O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligiurganch ranch texnologiyalar universiteti mustaqil ish fan: mavzu: yo’nalish: topshirdi: qabul qildi: urganch-2023 Mavzu: Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi



Yüklə 65,48 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü65,48 Kb.
#204740
Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi-fayllar.org


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGIURGANCH RANCH TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH
FAN: _______________ _________________________________________
MAVZU:______________________________________________________
YO’NALISH:__________________________________________________
TOPSHIRDI:__________________________________________________
QABUL QILDI:________________________________________________
URGANCH-2023
Mavzu: Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi
Reja:
1. Milliy g’oya va milliy psixologiya.
2. Milliy g’oyani zamon talablari asosida yoshlar ongiga singdirish metodikasi
3. Muloqotda milliy g’oyaga asoslanganlikning ahamiyati.
Milliy psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani shakllantirishdir. Bunda muloqot katta ahamiyatga ega. Respublikamizda istiqbolda amalga oshirishga mo'ljallangan g'oyalar mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar:
1) O'zbekiston kelajagi buyuk davlat;
2) O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etish;
3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish;
4) mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;
5) komil insonni kamol toptirish kabilardir.
Vatanimizning Milliy g'oyasi barcha millatlar, uchun umumiydir. Milliy g'oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar baxtli turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Milliy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali mashg'ulotlami o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e’tiborga olish kerak-/ Muloqot treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima uchun yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar ongiga Milliy g'oyani, Milliy g'urumi singdirish mumkin. Milliy tamoyillarini shakllantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish ijobiy natija beradi:
1. Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e’tibor berish;
2. Vatanimiz bayrog'iga ta’zim qilishga o'rgatish;
3. «Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish;
4. Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
5. Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar.
Bugungi kunda kelajak avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalash o'ta muhim roldandir. Chunki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlar fuqarolardan o'zlikni chuqur anglashni va ma'suliyatli bo'lishni taqozo etadi. Shu boisdan uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarni ma'naviy ruhiyatiga mos zamonaviy usullardan foydalanib dars jarayonini olib tashlash va turli xil texnologiyalar asosida yangi texnologiyalar asosida o'rnatish yo'lga qo'yish mumkin. Zero, bu "Milliy g'oya" fanlarini o'zgartirishga yordam berishning muhimidir.
Milliy g'oya va ma'naviyat fanlarini o'qitishda yangicha yondashish noan'anaviy usullar (texnik asoslar)dan yuklash davr talabidir. "Texnologiya" tushunchasi "usul", "uslub", "mahorat" ma'nolarini anglatadi[1]. Demokratiyaning umuminsoniy prinsplarini o'qitish ham texnikadan foydalanishni taqozo qiladi. Shu boisdan, ta'lim tizimida milliy g'oya va ma'naviyat fanlarini o'qitishda turli xil innovatsion texnologiyalar orqali talabalar ichki dunyosi, ongi va qalbiga singdirishda hozirgi zamon o'qituvchisiga qo'yiladigan muhim talablaridan biridir.
Hozirgi zamon o'qituvchisi esa tadbirkor tarbiyachi va pedagog, mafkura ishlarining faol ishtirokchisi, o'z fanining ustasi hamda dars berayotgan fanni, ilmiy haqiqatni yosh avlodga san'atkorona o'rgatadigan, o'z mehnati bilan jamiyatning ma'naviy talablarini yoshlarga bildiradi, o'z ustida muntazam ish boruvchi, pedagogik texnologiya olibdan shaxsiy bo'lishi kerak. A.S.Makarenko ta'biri bilan "Yaxshi ustoz maxsus ko'rish mavzusiga egadir: u o'z shogirdlar qanotlari qanday o'sayotganini ko'radi"[2],- deb ta'kidlaydi. Xozirgi kunda yaxshi ustoz kasbiga shu darajada ko'p mas'uliyat yuklanganki, o'z ustida tinimsiz mehnat qilish, izlanish uchun juda katta kuch, i sabr-toqat talab qilish.
Bugungi kunda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi qayta hal etish uchun, yangi axborotni o'z ichiga olgan, zarur qarorlar qabul qiladi, mustaqil va erkin fikrlaydigan ma'naviy barkamol yoshlar kerak. Jamiyatimizning ustunlaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.
Shunday ekan, ta'limning tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari, ya'ni intefaol uslublar, ayniqsa innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va hujjat ta'limda qo'llanishiga oid bilimlar, tajriba va talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlash.
Demak, innovatsiya o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlarni tushunish, bu jarayonni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Innovatsion texnologiyalarning asosi bo'lgan interfaol milliy texnologiyalar milliy g'oya, mafkurani teran fikrlash anglab olishda yoshlar bilan faol, ularni mustaqil fikrlashga, faollika, birdamlikka, jamoa bo'lib ishlash bir-biriga qayg'urish orqali jipislikka chorlaydi va bilimlarni boyida samarali. ta'sir o'tkazadi. Bevosita ta'lim jarayoni markaziga talaba shaxsi qo'yiladi.
Shu nuqtai nazardan milliy g'oyaga asoslangan yoshlarni bugungi kunda tarbiyalash masalalaridan biri bo'lib chiqadi. Shu o'rinda, Birinchi Prezident I.A. Karimovning ta'lim to'g'risida quydagi so'zlari ibratliydir: "Biz ta'lim tizmida o'qituvchilarning milliy keng bilim va professional ko'rinishdagi egallashi, ayni paytda chet davlatlardagi tengdoshlari bilan muloqotda faol ishtirok etmoqda. qilish bugungi kunda ro'y berayotgan barcha - hodisalar, yangilik va o'zgarishlardan atroflicha hodisa bo'lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti xsoblangan muammolarni ham chuqur o'rganish uchun katta ahamiyatga ega bo'lamiz" deb fikr bildirdi. o'tganlar.
Zero, milliy'oya mutaxassisligi bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash kunning ososiy ishlashidir. Binobar ta'lim maskanlaridagi mashqlardan bo'lgan barkamol avlodning tayyorgarlik sifatini o'stirish harakatlaridan biri bo'lib qoladi. Shu tufayli yurtimizda barcha o'quv yurtlarida o'qitish tizmini jahon tajribalaridan olib holda to'liq ko'rib chiqib eng maqbul jixatlarini amalyotga tadbiq qilish mumkin. Bu xozirgi globallashu keyingi bo'layotgan zamon talabiga xos bo'lgan jarayonlardir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratib 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta barqaror yoʻnalishi boʻyicha “Harakatlar strategiyasi”da ham ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam berish, ilmiy va innovatsiya respublikalarida joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish. , oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksprimental laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar va texnoparklarni tashkil etish ta'lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri sifatida huzurida e'tibor markazida[5] deb ta'' ta' kidlagan edi.
Mamlakatimiz ertangi kuni bo'lgan yoshlarning ma'naviy ongi haqida g'amxo'rlik qilish har birimizning, mahalla va ta'lim dargohlarining, umuman, shu yurtning gullab - yashnashi, taraqqiy topishidan manfaatdor bo'lgan har bir insonning muqaddas burchidir. Faqat ana shuda yoshlarni o'z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlariga qarshi mardonavor tura olishga qodir bo'lgan irodali, fidoiy va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yordam berishi mumkin.
Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, bu borada asosiy islohotlar Milliy istiqloldan so‘ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o‘zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada uzatilayotgan fikrlami idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, awalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek, o‘qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala odobini singdirish, guruh va jamoalarda o'zaro munosabatlami muloqotni shakllantirish orqali yaxshilashdir. Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
1) hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini o'rganish;
2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o'tish;
4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;
5) shaxslararo munosabatlami muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;
6) o'zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish. Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradigan vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif etgan tasnif): l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat: — kinetika (imo-ishora, mimika, pantomimika); — paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar); — proksemika (masofa va vaqt me’yorlari); — vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa); — takesika (jismoniy aloqa). Ba’zida muloqotdagi individlaming hidlari ham o'ziga xos belgilar tizim i sifatida baholanadi. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar xulqatvorining regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya (boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:
— aloqa o'rnatish vazifasi
— suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;
— informatsion vazifa
— suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalami almashish;
— faoliyatga undash
— suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish (rag'batlantirish);
— koordinatsion vazifa
— suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish;
— tushunishni ta’minlash vazifasi
— suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish;
— amotiv vazifa
— suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish hamda ularni o'zgartirish;
— munosabat o'rnatish vazifasi
— munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, mavqeni aniqlash;
— ta’sir ko'rsatish vazifasi
— suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish.
Demak, muloqot murakkab polifunksional ya’ni ko'p vazifali hodisadir. Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur: — muomala madaniyatining nazariy asoslari; — shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari; — pedagogik muloqotning qonuniyatlari; — oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar haqida tasawurga ega bo'lish; — shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish; — muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish; — shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; — muloqot xossalarini bilish va qo'Ilay olish; — guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish; — oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish; — muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil etish yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish. Muloqot — ijtimoiy psixologik voqelik sifatida Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlami maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi. Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga boshqa odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o'rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g'ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish — o'zini-o'zi mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish, boshqarish, baholash, o'zigao'zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda bosqichma-bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o'ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto'g'ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizim i orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish;
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to'g'risidagi axborotni egallashiga oid maxsus mashg'ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo'ljallangan ishbilarmonlik o'yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning dastlabki ijtim oiy ehtiyojlaridan biri bu — muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi:
1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi;
3) avvalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj tug'iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Inson o'zini idora qilish, turli vaziyatlarda o'zini tutish fazilatlari o'zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi:
1. Ijtimoiy hodisalaming tashqi voqe bo'lishi ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo'naltirilganligi va to'planganligi tu rli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlik.
O’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo’lg’usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o’qituvchilik kasbining o’ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo’llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan. Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ko’p jihatdan o’qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o’tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to’g’ri tanlangan, o’qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi: birinchidan, muloqotda har bir o’quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o’qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo’l ochadi; uchinchidan, pedagogik muloqotda o’qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo’lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o’qituvchining o’z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini ta’minlaydi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. O’quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o’rganishi. O’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish, o’qituvchining muloqotni to’g’ri tashkil etishi asosida amalga oshadi. 2. Shaxsiy muloqotda ro’y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo’pollik, mensimaslik va boshqa salbiy holatlarni engish. 3. O’qituvchi o’zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo’lgan uslublarini ishlab chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o’z-o’zini kuzatish bilan yutuq va kamchiliklarni taqqoslash. 4. O’zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an’ana va ma’naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish. 5. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, bu uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida). Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o’qituvchilar o’z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o’quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o’qituvchi va o’quvchilarning bevosita o’zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo’naltiruvchi kuchdir. Bu o’rinda o’qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishini alohida ta’kidlash lozim: - o’qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so’z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o’zlashtirishi; - muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o’quvchilar hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o’z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so’z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shartsharoitlarini bilib olishning o’zi kifoya qilmaydi, o’quvchilar bilan o’zaro muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o’zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o’ziga jalb qilish;
- muloqot ob’ekti, ya’ni o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o’qituvchi o’zining xushmuomalaligi, madaniyati, go’zal xulqi, muloqotda o’quvchilar qalbiga yo’l topa olishi bilan o’z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiypsixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko’rsatib o’tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko’rsatish uchun o’qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu fazilatlar o’qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o’quvchilar bilan aniq maqsadni ko’zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo’lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o’qituvchi quyidagi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi lozim:
- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo’lgan yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz ideallari, milliy g’oya va mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg’ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs; - o’quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko’nikmasi va malakasining shakllanganligi;
- jamiyatda ro’y berayotgan hodisalar, jahonda ro’y berayotgan voqealar, tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjudligi;
- pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari, munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o’z faoliyatiga nisbatan refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
- har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro’y berayotgan yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy
– iqtisodiy o’zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan munosabatda bo’lish, o’z oldiga to’g’ri maqsad qo’ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va o’z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
- pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda, ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini namoyish etishi;
- dunyoqarashi va tafakkur ko’lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilliligi, muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi; - o’quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o’tkazish bilan qurollanganligi. Har bir o’qituvchi uchun o’quvchilarga to’g’ri, omilkor axborot uzatish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o’qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
O’qituvchining pedagogik faoliyati uzluksizdir, shu sababli u muloqot madaniyatini ham muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo’nalishlarga e’tibor berishi lozim:
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o’z-o’zini anglashi, (muomalada o’zining o’zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o’zaro fikr almashish yo’li bilan o’z-o’zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o’zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib borishi, muloqot asosida to’g’ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda o’zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o’qituvchilar jamoasi, o’quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil qilishi.
3. O’zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O’quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o’zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo’ladigan salbiy holatlarni engish ko’nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O’qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, o’quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo’lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o’qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o’ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. Sinfda sodir bo’ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o’qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo’ladigan tipik hodisa. Ayniqsa, ushbu holat endigina o’z faoliyatini boshlagan yosh o’qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o’qituvchilarning o’quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to’g’ri yo’nalish berish, barcha o’quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o’qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadigan o’qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko’lamiga odatda o’quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki, o’quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o’qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O’zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o’ziga xos an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud. O’qituvchi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o’z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o’qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Bu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo’lishi shubhasiz. Faqat har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to’g’ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etishning o’zi kifoya. O’qituvchi bilan o’quvchining muloqotda bir-birlarini o’zaro tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o’quvchining ruhiyatiga qarab muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik munosabati, o’quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir o’qituvchi o’zining muammolaridan, yo’l qo’yilgan kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi lozim. Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo’nalishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko’maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi.
Muloqotga ba’zi o’quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu o’quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalarni belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak. Mazkur vaziyatlarda o’zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi ob’ektning javob harakati imkoniyatlarini oldindan ko’ra bilish;
• ob’ektda psixologik to’siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi vositalarni qo’lga kiritish;
• vaziyatning o’zgarishiga qarab foydalanish mumkin muloqotlarning bir nechta modeliga ega bo’lish;
• o’quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo’shilish, ularga hamdardlik ko’nikmasini rivojlantirib borish;
• o’zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Yüklə 65,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin