R orqali xaqiqiy sonlar to’plamini belgilaymiz. Uning qism to’plamlarini sonli to’plamlar deb yuritamiz.
Ta’rif. D sonli to’plamlamga tegishli har bir x soniga biror qoidaga binoan x ga bog’liq bo’lgan y sonni taqqoslovchi moslik aniqlanish sohasi D dan iborat bo’lgan sonli funktsiya (funktsiya) deyiladi.
Funktsiyalar odatda lotin xarflari bilan belgilanadi. Ixtiyoriy f funktsiyani qaraymiz. x ga mos bo’lgan y sonni f funktsiyaning xnuqtadagi qiymati deyiladi va f(x) orqali belgilanadi.
D to’plam f funktsiyaning aniqlanish sohasi deyiladi va D(f) orqali belgilanadi.
Ko’pincha sonli funktsiya formula yordamida berilgan bo’lib, uning aniqlanish sohasi argumentlarning joiz qiymatlaridan iborat (ushbu aniqlanish sohasi tabiiy deyiladi).
Ta’rif. f funktsiya berilgan bo’lsin.
a) {y / ( x D(f)) y= f(x)} to’plam f funktsiyaning qiymatlar to’plamideb yuritiladi va E( f ) orqali belgilanadi.
b) { (x,y) R2 / x X, y = f(x)} kurinishdagi to’plam f funktsiyaning grafigi deyiladi.
Funktsiyalar ustida algebraik amallar qo’yidagicha kiritiladi:
(f g)(x) =f(x) g(x) , D(f g)= D( f)D(g) (f g)(x) =f(x) g(x) , D(f g)= D( f)D(g) = , D = {xD( f)D(g)/ g(x)0) Ta’rif. f , g funktsiyalar uchun h(x)=g(f(x)) tenglik bilan aniqlangan va aniqlanish sohasi D(h) = {xD(f)/ f(x)D(g) } bo’lgan h funktsiya murakkab funktsiyadeyiladi va u g f yoki g f orqali belgilanadi.
Adabiyotlarda g f funktsiya g va f funktsiyalar superpozitsiyasi yoki kompozi-tsiyasi deb yuritiladi.
Ta’rif. ffunktsiya uchun (f g)(x) = x, x D(f) va (g f)(x) =x , x D(g) tengliklarni ta’minlovchi g funktsiya mavjud bo’lsa, u holda f funktsiya teskarilanuvchi funktsiya, g funktsiya esa f funktsiyaga teskari funktsiya deyiladi va f -1 orqali belgilanadi.