O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi



Yüklə 198,25 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü198,25 Kb.
#208965
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ta\'lim uslubiy ko\'rsatmasi MTTE to\'g\'risi

Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosaitida namoyon bo'ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish, talim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo'lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning mazmuni , vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Keying! yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o'zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi.
Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o'zgaradi. Bu rivojlanish va o'zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo'ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbayi shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o'zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o'yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o'yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi

Yüklə 198,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin