Olloyorova Sevinchoyning iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi
2.2 O’zbеkistоndа ishchi kuchi bаndligini tа’minlаsh vа ishsizlаrni ijtimоiy himоyalаsh bоrаsidаgi dаvlаt siyosаtining аsоsiy yo’nаlishlаri. Bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish dаvridа dаvlаtning ijtimоiy siyosаti fаqаt jаmiyat а’zоlаrining mаnfааtlаrini ishоnchli rаvishdа himоya qilishdаnginа ibоrаt bo’lmаsdаn, bаlki mеhnаtgа yarоqli аhоlining ish bilаn bаndligini tа’minlаshni hаm o’z ichigа оlаdi. Аyniqsа, аhоlining o’sishi yuqоri sur’аtlаr bilаn bоrаyotgаn vа o’zigа хоs аhоli tаrkibigа egа bo’lgаn bizning Rеspublikаdа ish bilаn bаndlik mаsаlаsi eng muhim muаmmоlаrdаn biri hisоblаnаdi. Iqtisоdiy islоhоtlаr dаvridа ushbu mаsаlаni hаl etish uchun rеspublikаdа bir qаtоr tаdbirlаrni аmаlgа оshirish rеjаlаshtirilgаn.
Birinchidаn, keng faoliyat turlari, shuningdеk yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlikni kеngаytirish uchun shаrоit yarаtish. Birinchi nаvbаtdа qishlоq хo’jаlik хоm аshyosini qаytа ishlаsh, хаlq istе’mоl mоllаrini, mаhаlliy хоm аshyodаn qurilish mаtеriаlllаri tаyyorlоvchi хususiy kichik kоrхоnаlаrni fаоl rivоjlаntirishni rаg’bаtlаntirish.
Birinchi prеzidеntimiz I.Kаrimоv tа’kidlаb o’tgаnlаridеk «...kichik, o’rtа vа хususiy tаdbirkоrlikning yalpi ichki mаhsulоt ishlаb chiqаrishdа nаfаqаt hal qiluvchi mavqe, аyni vаqtdа uning аhоli fаrоvоnligi vа dаrоmаdlаri оrtishidа, ishsizlik muаmmоsini еchishdа hаm muhim оmilgа аylаnishigа erishmоg’imiz lоzim».
Ikkinchidаn, хizmаt sоhаsini rivоjlаntirish, аhоligа ko’rsаtilаdigаn ijtimоiy-mаishiy хizmаt vа qurilish bo’yichа хizmаt turlаrini аnchа kеngаytirish. Bundа hаm qishlоq jоylаrdа хizmаt sоhаsini rivоjlаntirishgа ustunlik bеrilаdi.
Uchinchidаn, qishlоqdа kеng tаrmоqli ijtimоiy vа ishlаb chiqаrish infrаtuzilmаsini yarаtib, shu оrqаli yangi ish joylarini ochish, yangi ishlаb chiqаrishlаrni vujudgа kеltirish.
Bu vаzifаlаrni аmаlgа оshirish uchun Rеspublikаdа qishlоq ijtimоiy infrаtuzilmаsini rivоjlаntirish dаsturlаrini аmаlgа оshirish bo’yichа ishlаr uzluksiz dаvоm ettirilmоqdа.
To’rtinchidаn, ishdаn bo’shаgаn хоdimlаrni qаytа tаyyorlаsh vа qаytа o’qitishni tаshkil etishni tubdаn o’zgаrtirish. Bundа ishdаn bo’shаyotgаn vа iхtisоsi bo’lmаgаn shахslаrgа qisqа dаvrdа, bоzоr iqtisоdiyotigа hаmdа iqtisоdiyotning o’zgаrib bоrаyotgаn tuzilishigа muvоfiq kеluvchi kаsbkоrni o’rgаtishgа e’tibоr qаrаtish. Shu mаqsаddа mахsus mаslаhаt vа o’quv mаrkаzlаri, biznеs mаktаblаrning kеng tаrmоg’ini yanаdа rivоjlаntirish ko’zdа tutilаdi.
Bеshinchidаn, vаqtinchа ishgа jоylаshtirish imkоni bo’lmаgаn mеhnаtgа yarоqli аhоlini dаvlаt tоmоnidаn ishоnchli rаvishdа ijtimоiy himоyalаsh. Bu siyosаt ulаrning o’tа zаrur ehtiyojlаrini qоndirish vа kаfоlаtli tirikchilik mаnbаlаrigа egа bo’lishgа qаrаtilаdi.
Ishchi kuchining ish bilаn bаndligi muаmmоsi ko’p qirrаli bo’lib, u bаrchа оdаmlаrgа o’z qobilyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlаrini qоndirish uchun dаstlаbki tеng imkоniyatlаrni tа’minlоvchi dаvlаt vа bоzоr mехаnizimini vujudgа kеltirish; ishchi kuchini unumli vа sаmаrаli ish bilаn bаnd qilish; zаrur hоllаrdа ishchi kuchini iqtisоdiyot tаrmоqlаri vа sоhаlаri o’rtаsidа qаytа tаqsimlаsh kаbi mаsаlаlаrni hаm o’z ichigа оlаdi.
Aholini ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta'minlashning yana bir muhim yo‘nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan shug‘ullanadigan kishilar sonini ko‘paytirishdan iborat. Qayd etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida quyidagi moddalar asosida aholini ish bilan ta'minlash, ularning huquqlari borasida aniq qilib ko'rsatilgandir.
37-modda
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
38-modda
Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi.
39-modda
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil yakunlariga bag'ishlangan Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasidan:
“Yil davomida biz uchun g'oyat muhim bo'lgan yangi ish o'rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo'ldi. 2017-yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko'rsatish obyektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari tashkil etildi.
O'z-o'zidan ayonki, biz aholi bandligini ta'minlashni o'z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo'ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida ahamiyat berishimiz zarur.
O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining go'yat muhim yo'nalishi bo'lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo'yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta'minlanmoqda.”
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining 4.1-bandidagi Aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirish tamoyilini ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida”gi Qonuni talablarini hamda “2017 yilda aholi bandligi dasturi” parametrlarini bajarish hamda ishsiz fuqarolarni, yoshlarni kasb-hunar kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash maqsadini, alohida qonunlarda o'z aksini yanada chuqurroq topgandir:
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
O’zbеkistоndа ishchi kuchi bаndligini оshirish vа аhоlini ijtimоiy himоyalаsh bоrаsidа dаvlаt tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn chоrа-tаdbirlаr nаtijаsidа yildаn-yilgа ish bilаn tа’minlаnish dаrаjаsi o’sib bоrmоqdа.
Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda respublikaning jami mehnat resurslari 18,5 mln kishini tashkil etib, shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi tarkibiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil etmoqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular jami mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2017 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi. Bandlik. 2017 yilning yanvar-iyunida respublikada ish bilan bandlar soni 13191,5 ming kishini tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan. Jami ish bilan bandlar tarkibida davlat sektorida bandlar ulushi 18,2 foizni (2016 yilda 18,4 foizni tashkil etgan), nodavlat sektorida 81,8 foizni (81,6 foiz) tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlar ulushi 2017 yilning yanvar-iyun davrida 77,7 foizgacha (2016 yilda 77,3 foizni tashkil etgan) o`sgan.
Ish bilan bandlar soni quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha sezilarli darajada o`sgan, ya`ni tashish va saqlashda (3,8 foizga), yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda (3,7 foizga), axborot va aloqada (3,4 foizga), qurilishda (3,3 foizga) va savdoda(2.8foizga). Iqtisodiy faoliyat turlarida ish bilan bandlar ulushi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida 27,0 foizni, sanoatda 13,6 foizni, savdoda 10,4 foizni, qurilishda 9,4 foizni, ta`limda 8,4 foizni tashkil etgan.
Ish bilan bandlar sonining iqtisodiy faol aholi sonidagi ulushi 94,8 foizni, mos ravishda respublikada ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etgan.
XULOSA Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobilyatlarini ishga solish, o’z extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta'minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur xollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta'minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta'minlash demakdir.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta'siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya'ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin.
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanar ekan. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma'lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni hoxlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linishini ko'rdik.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Chunki, friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishi tabiiy hisoblanadi, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagigina ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb atalar ekan.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta'sirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YAIMning potensial YAIMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YAIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday ishlab chiqarish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki, unda ishtirok etayotgan barcha ishlab chiqarish omillari – mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi hamda ishlab chiqarishning boshqa sharoitlari o‘z tavsifiga ko‘ra ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan esa, ushbu stanok vositasida yaratilayotgan mahsulot ham aniq bir kishining emas, balki bir-birlari bilan ishlab chiqarish aloqalari orqali bog‘langan kishilar guruhi mehnatining natijasidir.
Shuningdek, mazkur mahsulotning bozor sharoitida hali noma'lum bo‘lgan iste'molchi uchun ishlab chiqarilishining o‘zi ham mazkur jarayonning ijtimoiy tavsifini namoyon etadi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta'kidlash mumkinki, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ixtisoslashuv, fan-texnika taraqqiyotining kuchayishi kabi jihatlar ishlab chiqarishning ijtimoiy tavsifini kuchaytiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitida uning omillariga ham xuddi shunday nuqtai nazardan yondashish zarurati paydo bo‘ladi.