O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti


-rasm.  Rassom ustaxonasi interyerini tasvirlash



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

19-rasm. 
Rassom ustaxonasi interyerini tasvirlash
Ma’lumki tasviriy san’atni o‘rgatish tajribasi, ayniqsa, kompozitsiya 
masalalarini hal etish jarayonida interer, fazo, atrof-muhit va vaqt faktorlarini 
to‘g‘ri ochib berish uning ifodaviyligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etishini 
ko‘rsatadi. Ma’lumki, interyer ko‘pchilik kompozitsiyalarning muhim qismi 
sifatida foydalaniladi. U ayniqsa, natyurmortlarni ishlashda ko‘p qo‘llanadi. Keng 
qamrovli mazmun mohiyatga ega bo‘lgan natyurmort kompozitsiya asarlarida 
va shuningdek o‘quv mashqlarida ham xona ichi tasvirlanadi. Unda esa albatta 
kompozitsiyaning barcha qonun-qoidalari va amallariga rioya qilinishi taqozo 
etadi. Bunda uning chiziqli perspektiva qurilishi, fazoviy holatlari, atrof-muhit 
ko‘rinishi realistik tarzda, metodik izchillikdan bilimdonlik bilan aks ettirilishi 
lozim. Agar kompozitsiyaning biror- bir unsuri e’tiborsiz qoldirilsa, unda umum 
tasviriy jihatlari bo‘sh, ta’sirsiz chiqib qolishi mumkin. Masalan, natyurmort 
kompozitsiyalaridan atrof-muhit, fazo holatlari muhim hisoblanib, ularni ifodali 
tasvirlash orqali mavzuni belgilovchi zamonaviylik hamda vaqtni, asar ishlangan 
paytdagi fasl xususiyatlariga doir aniq, tiniq ko‘rsatib berishi mumkin. Mazmuni 
chuqur va qiziqarli chiqishi natyurmort qo‘yilib tasviri etilayotgan xona ichi ya’ni 
intererning qanday yoritilganligi, undagi buyumlarning qanday joylashganligiga 
ham bog‘liqdir. Chunki ular orqali kompozitsiya g‘oyasini yanada teranroq 
ochib berish imkoniyati tug‘iladi. O‘sha har biri o‘zicha muhim bo‘lgan narsalar 
orqali vaqt me’zonlarini, davr xususiyatlarini ham to‘liq badiiy tarzda ifodalash 
mumkin. Odam qiyofasini interyerda aks ettiradigan kompozitsiyalarda ham 


35
vaqt, fazoviy holatlar, atrof-muhit tasviri orqali ko‘rsatib beriladi. Chunki ular 
kompozitsiyadagi rangdorlik tus-rang munosabatlarini, ta’sirchanlik va mazmunni 
belgilovchi komponentlar sifatida yo‘zaga chiqadi. Ma’lumki, o‘quv mashqlaridan, 
kompozitsiya chizish jarayonlarida bu muhim omillar aslo unutilmasligi lozim. 
Chunki ular kompozitsiyaning o‘lchamini, tomonlarining rang va to‘q-
ochlik, demakki, tus munosabatlarini, yaxlitlik va muvozanatlarini belgilab, 
muallif o‘z oldiga qo‘ygan g‘oya tasvirini yo‘zaga chiqarishda yordam 
beradi. Mazmunning tushunarli, lo‘nda, qiziqarli chiqishida xizmat qiladi. 

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin