Kimyoviy yo‘l bilan to'yingan tuzli eritmalardan tuz kristallarining cho‘kishi tufayli hosil bo‘lgan tuzli yotqiziqlar evaporitlar deb ataladi. Qatlamli tuzilishga ega boigan evaporitlar sho'r ko'llarda yoki to'siqlar bilan chegaralangan dengizlaming sayoz chekkalarida hosil bo'ladi. Evaporitlarning hosil bo'lishidagi muhim shart-sharoit bug'lanishdir. Bunday sharoit quruq va issiq iqlimli o'lkalarda kuzatiladi. Kuchli bug'lanish natijasida suvda erigan tuzlarning konsentratsiyasi tobora oshib boradi va to'yinish darajasiga yetganidan so'ng cho'kmaga o'ta boshlaydi. Ochiq dengiz suvlarida erigan tuzlarning miqdori to'yinish darajasidan ancha past va shu bois ularda tuzli yotqiziqlar hosil bo'lmaydi. Qadimiy davrlarda ham shunday boigan.
Issiq va quruq o'lkalarda dengizning asosiy havzasidan to'siqlar bilan ajralgan qismida (laguna, qoitiq, marsh) kuchli bug'lanish natijasida erigan tuzlarning konsentratsiyasi keskin oshib ketishi mumkin. Bunda eritmadan tuzlarning kristallanib cho'kmaga o'tishi kuzatiladi. Odatda dengiz suvi bug'langanda birinchi navbatda undan karbonatlar, keyinchalik bug'lanish davomida tuz konsentratsiyasi 4 marta oshganda sulfatlar, 12 marta oshganda bishofit cho'kmaga o'tadi. Bu turli tuzlarning suvda eruvchanligi va bevosita to'yinish darajasi bilan bog'liqdir. Sho'r suvlardan tuzlarning cho'kmaga o'tishi N.M.Straxov bo'yicha uch bosqichda amalga oshadi. Bular karbonatli, sulfatli va xloridli bosqichlardir.