O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 144,36 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü144,36 Kb.
#196632
  1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyili

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI

KURS ISHI


Mavzu: Iqtisodiy isloxotlarning besh tamoyili
QABUL QILDI:
BAJARDI:


Toshkent-2023

Mundarija


Kirish
I. BOB. O’zbekistonda Iqtisodiy Isloxotlarni Amalga Oshirilishi
1.1. Iqtisodiy isloxotlarni besh tamoyilining mohiyati
1.2. Iqtisodiy isloxotlarning amalga oshirilishi va ularni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari
II. BOB. Iqtisodiy isloxotlarni boshqarish tizimimng barpo etilishi
2.1. Iqtisodiy isloxotlarning bosqichlari
2.2. Iqtisodiyotni islox qilishning asosiy strategik maqsadi
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish
O’zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklarni ochiq-oydin ko’rsatish vazifa qilib qo’yildi. Ma’lumki, Vatanimiz jahon madaniyatiga beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalar, buyuk olimlar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan mashhurdir. Milliy madaniyat taraqqiyotida O’zbekiston dunyo davlatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o’ziga xos xususiyatlari, o’zining geografik va tabiiy qulayliklariga ko’ra qadimdan insoniyat tarixining ilg’or madaniy markazlaridan joy olib kelgan.
O’zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o’zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo’lib qoldi. O’zbekiston tanlagan islohot yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.  O`zbekiston hech kimnikiga o`xshamagan, o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borib, o`zinin o`nglab olishga erishdi. Mustaqillik yo`lidagi ulkan yutuqlarimizni xalqimiz haqli ravishda Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog`laydi1. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi, va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992 yildagi ma’ruzalarida aytib o`tgan edi. Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xom-ashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim.

Yüklə 144,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin