8-mavzu. Limitga ega bo‘lgan funksiyaning xossalari. Ikki funksiya yig‘indisi, ko‘paytmasi va bo‘linmasining limiti. Murakkab funksiyaning limiti. Monoton funksiyaning limiti. Koshi kriteriysi. Ba’zi bir ajoyib limitlar. Cheksiz kichik funksiyalar va ularni taqqoslash.
9-mavzu. Uzluksiz funksiya va uning xossalari. Funksiyaning nuqtadagi va to‘plamdagi uzluksizligi. Yig‘indi, ko‘paytma va bo‘linmaning uluksizligi. Funksiyaning uzilish nuqtalari va ularning klassifikatsiyasi.
10-mavzu. Kesmada uzluksiz bo‘lgan funksiyalarning xossalari. Kesmada uzluksiz bo‘lgan funksiyaning xossalari. Monoton funksiyaning uzluksizligi. Teskari funksiyaning mavjudligi va uzluksizligi. Tekis uzluksiz funksiyalar.
11-mavzu. Asosiy elementar funksiyalar va ularning uzluksizligi. Haqiqiy ko‘rsatkichli daraja. Ko‘rsatkichli, logarifmik, darajali funksiyalar va ularning xossalari. Trigonometrik funksiyalar. Teskari trigonometrik funksiyalar va ularning xossalari.
12-mavzu. Bir o‘zgaruvchili funksiyaning hosilasi. Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar. Hosilaning ta’rifi, uning geometrik va mexanik ma’nolari. Egri chiziq urinmasi va normalining tenglamalari.
13-mavzu. Hosilani hisoblash qoidalari. Hosilani hisoblash qoidalari. Murakkab va teskari funksiyaning hosilasi. Asosiy elementar funksiyalarning hosilalari. Logarfmik hosila. Daraja ko‘rsatkichli funksiyaning hosilasi.
14-mavzu. Funksiyaning differensiali. Differensiallanuvchanlik va hosilaning orasidagi bog‘lanish. Funksiya differensialining geometrik va fizik ma’nolari. Differensial formasining invariantligi. Differensialning taqribiy hisoblashlarga tatbiqlari.
15-mavzu. Yuqori tartibli hosila va differensiallar. Yuqori tartibli hosilalar. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi. Yuqori tartibli differensiallar. Parametrik ko‘rinishda berilgan funksiyani differensiallash.
16-mavzu. Differensial hisobning asosiy teoremalari. Ferma, Roll, Lagranj va Koshi teoremalari. Lopital qoidasi. Teylor formulasi. Teylor formulasining limitlarni hisoblashlarga va taqribiy hisoblashlarga tatbiqlari.