15-variant Unitar va federativ davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tuzilishi modellarini tavsiflab bering.
Davlat korxonalari moliyasining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Ijtimoiy ta’minot xizmatlarining davlat byudjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishini asoslab bering.
16-variant Byudjet tizimiga ta’rif bering. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi qanday tamoyillarga asoslanadi?
Davlat korxonalari moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari va ishlatish yo‘nalishlari nimalardan iborat?
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi orqali ijtimoiy ta’minot xizmatlarining moliyalashtirilishi qanday amalga oshiriladi?
17-variant Byudjetlararo munosabatlar nima va O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida byudjetlararo munosabatlarning qaysi shakllaridan foydalaniladi?
Davlat korxonalarida foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini tushuntirib bering.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘larining shakllanish manbalari va ishlatish yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
18-variant Davlat moliyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishini tushuntirib bering.
Davlat byudjetining soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat? Soliq tizimi deb nimaga aytiladi?
Byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi - smetaning elementlari va smetalarning turlarini tushuntirib bering.
19-variant Davlat moliyasi funksiyalarining amal qilishini misollar asosida ta’riflab bering.
Iqtisodiy rivojlanishning turli davrlarida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan byudjet defitsitining sabablarini aniqlang. Hukumatning qanday tadbirlari byudjet defitsiti muammosining hal qilinishiga qaratildi?
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha jamg‘armalar qanday guruhlanadi?