25-rasm.
Grafik va rangli kompozitsiyalarda bir-birining ustiga chiqishi
26-rasm.
Xuan Gris “Butilkalar va pichoq
27-rasm.
Xuan Gris “Krujka pivo va o‘yin
kartalari”
46
Sodda buyumlardan tuzilgan natyurmortni turli grafik materiallardan
foydalanib ishlash (applikatsiya, mozaika v.k.).
Natyurmort san’ati inson maishiy hayotining zarur buyumlari dunyosini aks
ettiradi. Natyurmort tuzish – ijodiy ishdir. Unda musavvirning didi va layoqati,
kompozisiyani fikrlay olish madaniyati namoyon bo‘ladi. Tasodifan terib qo‘yilgan
narsalarni natyurmort deb bo‘lmaydi. Natyurmort tuzish maqsadiga qarab o‘quv
va ijodiy bo‘lishi mumkin. O‘quv natyurmortlari ijodiy natyurmortdan, albatta,
farq qiladi. O‘quv natyurmorti ma’lum dastur talabini o‘rganish uchun bajariladi.
Rangtasvir asari buyumlarning barcha xususiyatlari, shakli va rang, qattiq-
yumshoqligi, sirtining yaltiroq yoki xiraligiga qarab tasvirlanadi. Haqqoniy
tasvirlangan natyurmort asarlaridan mevaning mazasi, gullarning hidi kelib turadi.
Bunga erishish uchun rangshunoslik nazariyasini, bo‘yoqlarning xususiyatlarini
yahshi bilmoq kerak. Tasvir va natura o‘rtasida nisbat uyg‘unliklarini to‘la ifodalay
olish talab etiladi.
O‘quv qo‘yilmalardagi fon (zamin) muhim ahamiyatga ega. U turli rang va och
to‘qligi bo‘yicha, barobar kontrast kuchi bilan narsalarni idrok etishga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Narsalarning yarim-soya va soyali tomonlari och fonda sezilarli ko‘rinib
turadi. Qoramtir fonda narsalar o‘zining yorug‘lik sifatlarini ko‘proq namoyish
etadi. Fonning tusi och va to‘q narsalar orasida o‘rtacha bo‘lishi, rang jihatdan
silliq va ko‘zga yaqqol ko‘rinmasligi naturaning muvaffaqiyatli tasvirlanishiga
yordam beradi. Masalan, masalan har xil mevalar bilan tuzilgan natyurmortda oq
fon tanlanadi, iloji boricha, natyurmortning foni bilan tagligi (stolning gorizontal
tekisligi) tabiiy bo‘lishi kerak.
Rangtasvirning asosiy vazifasi shundan iboratki, buyum va narsalarning
hajmliligi, materiallik va rangdorlik sifatlarini natura qo‘yilmasidek aniq tasvirlash
hamda qo‘yilmani yaxlit tusda yakunlash maqsadga muvofiqdir.
Rangtasvir mukammal qalamtasvirga asoslanadi. Shuning uchun rangtasvir
jarayoniga o‘tishdan oldin natyurmortning qalamtasvir kompozitsiyasini sur’at
tekisligida tasvirlash xususiyatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Tasvirlovchi
narsalar to‘plamiga (natyurmort) ma’lum bir ko‘rish nuqtasidan qaraydi va u ko‘z
47
qarashiga qat’iy ravishda kuzatish perspektivasi qonuniyatining o‘zaro bog‘liqligi
bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, naturadagi narsalar o‘zaro yoritilganligi
va bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular oralig‘ida reflekslar, yarim soyalar, soyalar
va yorug‘liklar taqsimoti ma’lum bir tartibda bo‘ladi. Mabodo ko‘rish nuqtasi
o‘zgartirilsa naturaning o‘zaro joylashuvi va yoritilganligi yangi ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi. Ko‘rish nuqtasi yorug‘likka qarama-qarshi bo‘lganda tasvirni
siluet tarzida ko‘rish mumkin. Natyurmortni tasvirlash jarayonida to‘plamdagi
barcha narsalar, ularning o‘zaro joylashuvi, soya-yorug‘ va tus munosabatlarini
obrazli ko‘rinishiga bo‘ysundiriladi va idrok qilinadi. Natyurmort kompozitsiyasini
shunday tuzish kerakki, uni qaysi nuqtadan kuzatganda ham u yaxlit bir butun
ko‘rinishiga erishmoq zarur. Bu ishning muvaffaqiyatli chiqishi pedagogning
shaxsiy badiiy didi va tajribasiga bog‘liqdir. Naturaga nisbatan qiziqarli ko‘rish
nuqtasini tanlab olgach, qog‘oz varog‘i qanday o‘lchamda bo‘lishligini aniqlash
zarur. Qog‘oz varog‘ida ifodalanadigan natyurmort qo‘yilmasini naturadan to‘g‘ri
aniqlab tasvirlay olish kerak.
Natyurmort kompozitsiyasini qurilishida dastlab qog‘oz yuzasida
tasvirlanayotgan narsalarni puxta joylashuvi, qog‘oz o‘lchamiga nisbatan tasvirning
katta-kichikligini aniqlashdan iborat. Har bir natura qo‘yilmasi muayyan o‘lchamdagi
qog‘ozni talab qiladi.
Tasvirlanayotgan narsalar ma’lum o‘lcham tekisligida “tiqilinch” yoxud juda
ham kichik joylashib qolmasligi zarur. Haddan tashqari kichik joylashgan tasvirlar
qog‘oz tekisligida aniq ko‘rinmaydi.
Tasvirda asosiy e’tiborni o‘ziga jalb etuvchi buyum — kompozitsiya markazini,
qolganlari esa unga tobe bo‘lib hizmat qiladi.
Tasvirda tomoshabinning nazari ana shu markazga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak. O‘lchamni aniqlab olgach, asosiy ishni boshlashdan oldin kichik o‘lchamdagi
qog‘oz bo‘lagida bo‘lajak natura qo‘yilmasini xomaki variantlari tayyorlanadi,
shundan so‘ng, asosiy ishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Asarni ishlashda tanlangan mavzuga asoslanib kerakli materialni to‘g‘ri tanlash
talab etiladi .
48
Qo‘yilgan naturani geometrik jismlarga
taqqoslab buyumlarning bir –biriga nisbatlarni
solishtirib chizish kerak.
Albatta, har qaysi bo‘lakning o‘ziga xos
tomonlarini hisobga olib, bir–biriga uzviy bog‘lash
lozim, aks holda qo‘yilgan naturaning maqsadini
ochib berishda xatoliklar yuzaga keladi .
Buyumlarning o‘zigagina tegishli bo‘lgan
xarakter shakllariga ahamiyat berish lozim.
Qo‘yilgan naturani qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish
nisbatlarni to‘g‘ri belgilash kerak. Buyumlarni
chizgandan keyin qayta-qayta solishtirish kerak.
Ish yorug‘ va soyalarni asta–sekin tasvirlash bilan
nihoyasiga yetkaziladi.
Natyurmort qo‘yilmasini tasvirlashda ishni
alohida-alohida buyumlardan boshlab so‘ngra
boshqalariga o‘tish aslo mumkin emas. Narsalar
guruhini qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirishda nisbat,
oraliq masofalar, fazoviy joylashuvda xatolikka
yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun narsalar
to‘plamini yengil chiziqlar bilan belgilab chiqish
zarur. Tasvirlashda narsa va buyumlarning perspektiv
qisqarishlarini puxta bajarish o‘ta muhim.
Narsalarning o‘zaro joylashuvi, istagan
qirrasini yo‘nalishi naturada osongina aniqlanadi va
naturaning yo‘naltiruvchi va vertikal (tik), gorizontal
(yotiq) chiziqlari yordamida tasvir qog‘ozda yengil
quriladi. Uzun qalam yordamida qurilmaning
perspektiv burchaklarini, qirra nisbatlarini, stol
tekisligida o‘zaro turgan joylarini tekshirish mumkin.
49
Buning uchun qalamni cho‘zilgan qo‘lda vertikal,
gorizontal yoki burchak ostida ushlab qirralarning
perspektiv yo‘nalishini tekshirish mumkin.
Umumlashtirish
bosqichida
naturaga
yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga ko‘rish
ya’ni «tikilib qarash» kerak. Buyumlar guruhining
barchasi tarqoq bo‘lib tuyuladi, ammo shu paytda
tus munosabatlarini, natura yaxlitligini tezroq
tushunish mumkin. Navbatma–navbat naturaga
ham, ranglavhaga ham yaxlit qarash kerak, shunda
qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilganligini ilg‘ab
olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‘ra
olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab
va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi.
Ish jarayonida yaxlit ko‘rish – rangtasvir ishlash
mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega
bo‘lgan rassom, naturani obrazli ko‘rinishini to‘g‘ri
ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo‘lakning o‘z
o‘rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda
kompozitsiyaviy markazga bo‘ysundirishni samarali
bajara oladi.
Rang bilan ishlash jarayonida shakllarning
xarakteriga aniqlik kiritib borish zarur. Tasvirlash
jarayonida ishni boshidan oxirigacha, albatta,
metodik ketma-ketlikka rioya qilish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |