O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


Kafedra mudiri ______________ I.I.Usmonov



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə2/32
tarix25.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#195483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazir

Kafedra mudiri ______________ I.I.Usmonov
Ma’ruza matni “Elektronika va elektr texnika” fakulteti Kengashida muhokama qilingan va filial Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. ( 2023 yil “ ”_________dagi __ -sonli bayonnoma ).


Fakultet dekani ______________ M.Maqsudov

Ma’ruza matni filialning o‘quv - uslubiy Kengashida muhokama qilindi va foydalanishga tavsiya etildi. (2023 yil “___”_______dagi ____- sonli majlis bayonnomasi).


O‘quv uslubiy bo'lim boshlig‘i: _________ M.Qambarov



MUNDARIJA


1-MA’RUZ

1-Ma’ruza. 4
Yarimo‘tkazgich va yarimo‘tkazgichli asboblar.Yarim o’tkazgichli diodlar 4
2-Ma’ruza. Nurdiodlari va fotodiodlar. 12
3- Ma’ruza. 20
Mavzu: Optronlar va ularning tuzilishi 20
4- Ma’ruza. Bipolyar tranzistorlar.Bipolyar tranzistorni chastota va impuls xususiyatlari 23
5-Ma’ruza.Maydonli tranzistorlar.Tiristorlar. 28
6-Mavzu: Tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgich parametrlarini o‘rganish. 37
7-Ma’ruza. Kuchaytirgichlar.Umumiy ma’lumotlar. 43
8-Ma’ruza. Ko’p kaskadli kuchaytirgichlar.Teskari bog’lanish 51
9-ma’ruza.Differensial kuchaytirgichlar 55
10-ma’ruza. Operatsion kuchaytirgichlar 62
11-ma’ruza. Tebranish generatorlari.Multivibratorlar 68
Reja: 68
12-ma’ruza. Mantiqiy algebra va oddiy mantiqiy elementlar. 75
13-ma’ruza. Triggerlar 81
14-ma’ruza. Hisoblagichlar. Registrlar 87
15-ma’ruza. Shifrator, deshifrator, multipleksor va demultipleksorlar. 106

1-Ma’ruza.


Yarimo‘tkazgich va yarimo‘tkazgichli asboblar.Yarim o’tkazgichli diodlar
Reja:
1. Yarim o‘tkazichlarlar haqida tushuncha.
2. Qattiq jism zona nazariyasi haqida tushuncha.
3. Yarimo‘tkazgichli diodlar.
Tayanch iboralar: ta’qiqlangan zona, germaniy, kremniy, galliy arsenidi, dielektrik, ta’qiqlangan zona kengligi, metall, ruxsat etilgan zona, o‘tkazuvchanlik zonasi.
Zamonaviy elektronika qurilmalari yarim o‘tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. Yarim o‘tkazichlar kristall, amorf va suyuq bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli texnikada asosan kristall yarim o‘tkazgichlar (1010 asosiy modda tarkibida bir atomdan ortiq bo‘lmagan kiritma monokristallari) qo‘llaniladi. Odatda yarim o‘tkazgichlarga solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi metallar va dielektriklar oralig‘ida bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar kiradi (ularning nomi ham shundan kelib chiqadi). Xona temperaturasida ularning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8dan105gacha Sm/m (metrga Simens)ni tashkil etadi. Metallarda =106-108 Sm/m, dielektriklarda esa =10—8-10-13 Sm/m. Yarim o‘tkazgichlarning asosiy xususiyati shundaki, temperatura ortgan sari ularning solishtirma elektr o‘tkazuchanligi ham ortib boradi, metallarda esa kamayadi. YArim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi yorug‘lik bilan nurlantirish va hatto juda kichik kiritma miqdoriga bog‘liq. YArim o‘tkazgichlarning xossalari qattiq jism zona nazariyasi bilan tushuntiriladi.
Har bir qattiq jism ko‘p sonli bir-biri bilan kuchli o‘zaro ta’sirlashayotgan atomlardan tarkib topgan. SHu sababli bir bo‘lak qattiq jism tarkibidagi atomlar majmuasi yagona tuzilma deyiladi. Qattiq jismda atomlar bog‘liqligi atomning tashqi qobig‘idagi elektronlarni juft bo‘lib birlashishlari (valent elektronlar) natijasida yuzaga keladi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deb ataladi.
Atomdagi biror elektron kabi valent elektron energiyasi (W) ham diskret yoki kvantlangan bo‘ladi, ya’ni elektron energetik sath deb ataluvchi biror ruxsat etilgan energiya qiymatiga ega bo‘ladi. Energetik sathlar elektronlar uchun ta’qiqlangan energiyalar bilan ajratilgan. Ular ta’qiqlangan zonalar deb ataladi. Qattiq jismlarda qo‘shni elektronlar bir-biriga juda yaqin joylashganligi uchun, energetik sathlarni siljishi va ajralishiga olib keladi va natijada ruxsat etilgan energetik zonalar yuzaga keladi. Energetik zonada ruxsat etilgan sathlar soni kristalldagi atomlar soniga teng bo‘ladi. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda bir necha elektron – volьtga teng (elektron – volьt – bu 1V ga teng bo‘lgan potensiallar farqini engib o‘tgan elektronning olgan energiyasi). Ruxsat etilgan zonadagi minimal energiya sathi tubi (Wc), maksimal energiya esa shipi (Wv) deb ataladi.
1.1-rasmda yarim o‘tkazgichning zona diagrammasi keltirilgan. Ta’qiqlangan zona kengligi Wt yarim o‘tkazgichning asosiy parametri bo‘lib hisoblanadi.
Elektronikada keng qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichlarning ta’qiqlangan zona kengliklari Wt (eV) quyidagiga teng: germaniy uchun – 0,67, kremniy uchun – 1,12 va galliy arsenidi uchun -1,38.



1.1 – rasm. YArim o‘tkazgichning zona diagrammasi
Dielektriklarda ta’qiqlangan zona kengligi Wt 2 eV, metallarda esa ruxsat etilgan zonalar bir – biriga kirib ketgan bo‘ladi, ya’ni mavjud emas.
YUqoridagi ruxsat etilgan zona o‘tkazuvchanlik zonasi deb ataladi, ya’ni mos energiyaga ega bo‘lgan elektronlar, tashqi elektr maydoni ta’sirida yarim o‘tkazgich hajmida harakatlanishlari mumkin. Bunda ular elektr o‘tkazuvchanlik yuzaga keltiradilar. O‘tkazuvchanlik zonasidagi biror energiyaga mos keladigan elektronlar o‘tkazuvchanlik elektronlari yoki erkin zaryad tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi.
Absolyut nolь temperaturada (0 K) yarim o‘tkazgichning valent zonasidagi barcha sathlar elektronlar bilan to‘lgan, o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo‘ladi.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin