Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim Fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston Davlat pedago- gika instituti pedagogika faqulteti " Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi"18-22 guruh talabasi Qurbonova Sevaraning Maktabgacha taʼlim tarbiyani tashkil etish



Yüklə 106,61 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü106,61 Kb.
#185022
1   2   3
Kurs ishi HAMRAYEVA HALIMA

Kurs ishining maqsadi . Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ijtimoiy kompetensiyasi haqida umumiy maʼlumot toʻplash va qisqacha fikrga ega boʻlish.
Kurs ishining vazifalari quydagilardan iborat

  1. Kurs ishining nazariy qismini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish.

  2. Maktabgacha ta`lim muassasasida tajriba o`tkazish.

  3. Yig`ilgan ma`lumotlar asosida xulosa va tabsiyalar ishlab chiqish.

  4. Taqdimot va rasmlar tayyo`rlash.

Kurs ishi metodlari:

  • Kuzatish.

  • Suhbat.

  • pedagogik tajriba,

  • o’yin.

Kurs ishining tuzilishi. Kirish, asosiy qism boblari, I-bob nazariy qism bo`lib, 3 paragrafdan iborat, II-bob amaliy qism ham 2 paragrafdan iborat, III-bob xulosa va tavsiyalar , foydalanilgan adabiyotlar ro`yxari, ilovalardan iborat.

Bunga quyidagilar kiradi:
- Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash.
- Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
- Milliy qadriyatimiz va maʼnaviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos
keluvchi eʼtiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
-Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish. Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish.Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sab-blarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga taʼsir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak.Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
• Nutqning aniqligi.
• Nutqning irodaviyligi.
• Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak. Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi. Наг bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi.
.
Kompetentlik” tushunchasi taʼlim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noanʼanaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la maʼlumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.Tarbiyachi kompetensiyasi “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish. Maxsus kompetentlik–kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi: Psixologik kompetentlik–pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish; metodik kompetentlik– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash; informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish; kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
• Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subʼektlar bilan muloqotga kirisha olish.
• Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
• Psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta’linming asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoliyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi.
• Muhitni yarata olish, talabalar va taʼlim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish; metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, taʼlim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash; informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali maʼlumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish; kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; innovatsion kompetentlik–pedagogik jarayonni takomillashtirish, taʼlim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;
• Kommunikativ kompetentlik – taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy taʼsir ko‘rsata olish.
• Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
• Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
• Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik. Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.MTM da bola odatda jamoada faoliyat yuritishga tayyorlanadi va ushbu jarayonda inoqlashuv davrini ham olg’a suradi. Ayniqsa, bolalar o’z murabbiylari va tarbiyachilari-ni diqqat bilan kuzatadi. O’z navbatida tarbiyachilar va murabbiylar ham bolalarni nima qila olishlarini, nimani bilishlarini, ijodiy bilimlari bormi yoki yo’qmi, mehnatsevarmi yoki yo’qmi kabi nuqtai nazarlardan o’rganadilar. Bunday holatlarda murabbiy va tarbiyachilarning asosiy vazifasi –hamisha ijodiy, sinchikov va tashabbuskor bo’lishdan iborat bo’lib, ularning asosiy shiori tarbiyalash, o’qitish, o’rgatish va o’rganishdir. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish – bu kasbiy, shuningdek, umumiy insoniy munosabatlarning kombinatsiyasidir, buning natijasida nafaqat o‘quv jarayonini samarali boshqarish, balki vazifalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin bo‘ladi. Bu, shubhasiz, kasbiy pedagogik kompetensiyani takomillashtirish va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishga taʼsir qiladi. Taʼlimni rivojlantirishning ushbu bosqichida kompetensiyaga asoslangan yondashuv maktabgacha tarbiyachilar faoliyatida yetakchi yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilar kasbiy kompetensiyasi – bu maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarning malaka vazifalarini aniq bajarish uchun zarur bo‘lgan tajriba, bilim ko‘nikmalari, texnika va usullarni o‘zlashtirish.O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu fan boʼlajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan kurs ishida maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, m a’rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining milliy asoslari: ta’limtarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umum-bashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog‘cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi. texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. AKTga egalik qilish ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga, tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi. Kasbiy mahoratning bir qismi sifatida tarbiyachining loyiha madaniyati ham katta o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining loyihaviy faoliyati - bu tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan (muammo “tug‘dirish”, ma’lumot to‘plash va qayta ishlash, tajribalar o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish) rivojlantiruvchi ta’lim va o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan biridir. va mantiqiy fikrlash; maktabgacha ta’lim tashkilotining uslubiy faoliyati davomida va malaka oshirish kurslarida olgan bilimlarini birlashtiradi. Loyiha faoliyatining maqsadi - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyat uchun sharoit yaratish, tarbiyachilar tomonidan kasbiy faoliyatda olingan bilim, ko‘nikma va malakalardan foydalanish.
.
Tarbiyachilar tomonidan loyihalarni ishlab chiqish uchun mavzular, mini-loyihalar faoliyatning ijodiy yo‘nalishiga qarab mustaqil ravishda tanlanadi. Faoliyatning yakuniy bosqichida taqdimot o‘tkaziladi. Hozirgi kunda mustaqil respublikamiz sharoitida xalq ta’limi o‘ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o‘ziga xoslik, eng avvalo,ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya’ni o‘zimizning juda boy o‘tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimizda o‘z mohiyati bilan yuksak insoniy-axloqiy mazmunga ega bo‘lgan jarayonda yosh avlodni o‘qitish baxtiga muyassar bo‘ldik.Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, avvalo, bu sifatlarni o‘zimizda mujassamlashtirishni talab qiladi1. Shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo qiladi. Eski uslub bilan vazifalarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Ko‘pgina olimlarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, biz bu masalalarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirishimiz mumkin.Har qanday davlat taraqqiyoti ta’lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, uning jahon andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o‘rin tutishlariga bog‘liq. Sifat o‘zgarishlari esa mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan belgilanadi. O‘z navbatida bunday yangilikni kiritish -immitatsion jarayon bo‘lib, bu -ta’limda samaradorlikka erishishdan iborat bo‘ladi. Bu borada maktabgacha ta’lim sohasida bolalarning nutqini o’stirishda bolalar adabiyoti vakillari, janrlari bilan tanishtirish va yangi pedagogik texnologiyalar asosida hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha olib boriladigan o‘zgarishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasining chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni jadallashtirish, sog`lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli o`quv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang`ich ta`limga sifatli tayyorlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, respublikamizda 2020-2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish, unga ko`ra bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish, tayyorlov guruhlarini moddiy-texnik vositalar va ta`lim-didaktik materiallar bilan jihozlash hamda boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o`tganlik to`g`risida sertifikat berish yo`lga qo`yildi. Tayyorlov guruhlari maktabgacha ta`lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi: bolalarni umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`qishga tayyorlash; O`zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq va ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, bolalar har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarning sog`lig`ini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; o`quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta`lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish; bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish. Bu borada MTM da faoliyat yurituvchi pedagogik kasb xodimlariga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin:
1. Bolalarni sevish va ularni tushuna olishga bog’liq xislatlar.
2. O’z – o’zini nazorat qilish, sabr – toqatli bo’lish, bolaning har qanday holatida unga mos bo’lgan muloyim muomalani qila bilishiga oid xislatlar.
3. Har bir yangi kelgan bolaga “Biz sizni kutgandik, kelishingizdan xursandman” va u kelib qo’shiladigan guruhni ko’rsatib “Mana shu sizning eng yaqin do’stlaringiz” kabi muloyim muomalalarni qalbdan ayta ola bilishiga oid xislatlar.
4. MTM si xodimlari va bolalarni (u qaysi guruhdan bo’lishidan qat’iy nazar) tushuna bilish qobiliyatiga mos xislatlar.
5. MTM xodimlari va bolalarga ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlar.
6. MTMda ma’naviyat, ma’rifat, “Zakovat” mashg’ulotlarini samarali olib borshga oid xislatlar.
7. MTM dagi pedagogik kasbga ega xodimlarning ibrat – namuna bo’lishga oid xislatlari. MTM pedagogik kasb xodimlarining yuqorida qayd etilgan xislatlari, xususiyatlari va fikrlashlari qamrovi bilan birga ularga nutqiy ko’rish va eshitish bo’yicha ham yaxshi xotira kerak. Bunga sabab ular kasbiy faoliyati davomida ma’ruzalar (suhbat, savol – javob ko’rinishidagi qisqa ma’lumotlar berish) qiladi; bolalarga buyruqlar, takliflar, tavsiyalar beradi; bolalar va hamkasblarining to’liq ismi shariflarini aytib murojaat qilishlari kerak bo’ladi; bolalar va ota – onalarning yuz ko’rinishlari hamda ismlarini esda saqlab qolishlari hamda ularning tovushlarini tezlik bilan va mustahkam esda saqlab qolishlari kerak bo’ladi; shuningdek, she’r, qo’shiq, ertak, rivoyat va shu kabilarni yodlab va esda saqlash kerak bo’ladi. Ushbu jarayonda faoliyat yurituvchi tarbiyachi va murabbiylarda yuqoridagi xislatlardan tashqari psixofizologik xususiyatlar ham kerak. Ular: jismoniy va ma’naviy jihatdan salomatlik; jismoniy jihatdan chidamlilik, irodalilik; yuqori darajadagi ishchanlik, mehnatsevarlik. Murabbiylar va tarbiyachilar turli xil fikrlash (ijodiy, analitik, konstruktiv va h.k.) larga ham qodir bo’lishi kerak.Ulardan ijodiy fikrlashda bolalarni tarbiyalash masalalarini mustaqil, qiziqarli, o’zaro faol qilib bajarishga bo’lgan faoliyatda e’tiborga olinadi va erishilgan natija muhokamasida u yaqqol seziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida`gi 595-sonli Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta`lim va tarbiyaning Davlat standarti 802-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 999-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martda “Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi 132-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur kurs ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tarbiyachilarning malakasini rivojlantirishning turli shakllari va usullari mavjud bo‘lib ularni bosqichma-boqich amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar bilan ishlashda malakani rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab shakl va usullardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Seminar - ijodiy darslar ijodiy fikrlashni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan.

  2. O‘yinlarni modellashtirish. Ishbilarmonlik va rol o‘ynash o‘yinlari haqiqiy jarayonni modellashtirishni o‘z ichiga oladi, bu davrda sun’iy ravishda yaratilgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida maqbul kasbiy qarorlar qabul qilinadi.

  3. Kollektiv muammolarni hal qilish, guruh muhokamasi yoki aqliy hujum; kasbiy mahoratni oshirish uchun kichik guruhlarda treninglar; o‘z-o‘zini tarbiyalash ishlarining usullari, maktabgacha ta’lim muassasasining innovatsion faoliyati natijalariga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy konferensiyalar.

  4. Pedagogik halqa - tarbiyachilarni psixologiya va pedagogika sohasidagi so‘nggi tadqiqotlarni, uslubiy adabiyotlarni o‘rganishga yo‘naltiradi, pedagogik muammolarni hal qilishning turli xil yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi, mantiqiy fikrlash va o‘z pozitsiyalarini dalil qilish ko‘nikmalarini yaxshilaydi, bayonlarning ixchamligi, aniqligi, to‘g‘riligini o‘rgatadi. Ushbu shakl ishtirokchilarning javoblari, nutqlari va harakatlarini baholash mezonlarini taqdim etadi:

  • umumiy bilim;

  • kasbiy bilim, qobiliyat, ko‘nikma;

  • qiyin vaziyatdan chiqish qobiliyati, tezkorlik.

Ishbilarmonlik o‘yini nafaqat maktabgacha ta’lim muassasasi uchun dolzarb bo‘lgan muammo bo‘yicha nazariy seminar natijalariga asoslangan test darsi sifatida, balki yangi muammo echimlarini ishlab chiqishda ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan: “Maktabgacha yoshdagi bola bo‘lish osonmi? G‘oyalar banki - bu bosqichda an’anaviy usullar yordamida hal qilib bo‘lmaydigan muammolarni kollektiv ravishda hal qilishning oqilona usuli. Masalan: “O‘yin ekologiyasi”, “Pedagogik g‘oyalar yarmarkasi”, “Eng yaxshi rivojlantiruvchi o‘yin”. Master-klass. Uning asosiy maqsadi pedagogik tajriba, ish tizimi, mualliflik topilmalari va tarbiyachiga eng yaxshi natijalarga erishishda yordam bergan barcha narsalar bilan tanishishdir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kompetentsiyalar “bu shaxsning kutilgan va o’lchovli yutuqlari bo’lib, u o’quv jarayoni tugagandan so’ng shaxs nima qila olishini belgilaydi; mutaxassisning ma’lum bir professional sohadagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun uning barcha salohiyatidan (bilim, ko’nikma, tajriba va shaxsiy fazilatlar) foydalanishga tayyorligini belgilaydigan umumlashtirilgan xususiyat ». Yuqoridagi ta’riflarga asoslanib, “kasbiy kompetentsiya” tushunchasining muhim mazmunini taqdim etish mumkin, bu akmeologiyada o’zining rivojlanish psixologiyasi bo’limida inson kasbiy mahoratining quyi tizimlarining asosiy kognitiv komponenti sifatida qaraladi va kasbiy faoliyatni yuqori mahsuldorlik bilan amalga oshirish. Kasbiy vakolatlarning tarkibi va mazmuni asosan kasbiy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari, uning ayrim turlariga mansubligi bilan belgilanadi.
.
“Kasbiy kompetentsiya” tushunchasining mohiyatini tahlil qilish, uni o’qituvchining (o’qituvchining) kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish va maktabgacha ta’lim tizimida shaxsni rivojlantirish bilan bog’liq maqsadlarga erishish qobiliyatini aks ettiradigan bilim, tajriba va kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar integratsiyasi sifatida taqdim etishga imkon beradi. Va bu kasbiy faoliyat sub’ekti ma’lum darajadagi professionallikka erishgan taqdirda mumkin. Psixologiya va akmeologiyadagi kasbiylik –bu kasbiy faoliyat vazifalarini bajarishga tayyorlikning yuqori darajasi, mehnat predmetining sifat xarakteristikasi, yuqori kasbiy malakalar va malakalarni, turli xil samarali kasbiy mahorat va ko’nikmalarni aks ettiruvchi, shu jumladan ijodiy echimlar, zamonaviy algoritm va yechimlarga egalik qobiliyatlarini aks ettiradi. Yuqori va barqaror mahsuldorlikka ega faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan professional vazifalar. Shu bilan birga, shaxsning kasbiy mahorati ham ajralib turadi, bu shuningdek mehnat predmetining yuqori darajadagi kasbiy muhim yoki shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlarini, kasbiy mahoratini, ijodkorligini, intilishning yetarli darajasini, shaxsning progressiv rivojlanishiga qaratilgan motivatsion sohasini va qiymat yo’nalishlarini aks ettiruvchi sifat ko’rsatkichi sifatida tushuniladi. Jahon miqyosida pedagogik tajriba va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida inson hayoti davomida egallaydigan barcha ma’lumotining 70%ini besh yoshgacha bo’lgan davrda olib ulgurishi o’z isbotini topgan. Darhaqiqat, bu davr mobaynida bola dunyoni idrok qilishni boshlaydi, fikrlaydi, atrof- olam bilan tanishadi, umri davomida oladigan bilimlarga zamin tayyorlaydi. Yurtimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining o’rni beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi bo’lajak mutaxassislarda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo’lajak mutaxassislarning har qanaqa jarayonda o’zining ijodiy va kreativ qobilyatlarini namoyon qilishida foydali va kerakli jihatlarini ko’rsatadi. O’sib kelayotgan yosh avlodni yangi zamon talablariga to’laqonli javob bera oladigan, har qanaqa vaziyatga kreativ yondasha oladigan, dunyoni yangicha qarashlar bilan anglaydigan kreativ qobilyatlarini rivojlantirish, ularda kreativ fiklash va tafakkurni shakllantirish eng avvalo maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi pedagog, mutaxassislardan kasbiy faoliyatlarida kreativ kompetentlikni talab etmoqda. Barkamol shaxsni voyaga yetkazishda roli beqiyos sanaladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’lajak tarbiyachilari hamda mutaxassislarini kreativ kompetentligini rivojlantirish eng avvalo oliy ta’lim muassasasi pedagoglarining zimmasidadir. Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko’ra) olti yoshgacha bo’lgan bolalar 40% iste’dod potentsialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikkajuda moyil bo’lar ekanlar. Shunday ekan, ayni shu davr bolalarda kreativ qobilyatlarini shakllantirishning ayni vaqtidir. Buning uchun albatta maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mutaxassislarning o’zida kreativ sifat va kreativ kompetentlik shakllangan bo’lishi kerak. Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga Oliy ta’lim muassasasida taxsil oluvchi bo’lajak tarbiyachilarni o’qitishda “Kreativ Pedagogika asoslari” fanining qo’shilgani talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida zarur bo’lguvchi kreativ kompetentligini rivojlantirilishi ta’lim jarayonini samarali va sifatli tashkil etishda xizmat qiluvchi omil bo’ladi desak, adashmaymiz. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga binoan maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat: bolaning shaxsiy rivojlanishi, uning hissiy farovonligi haqida g’amxo’rlik qilish, tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish, bolalarning boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyatini shakllantirish. Ushbu vazifalar shaxsni rivojlantirishning o’ziga xos o’ziga xos qimmatli davri sifatida maktabgacha yoshga bo’lgan munosabat bilan belgilanadi. Maktabgacha taraqqiyot davrining qiymati va uning keyingi barcha inson hayoti uchun doimiy ahamiyati maktabgacha tarbiyachilarga alohida mas’uliyat yuklaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalari oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilish, maktabgacha ta’limning muqobil dasturlarining yangi maqsadlari va mazmuni bolaga nisbatan manipulyativ yondashuvni, u bilan o’zaro munosabatlarning tarbiyaviy va intizomiy modelini inkor etib, kattalar va bolalar o’rtasidagi yangi munosabatlarni kutmoqda. Biroq, kelajakdagi o’qituvchilarni o’qitish jarayonida hozirgi paytda ko’plab ta’lim muassasalarida o’qituvchilar faqat maxsus bilimlarga ega bo’lishadi; ular ko’nikma va ko’nikmalarni egallaydilar. Maktabgacha tarbiyachilarning kasbiy vakolatlarini shakllantirishning mumkin bo’lgan usullari, usullari haqida yaxlit ko’rinish uchun biz asosiy tushunchalarni ko’rib chiqamiz: kompetensiya, kompetensiya, kasbiy kompetentsiya. “Barkamollik” hodisa sifatida etarli miqdordagi tadqiqotlarga qaramay, bugungi kunda ham aniq ta’rifga ega emas va har tomonlama tahlil qilinmagan. Ko’pincha ilmiy adabiyotlarda ushbu pedagogik faoliyat kontseptsiyasi pedagogik jarayonning ichki harakatlantiruvchi kuchlarini faollashtirish sharoitida va ko’pincha ilmiy kategoriya emas, balki majoziy metafora rolida qo’llaniladi. Ko’pgina tadqiqotchilar uchun mutaxassisning vakolati, avvalambor, funktsional vazifalarni samarali bajarishda namoyon bo’ladi. Ammo kompetentlik shu tarzda ham tushuniladi: atrofdagi dunyoni anglash o’lchovi va u bilan o’zaro ta’sirning yetarliligi; faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradigan bilim, ko’nikma va malakalar to’plami; sub’ektning ijtimoiy va amaliy tajribasini shakllantirishning ma’lum bir darajasi; shaxsning o’z qobiliyatlari va mavqei doirasida jamiyatda muvaffaqiyatli ishlashiga imkon beradigan faoliyatning ijtimoiy va individual shakllariga tayyorgarlik darajasi; professional xususiyatlar to’plami, ya’ni. Ish talablarini ma’lum darajada amalga oshirish qobiliyati va boshqalar. Maktabgacha tarbiyachi bolalarni kognitiv rivojlanishiga imkon beradigan quyidagi ijtimoiy va kasbiy kompetentsiyalarga ega bo’lishi kerak:
1. Ijtimoiy vakolatlarga jismoniy shaxslar o’rtasida ma’lumot almashish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini bayon qilish, boshqa odamlarga nisbatan bag’rikenglikning namoyon bo’lishi va ularning fikrlari, jamoada ishlash qobiliyati va hissiy barqarorlikka ega bo’lgan boshqa odamlarga turli xil yordam berish qobiliyati kiradi;
2. Kognitiv kompetentsiyalar ma’lumotni mustaqil ravishda qayta ishlash va tuzilishida, yangi axborot manbalarini izlashda, o’qish yoki ishlashga konsentratsiya qilishda, olingan bilim va ko’nikmalardan foydalanish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
3. Operatsion kompetensiyalar – maqsad va ish tartibini belgilash, noaniqlik va noaniqlikka qarshi turish qobiliyati, qaror qabul qilish va amalga oshirish qobiliyati, ish natijalarini sarhisob qilish, ish vaqt jadvalini aniqlash;
4. Maxsus kompetentsiyalarga muammoni hal qilish, o’zini o’zi boshqarish, kasbiy faoliyatda faol bo’lish, yangi vaziyatlarga moslashish, rejalarni baholash va tuzatish, xatolarni aniqlash va ularni yo’q qilishning etarli usullarini rejalashtirish usullari kiradi Demak, kasbiy kompetentsiyalar pedagogik jarayonga kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etish uchun asos bo’lib, maktabgacha tarbiyachiga bilim, ko’nikma va malakalarni innovatsion faoliyatni amalga oshirishda va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan amaliyotda foydalanishda yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi ommaviy zamonaviy pedagogik kasblardan biridir.
.
U 17-18 asrlarda paydo bo’lgan. Zamonaviy ma’noda, o’qituvchi – bu hayotning holati va boshqa shaxsning rivojlanishi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan holda tarbiyani amalga oshiradigan shaxs. O’qituvchi quyidagilarga ega bo’lishi kerak: xayrixoh, samimiy, do’stona, xushmuomala, hazil tuyg’usi, sabr-toqatli bo’lishi, bolalar bilan munosabatlarni o’rnatishi, nizolarning oldini olish va ularni hal qilishi, o’z-o’zini tarbiyalash orqali o’z bilimlarini to’ldirishi, maktabgacha tarbiya va ta’lim usulini bilishi kerak. Faoliyatlarni samarali bajarish uchun odam diqqatli, mas’uliyatli, sezgir, sabrtoqatli bo’lishi, bolalar bilan ishlashga moyilligini ko’rsatishi kerak. O’qituvchi doimiy va katta e’tiborga ega bo’lishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi aqliy faoliyatning xususiyatiga ega bo’lishi kerak: og’zaki-mantiqiy xotira, faoliyat maqsadlari xususiyati: beixtiyor xotira, materialning saqlanish muddatiga ko’ra: qisqa muddatli xotira. Stressga chidamlilik, o’z xatti-harakatlarini va his-tuyg’ularini boshqarish qobiliyati, kuchli asab tizimi zarur: tarbiyachining ishi jismoniy kuch bilan kuchaymasa ham, doimiy psixo-emotsional stress sharoitida davom etadi. L.R. Muminovaning ilmiy tadqiqotlari maktab yoshidagi bolalarning til rivojlanishidagi nuqsonlarni bataraf etishda pedagogik-korreksion faoliyatning nazariy asoslarini tadqiq etishga bag‘ishlangan.13 Bundan tashqari, L.R. Muminova tomonidan maktabgacha umumiy va maxsus ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruh bolalari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini xalq o‘yinlari asosida rivojlantirish muammosi o‘rganilgan. Bu maqsadda qadimiy va boy folklor merosimizdan bolalar o‘yinlarining qo‘shiq hamkorligida ijro etiladigan namunalari tanlab olinib, o‘yinlarning tasnifi, ta’lim tarbiyadagi o‘rni, shuningdek logopedik-korreksion ishda qo‘llanish xususiyatlari va metodikasi taklif qilingan. Bunday o‘yinlar bolalarning nutqiy, jismoniy, psixologik, ma’naviy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi tajriba-sinov ishlari yordamida aniqlangan. G.E.Djanpeisova maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida matematik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish muammolarini tadqiq etgan.Muallif o‘z tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda arifmetika va geometriyaga oid ilk bilimlarni shakllantirish yo‘llari, vositalari hamda pedagogik shart-sharoitlarini tadqiq etgan. Bolalarda matematik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish ularning aqliy rivojlanishi, o‘zini anglashi, ijtimoiylashuvida muhim omillardan bo‘lishini aniqlagan. Bolalarga interaktiv mantiqiy-matematik ta’limni tashkil etishda kompyuterli muhitning ahamiyatini alohida e’tirof etgan. Bolaning ʼvositachi-personajlar orqali kompyuter bilan virtual tashkillashtiriladigan dialogi ʼkompyuterni “jonlantirib”, bolaning harakatlarini faol va ongli bo‘lishini ta’minlaydi.G.A.Mardonovaning ilmiy tadqiqot ishi oilada bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotchi allaning ijtimoiy-g‘oyaviy mazmuni, tarbiyaviy ta’siri hamda “alla” so‘zining etimologik ma’nosi va tarixiy shakllanishini pedagogik nuqtai nazardan talqin etgan. Bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning falsafiy, pedagogik va psixologik holatini tahlil etib bolalarning yoshi, psixologik-ma’naviy rivojlanishi bo‘yicha ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan alla turlarini didaktik mazmuniga ko‘ra tasniflagan. Bundan tashqari, “oila – mahalla – maktabgacha ta’lim muassasasi” o‘rtasidagi hamkorlik faoliyati asosida bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmi takomillashtirilgan bo‘lib, bolalarni alla vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodining samaradorliginioshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.11Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish muammosini G.M.Nazirova tadqiq etgan.14 Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda tizimli yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari va pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tavsiflab, ushbu jarayonlarni tizimli yondashuvga tayangan holda takomillashtirish modelini nazariy empirik jihatdan asoslagan. Pedagogik jarayonni takomillashtirish modeli ta’limiytarbiyaviy faoliyat komponentlarining rivojlanish sohalari bilan o‘zaro integratsiyalash, refleksiv uzviylikni ta’minlash hamda mustaqil faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari bolalarda rivojlanish sohalari bo‘yicha tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning integrativ-variativ dasturlariga.asoslangan Play guruhlar faoliyatidagi kreativlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan. G.M. Nazirova maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati – o‘yin. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, - deb hulosa qiladi.14N.Sh. Abdullayevaning maktabgacha ta’limni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan dissertatsiyasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlarida bolalarning yoshi, psixologik va intellektual jihatlarini inobatga olish, ta’limni individuallashtirish va differensiyalashga asoslangan texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida yetarli darajada foydalanish, bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minotni ishlab chiqish va amalda joriy etish zaruriyatini asoslab berdi. Variativ yondashuvning asoslari sifatida “ta’lim texnologiyalarining variativligi”, “ta’lim traektoriyasi” va “ta’limni individuallashtirish” ekanligini alohida ta’kidladi. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlarning variativ yondashuvni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida variativ yondashuvli ta’lim dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish uchun maxsus metodik qo‘llanmalar va tavsiyanomalar ishlab chiqish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan keng foydalanish tavsiya qilingan.D.A. Abdurahimovaning dissertatsiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirishning konseptual asosi bu jarayonning aksiologik, qadriyatli, tizimlifaoliyatli, rivojlantiruvchi komponentlariga pedagogik, psixologik, falsafiy, perseptiv yondashuvlar integratsiyasiga ustuvorlik berishda muhim vazifa ekanligini aniqladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyillarni taklif qilladi: yaxlit yondashuv; tarbiyalanuvchiga pedagogik qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi, individual munosabatda bo‘lishni talab etuvchi shaxs deb qarash; tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan yondashuv; tabiat bilan uyg‘unlik; madaniyat bilan uyg‘unlik; tarbiyaviy jarayondagi munosabatlarni tashkil etishga insonparvar yondashuv; qadriyatli-mazmunli yondashuv. M.N. A’zamova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab bolalarda do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish alohida ijtimoiypedagogik ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etadi. Bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida ular orasida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik muhitini vujudga keltirish nihoyatda zarur bo‘lib, bunday ko‘nikmalar ularning maktab hayotiga oson va samarali moslashishini ta’minlaydi. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikka o‘rgatish orqali ularni intellektual rivojlantirish va birgalikdagi o‘quv faoliyatiga tayyorlashning nazariy asoslarini tahlil qilishga intilgan. Tadqiqotchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanadigan bolalar, birinchi navbatda, do‘stlar orttirish va ular bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga ehtiyoj sezishlarini aniqlagan. Maktabga tayyorlash jarayonida tarbiyalanuvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olishlari zarurligini nazariy jihatdan asoslab, ko‘pgina qiyinchiliklar va ziddiyatlar bolalarni maktabga tayyorlash bosqichida vujudga kelishini didaktik jihatdan isbotladi. A.E. Rustamova maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini o‘qitishda talaffuzini shakllantirish va rivojlantirishga oid olib borgan ilmiy tadqiqotida bolalarning ilk nutqiy va talaffuz ko‘nikmalari shu bosqichdan shakllanishini aniqlagan. Bu yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonida idrok etish, xotirada saqlash, aniq va ravon talaffuz etish kabi lingvopsixologik xususiyatlarni alohida o‘rganish taqozo etiladi. Bu yoshdagi bolalarning psixologik yosh xususiyatlarida o‘yin faoliyati alohida o‘rin tutadi.
.
Shuning uchun ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi. D.T.Sabirova maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishga bag‘ishlangan dissertatsiyasida berilayotgan nazariy bilimlar amaliyot bilan hamohang ravishda bo‘lishi va ular maktabgacha ta’lim muassasalariga amaliyot chog‘ida borilganda mashg‘ulotlarni o‘tish orqali mustahkamlanishiga e’tibor qaratib, bunda bolalar bilan o‘tiladigan mashg‘ulotlar jarayoniga o‘yin vaziyatlarini olib kirish, interfaol usullardan, treninglardan foydalanish va ishlarni o‘zaro musobaqa tarzida tashkil etish orqali ularning qiziqishini, faolligini oshirishga erishish zarur, degan xulosaga keldi. Z.H.Rahmatova maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini yaratishning lingvistik asoslarini tadqiq etib, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimining isloh qilinishi, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini sifatida ajratilishi, qolaversa, maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturida maktabgacha yoshdagi bolaning umumiy muhim kompetensiyalari asosida kommunikativ, ijtimoiy va bilish kompetensiyalarining yotishi, bu tizim uchun mo‘ljallangan nutq o‘stirish vositalari – lug‘atlar, leksik minimumlar, qo‘shimcha axborot manbalariga bo‘lgan talabni oshirayotganligini ta’kidlagan. Tadqiqotchi maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘ati so‘z boyligini shakllantirish va semantizatsiyalashda: 1) ilmiylik va mantiqlilik; 2) ta’limiylik; 3) leksikani qulay shaklda taqdim etish; 4) ko‘rsatib tushuntirish; 5) umumiylik-xususiylik; 6) izchillik; 7) milliylik; 8) zamonaviylik; 9) didaktik; 10) tushunarlilik; 11) darajalilik kabi tamoyillarga asoslanishi kerak, deb xulosa qiladi.M.N.Xushnazarova maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish masalalarini tadqiq etib, tarbiyachilarni ilmiymetodik faoliyatga tizimli yo‘naltirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda innovasion mashg‘ulot ishlanmalarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligini e’tirof etgan.F.F.Ganjievning maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida ijtimoiypsixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan empirik tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ijtimoiy taraqqiyot tamoyillariga xizmat qiluvchi ijtimoiy-psixologik kompetentlikning namoyon etilishi, shaxs tiplari va sotsial-psixologik kompetentlik omillariga bog‘liq ekanligini ta’kidlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida muayyan darajadagi ijtimoiypsixologik kompetentlikni rivojlantirish dasturini qo‘llash natijasida tarbiyachilardagi shaxslararo munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan verbal ma’lumotlar bilan birga noverbal muloqot harakatlarini tushunish va shaxslararo munosabatda ishtirokchilarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlari o‘sib borishini aniqlagan. Bolalarga ta’lim berish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida olimlar turlichi fikr bildiradilar. Eric R.Kandel “Xotirani izlab. Ong to‘g‘risida yangi fanning fanning dunyoga kelishi” (“In Search of Memory The Emergence of a New Science of the Mind”) deb nomlangan risolasida bolalarga ta’lim berish jarayonini sun’iy ravishda tezlashtirish ularning rivojlanish sur’atini jadallashtirsa-da, biroq shaxs sifatidagi kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan. Olim bu holatning sababi sifatida qat’iy belgilangan o‘quv dasturiga muvofiq yoshiga nisbatan psixik shakllanishi yakunlanmagan bolalar bilan sinf-dars shaklida olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlari davomida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini talab qilinishini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatlar odatda bolalarda o‘quv motivatsiyasining erta so‘nishiga va himoyaviy nevrotik reaksiyalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bundan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni o‘qitishda bir qator o‘ziga xos muhim jihatlarni e’tiborga olish zarur, deb xisoblaymiz. A.L.Sirotyukning ilmiy tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘quv ishlarini tashkil etishda har bir mashg‘ulot maqsadini aniq belgilanishi va bilish jarayonini tashkil etishda aniq sifat o‘zgarishlarga erishish ko‘zda tutilishi kerakligi alohida ta’kidlangan. Olimning e’tirof etishicha, maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasini yosh davrlari bo‘yicha normal rivojlanishi uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda bola bosh miyasi tashkil etilishining yosh davrlari bo‘yicha o‘ziga hosliklari hisobga olinishi kerak. A.V.Svetkovning fikriga ko‘ra, ushbu holat miya imkoniyatlarining chegaralanganligi bilan bog‘liqligi tufayli sodir bo‘lar ekan. Chunki har bir yosh davrida miya “quvvati” muayyan bo‘laklarining funksional rivojlanishi uchun yo‘naltiriladi. Ushbu mutanosiblikning buzilishi oqibatida, miya o‘z “quvvatini” yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan sohaga emas, balki boshqa sohaga qaratishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bolalardagi funksional rivojlanishi kerak bo‘lgan miya markazlarining yetarlicha rivojlanmasligiga olib keladi. V.D.Eremeyeva va T.P.Xrizman olib borgan ilmiy izlanishlari natijalariga tayanib, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishda, ularni psixik funksiyalari faol rivojlanishda davom etayotganligini hisobga olib individual shaklda va kichik guruhlarga bo‘lib interfaol o‘yin metodlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki o‘yin, o‘yinchoqlar, ertak va ijodiy faoliyatning boshqa turlari bolalardagi individuallikni juda faol rivojlantiradi. Bu yoshdagi bolalarni o‘qitishda sinf-dars shaklidan emas, balki interaktiv o‘yin metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. D.R.Gulyamovning fikriga ko‘ra, ta’lim jarayonida bola bosh miyasi tashkil etilishining o‘ziga hosliklari nuqtai nazaridan yondashish – individual yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish imkonini beradi. Buning uchun tarbiyachilar bola shaxsini har tomonlama va chuqur bilishlari, uning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini xisobga olishlari kerak bo‘ladi.Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga asoslangan.. Ayni paytda “O‘qituvchining kasbiy standarti” ishlab chiqilib, 2015-yil 1-yanvardan amal qila boshladi. Unda 4.5-bandda. maktabgacha tarbiyachining (tarbiyachi) kasbiy vakolatlari sanab o'tilgan.
1. Maktabgacha ta'limning o'ziga xos xususiyatlarini va tashkil etish xususiyatlarini bilish tarbiyaviy ish Bolalar bilan.
2. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilish; erta va maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish xususiyatlari.
3. Maktabgacha yoshdagi etakchi faoliyatni tashkil eta olish: ob'ekt-manipulyatsiya va o'yin, bolalarning rivojlanishini ta'minlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarning birgalikdagi va mustaqil faoliyatini tashkil etish.
4. Bolalarning jismoniy, kognitiv va shaxsiy rivojlanishining nazariyasi va pedagogik usullariga egalik qiling.
5. Maktabgacha ta'lim GEFga muvofiq erta va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va tahlil qila olish.
6. Har bir bolaning rivojlanishining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, monitoring natijalariga ko'ra ta'lim vazifalarini (psixolog va boshqa mutaxassislar bilan birgalikda) rejalashtira olish va to'g'rilay olish.
7. Dasturni o'zlashtirishda qiynalayotgan bolalar yoki alohida ta'limga muhtoj bolalar bilan ishlashda mutaxassislarning (psixolog, logoped, defektolog va boshqalar) pedagogik tavsiyalarini amalga oshirish.
8. Psixologik qulay va xavfsiz ta'lim muhitini yaratishda, bolalar hayoti xavfsizligini ta'minlashda, ularning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlashda, bolaning hissiy holatini qo'llab-quvvatlashda ishtirok etish.
9. Bolalarning ta'lim dasturlarini ishlab chiqish natijalarini, maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich sinflarda keyingi ta'lim va rivojlanish uchun zarur bo'lgan zarur integrativ fazilatlarini shakllantirish darajasini baholash imkonini beradigan psixologik-pedagogik monitoringni tahlil qilish usullari va vositalarini o'zlashtirish. maktab.
10. Bolalarning ota-onalarini (qonuniy vakillarini) psixologik-pedagogik tarbiyalashning o'ziga xos uslublari va vositalari, ular bilan ta'lim muammolarini hal qilish uchun sheriklik aloqalarini o'rnata olish.
11. Bolalar bilan o'quv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va baholash uchun zarur va etarli bo'lgan AKT bo'yicha malakalarga ega bo'lish. Jamoalar o'qituvchining malakasi bo'yicha kamayish tartibida joylashtirilishi kerak. “Piramida” qurib, jamoa vakili siz tanlagan mezonlar asosida xulosa chiqaradi.
XULOSA.
Ushbu pedagogik konsepsiyada keltirilgan fikr va mulohazalar, yo‘nalish hamda takliflar bu eng avvalo ma’lum bir davr ichida o‘zimning ta’lim-tarbiya berish faoliyatimning sifat samaradorligini oshirish uchun qilinadigan ishlar sifatida ko‘rishimiz mumkin. Bugun tarbiyachining pedagogik kompetensiyalarini doimiy oshirib borishi, bu eng avvalo bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishda asosiy omildir. Mazkur pedagogik konsepsiyada ko‘rsatilgan vazifalar, yo‘nalish va natijalarga erishish maqsadida men o‘zim uchun bir o‘quv yiliga rejalashtirilgan chora-tardbirlar rejamni ham tuzib chiqdim. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida tarbiyachining maqomi tubdan o‘zgarib bormoqda, uning ta’lim funksiyalari, shunga muvofiq, uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy mahorat darajasi talablari o‘zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va rivojlantirishning zamonaviy tizimida o‘zining shaxsiy salohiyatini safarbar qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan ijodkor, mahoratli tarbiyachi talab etiladi.


Yüklə 106,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin