2.BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH. 2.1 Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja (arbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin.
SHuning uchun MTMda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTMning yillik rejasi, Lstiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o’z ichiga oladi.
lstiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maksadga qaratilgan va samarali bo’lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'lim- tarbiya dasturi»ning hamma bo’limllari o’z aksini topadi.
lstiqbol rejasida dasturning hamma bo’limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to’g’risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o’stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va pyxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning maiaka va ko’nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko’rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog’i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va shunga o’xshashlar tug’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisaiar o'rlasidagi o'zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- hodisalar tug’risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog’lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o’zi etarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo’llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo’llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o’yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg’ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o’yini ham. mehnat mashg’uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o’rin olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo’lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og’zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a) kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o’xshashlar to’g’risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo’yicha didaktik o’yinlarni rejalashtirish (kichik va o’rta guruhlarda).
3. Bolalar xoxlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug’ullanishlari uchun plastilin, buyoqlar, qalamlar, bo’yashlari uchun rasmli kitobchalar va o’zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o’yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish- tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo’g’irchoklar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigienik malakalarga o’rgatish bo’yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro’molchadan foydalanishga o’rgatish bo’yicha didaktik o’yin o’tkaziladi.,
6. Koptokii dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning o’yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o’yinlari rol, syujet bilan bog’lik qurilish o’yinlari rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli o’yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa
shunga o’xshash o’yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o’yinlari. so’zli buyumlar bilan o’ynaladigan didaktik o’yinlar. ermak o’yinlar, xorovod o’yinlar, xalq didaktik o’yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o’stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o’yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ко’chat o’tkazish, suv sepish, o’simlik va havvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo’jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig’ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-elimlash, o’simliklar bargini artish);
v) qo’l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, samonchalar, lattalar yog’och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o’tkazilishi dasturda ko’rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o’tkaziladigan mashg’ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg’ulotda biror narsa o’qib berish rejalashtirilgan bo’lsa, ertalabki soatda rasm ko’rish. onasi to’g’risida so’zlab berish, o’qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg’ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg’ulotlar, kompleks mashg’ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg’ulotlari bo’ladi.