Kafedra mudiri p.f.f.d.(PhD) L.Muxtarovaning fikri: Hurmatli professor-о‘qituvchilar, ochiq dars о‘tish kafedra professor-о‘qituvchilari, shu jumladan, hammamiz uchun yangilik emas, har bir darsimiz ochiq dars bо‘lishi kerak. A. Turayev tomonidan 2023 yil 14-oktabr kuni 2-smena, Boshlang’ich ta’lim yо‘nalishi 20-11-guruhda о‘quv reja, dars jadvali hamda kalendar tematik reja asosida “Matematika o`qitish metodikasi” fanidan“Og’zaki hisoblash texnologiyasi. Yozma hisoblash algoritmini o’rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari” mavzusidagi ochiq darsi yuqori darajada va ko`tarinki kayfiyatda о‘tkazildi. Yuqorida tashqi ekspert A. Turayevning fikriga qо’shilgan holda mutaxassis sifatida qо‘llab-quvvatlayman. Darsni mazmun jihatdan yuqori baholayman.
Tahlil mezonlari bo`yicha: ______ ball. Kafedra o`qituvchisi S.Niyozovaning fikri: A. Turayev tomonidan tashkil etilgan 2 soatlik ochiq ma’ruza mashg’uloti maqsadi to`g`ri qo`yildi. Dars “Og’zaki hisoblash texnologiyasi. Yozma hisoblash algoritmini o’rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari” mavzusida bo‘lib, reja asosida amalga oshirildi va dars davomida o‘qituvchi mavzuga oid slaydlar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan o‘z vaqtida foydalana oldi va talabalarning harakatini faollashtirishga erishdi. Darsda qo`llaniladigan vositalarni mazmunini yoritib berdi. Talabalar o’z fikrlarini bildirdilar. Matematika o`qitish metodikasi fani boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun chuqur bilim va malakani talab qiluvchi fan bo`lganligi sababli o`qituvchidan ham fidoyilikni talab qiladi. Bu fanni mukammal o`rgangan talaba ertaga albatta yetuk kadr bo`lib yetishishiga ishonch bildiramiz. Talabalarning dars vaqtida guruhlarga bo‘lingan holda, tarqatma materiallar ustida ishlashida faolligi kuzatildi. Dars oliy ta’lim me’yorlari asosida tashkil etildi va o‘tkazildi. Dars davomida talabalar ilmiy fikrlashga va o‘rganayotgan mavzuni hayotdagi jarayonlarga bog‘lashga yo‘naltirildi. Dars namunali tashkil etildi.
Tahlil mezonlari bo`yicha: _________ball.