo‘shliqlari; 2) miya stvoliga te-gishli ko‘rish tepachalari (do‘ngliklari); 3) nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning yuqori bo‘limlaridan vegetativ tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-tuyg‘ularning ke-chishi hamisha miya po‘sti bilan po‘stloqosti markazlarining birlik-dagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro‘yobga chiqadi
Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim sharla-rining po‘sti mo‘tadil sharoitida po‘stloqosti markazlariga bosh-qaruv va tormozlov yo‘sinida ta'sir ko‘rsatadi hamda hissiyotining tashqarida ifodalanishiga yo‘q qo‘ymaydi. Miya po‘sti kuchli daraja-da qo‘zg‘alsa, uning ta'sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo‘lsa, irradiatsiya oqibatida po‘stloqosti markazlari ham qo‘zg‘aladi, natijada harakatni nazorat qilishi yo‘qoladi.
Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalar-ning paydo bo‘lishida gipotalamolimbik (bosh miya bo‘limi nomi) tizimi va retikulyarning roli ko‘rsatib o‘tilgan. Ma'lumotlarda ko‘rsatilishicha, emotsional holatlarning fiziologik mohiyati katta yarim sharlar po‘stining va po‘stloqosti tizimi markazlarining funksiyasigina emas, balki ular: a) miya mexanizimlari faoliyatini faollashtiruvchi retikulyar formatsiya-ning, b) miyaning, talamus (ko‘rish do‘ngliklari)ning, gipotalamus-ning (do‘nglikosti qismining), v) yarim sharlar yangi po‘stlog‘i ora-sidagi limbik sistemaning funksiyalaridir.
Yuqorida ta'kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularning shunga o‘xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo‘limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir.
Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko‘rsatadilar. Tajribada qo‘sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan hosil qilin-gan qo‘zg‘alish ehtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emo-siyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba'zida yondosh joylashgan markazlarda qo‘zg‘alish tarqalgan bo‘lsa, u holda ambiva-lent yoki ikkiyokdama reaksiya ro‘yobga chiqadi. Shartli ravishda nom-langan markazlar (rohatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joyla-shishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniklangan. Ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, «azoblanish» markazlari miyaning turli bo‘limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan bosh-qariladi. Salbiy emotsiyalardan farqli o‘laroq ijobiy his-tuyg‘u-lar va «rohatlanish» markazlari bir-birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta'kidlab o‘tilgan mulohazalar emotsiyalar juft hamda qara-ma-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermokda. Shuninguchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat'iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xo-tirjamlik-bezovtalanish mas'uliyatlik-loqaydlik va boshqalar.
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida inson-ni keng emotsional sohasini rang-barangligi, ko‘pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha gopoz zo‘riqish, urg‘u berish ma'nosini bildira-di), emotsiyalar (lotincha yetouege qo‘zg‘atish, hayajonlash demakdir), affektlar (ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma'no-sini anglatadi), stress (zo‘riqish deganidir) va kay-fiyat kabi tushunchalar muayyan tasavvur bir imkoniyatga ega.
Hissiy ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy jarayonning o‘ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu o‘rinda o‘ziga o‘zi emas, balki bilishga intilayotgan, o‘zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma'lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma'nosida gavdalanadi. Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining sub'ektiv munosabat-lari to‘g‘risida mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo‘y hid, behayo kino, ishtiyokdi mashg‘ulot, iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli mehnat va boshqalar.
Shuni alohida ta'kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgilarga hamda idroklarga taallukli hissiy ton muhim amaliy ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, trans-port vositalarining rangi (tusi) taassurotidan vujudga kelgan yoqimli va yoqimsiz hissiy ton mehnat samaradorligiga, xizmatchi-larning kayfiyatiga sezilarli ta'sir o‘tkazadi. Kimyoviy o‘g‘itlar, sabzovotlar yoqimsiz hidi, ishlab chiqarishdagi shovqinlar, tovush-lar hissiy ton jihatidan mehnat unumdorligini pasaytiradi. Xo-tirjamlik, yoqimsiz musiqa, iliq shaxslararo munosabatlar, muoma-la maromi, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin