URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«BIOLOGIYA» kafedrasi
5140100 -“Biologiya” ta’lim yo‘nalishi
________ - guruh talabasi
_______________________________________________
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT
Boshlanishi “_____”_____________ 2023 y.
Tugallanishi “_____”____________ 2023 y.
Amaliyot rahbari:_____________________________________
Korxona rahbari:______________________________________
Urganch -2023
UNIVERSITET TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMI
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respbulikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa me’yoriy xujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining oliy o’quv yurtlari talabalarining o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti haqidagi Nizomi asosida tuzildi.
Umumiy qoidalar
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalar amaliyoti ilg‘or korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Amaliyotni tashkil qilish va o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti xaqidagi Nizomiga to’la rioya qilinadi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 09.09.2015 yildagi 5-2015 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan vaqt me’yorlariga asosan nazorat shakli bilan birgalikda malakaviy va bitiruv oldi amaliyotiga raxbarlik qilish, xisobotlarni tekshirish uchun prof-oqituvchilarning o’quv yuklamalari quyidagicha xisoblanadi.
Bir guruhga bir ish kuni uchun
|
__ soat
|
Mehnat safarida bir guruh bir ish kuni uchun
|
__ soat
|
Fakultet (amaliyot boshlanishidan 15 kun oldin) kafedra mudiri imzosi bilan prof.-o’qituvchilarning amaliyotga raxbarlik qilishi xaqidagi jadvalni o’quv bo’limiga taqdim qiladi.
Amaliyotchi talaba kundalik yuritib har kuni amaliyotda __ soat ishlashga majbur.
Amaliyotchi talabalarning yozma xisobotlari amaliyot ob’ektidan tayinlangan raxbar imzosi bilan ximoyaga qo’yiladi.
Amaliyot yakunida talaba o’z xisobotini oliy ta’lim muassasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida ximoya qiladi. Komissiya tarkibiga o’tilayotgan amaliyot raxbari, kafedra mudiri, kafedra professor – o’qituvchilari kiritilib, komissiya a’zolarining umumiy soni 3 kishidan kam bo’lmasligi kerak.
Amaliyot davrida kasallanib qolgan yoki xomiladorligi bilan bog’liq sababga ko’ra amaliyotga qatnasha olmagan talabalar tibbiy ma’lumotnoma yoki farzand tug’ilganligi xaqidagi guvoxnoma nusxasini taqdim qiladilar.
«Биология»
yo‘nalishi bakalavrlari uchun malakaviy
A M A L I YO T D A S T U R I
I. MALAKAVIY AMALIYOT
Malakaviy amaliyoti qator tabiiy, ijtimoiy - gumanitar fanlarni o’zlashtirilgandan so’ng, ___ kursning ______ semestrlar o’quv rejasiga muvofiq, barcha reyting nazoratlari topshirilgandan keyin o’tkaziladi. Kafedra tomonidan talabalarni amaliyotlarini o’tash o’rinlari belgilab olinib, korxona bilan shartnoma tuziladi.
Amaliyot maqsadi va vazifalari
O‘tilgan fanlar bo`yicha talabalar tomonidan o`zlashtirilgan nazariy bilimlarni ishlab chiqarish sharoitida yana ham chuqurlashtirish va mustaxkamlash. Ayrim umummuxandislik va maxsus fanlarni o’rganishga tayyorgarlik ko’rish.
Korxonaning umum tashkiliy prinsiplari, texnologik jarayonlari, texnologik jixozlar, korxona yoki zavod xo’jaligi bilan tanishish.
Talabalarda umumsiyosiy, tashviqot-targ‘ibot ishlariga bo‘lgan ko’nikmalarni shakllantirish va tarbiyalash.
O‘quv rejasidagi kurs loyixasi va ishi bo’lgan fanni bo’yicha kurs loyixasini bajarish uchun ma’lumotlar yig’ish.
Amaliyotga chiqishdan oldin universitet tomonidan tayinlangan amaliyot raxbari va kurs loyixasi raxbarlari talabalar bilan suxbat o’tkazadi. Bunda talabalar amaliyot maqsadi va vazifalari to’g’risida ma’lumotlar, yo’llanma, amaliyot dasturi, uslubiy ko’rsatmalar, amaliyot kundaligi va kurs loyixasi topshiriqlarini oladilar.
Amaliyot o’tash korxonasiga kelgandan so’ng talaba kadrlar bo’limiga murojat qiladi. Kadrlar bo’limida talabaga korxona tomonidan raxbar tayyorlanib talabani amaliyotga qo’yilganligi to’g’risida korxona buy’rug’i beriladi.
Amaliyotga talaba korxonaning mexnat muxofazasi bo’limida instruktajdan o’tkazilib, maxsus jurnallarda qayd qilingandan keyin amaliyot o’tashga kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: |