O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu


Maktabgacha ta'limda ingliz tilini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari



Yüklə 102,08 Kb.
səhifə4/11
tarix08.06.2023
ölçüsü102,08 Kb.
#126773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ingliz tilida

Maktabgacha ta'limda ingliz tilini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida muassasalarida chet tillarini, jumladan ingliz tilini o’rgatish va o’rganish hozirgacha zamonaviy talablar darajasida emasligi barchamizga a'yon haqiqatfir. Bunga sabab ingliz tili o’qituvchilarinig kasbiy saviyasi yetarli darajada emasligi,darslarda yangi metod va pedagogik texnologiyalardan foydalanmasliklari, xonada ingliz tili muhitining tabiiy emasligi kabi bir qator sabablarni keltirib o’tish mumkin. Shuni inobatga olgan holda yuqorida keltirilgan Prezidentimizning "Chet tillarini o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish to’g'risida" gi (2012-yil 10-dekabr) qarori bu borada dasturilamal bo’lib xizmat qilib kelayotir. Mazkur qarorga binoan, ta'lim tizimining barcha bosqichlari oldiga chet tillarini uzluksiz o’rganilishini tashkil etish, shu bilan bir qatorda, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonavit o’quv uslubiy materiallar bilan ta'minlashni yanada takomillashtirish vazifasi qo’yildi.


Manbalardan bizga ma'lumki, kishilik jamiyatida insonlat bir qator tillarni bilishga intilganlar va unga ehtiyoj sezganlar. XX asr tilshunosligining mashhur namoyondalaridan biri Yevgenit Dmitriyevich Polivanov 46 tilni mukammal bilgan, o’zbek tili va shevalarini o’rganib tahlil qilgan holda do’ppi-chopon kiyib, "Men o’zbekman, familiyam Polvonov" deb o’zbeklar orasida o’zbekday yurgan olim sanaladi. Yoki Jor Smit -BMT sobiq bosh tarjimoni 10 dan ziyod tillarda erkin muloqot qila olgan. U har yili bir mamlakatning tilini o’rganishga harakat qilgan. Darhaqiqat, chet ellardakishilar bilan o’z tillatida gaplashsangiz, bu ularga qolaversa ularning vataniga chuqur hurmat ramzini ifodalaydi.Xalqaro munosabatlar rivojlanayotgan globallashuv davrida chet tillatini bilish katta siyosiy-madaniy jarayon hisoblanadi. Mashhur olimlarmizdan sanalmish Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino bir necha yillarni mukammal bilishgan.
Ma'lum bo’lishicha, ilmiy pedagogikada chet tilini o’rgatish masalalari bo’yicha jiddiy kurs ishi ishlari XX asrning birinchi yarmida shakllangan. Bu sohada ilk bor mutaxassis X.R.Xyuzaning «Chet tilini o’rganish psixologiyasi» nomli kitobi tahsinga loyiq bo’lib (1931), bu ish davomchilari sifatida X. Dipkel, V. Rivers, Dj.Kerrol, R. Polittser, S. Donau, V. Moulton, L. Yakobovits, V. Reyneke, V. Appelt,I. V. Karpova, B. V. Belyaev, V. A. Artemov va boshqa psixolog olimlarni olishimiz mumkin.
Ingliz tilining xususiyatlarini yoritishda unga turlicha yondashishlar mavjud. Kurs ishichilar chet tilining psixologik, didaktik, amaliy, ta'limiy-tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib, o’z fikrlarini bayon etishgan (I. V. Raxmanov, G.X. Bakiyeva, G.T. Maxkamova, F.R. Kadirova, V. S. Setlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov va boshqalar). Shuni ta'kidlash joizki, yurtimizda maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga chet tilini, shu jumladan ingliz tilini o’rgatish borasida yetarlicha ilmiy kurs ishilar mavjud emas. Shu bois, ilmiy kurs ishi davomida bolalarga yosh davridan boshlab chet tilini o’rgatish masalasi bo’yicha qator dissertatsiya ishlari tahlil qilindi. Shulardan, maktabgacha (5-6 yoshdagi) bolalarni chet tilida og'zaki nutq ko’nikma va malakalarini shakllantirish (G.T. Maxkamova), o’zbek bog'chasida bolalarni rus tilida og'zaki nutq ko’nikmasini didaktik o’yinlar orqali shakllantirish (F.R. Kadirova), erta ta'lim sohasida chet tilini o’qitishning ilmiy va uslubiy rivojlanishi hamda tanqidiy o’rganish masalalari (N. N. Achkasova, O. A. Osiyanova, N. A. Malkina, O. A. Denisenko, B. Cheptsova va b.), o’qitish metodlari (N. N. Achkasova, N. A. Yatsenko va b.) bo’yicha ilmiy ishlar ko’rib chiqildi. Ulardan quyidagi ishlar ajratib olindi: maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarida muloqot ko’nikmalarini shakllantirishning psixologik yondashuvlari (Negnevitskaya Ye.N.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga chet tilini o’rgatishning asoslari (Koliyeva N.F., Grigoreva V.V.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga xorijiy tilni o’rgatishda qo’llaniladigan mashqlar turlari ( Dolnikova R.A.), bog'cha bolalariga chet tilini o’rgatish metodikasi ( Futerman Z.Ya.; Chistyakova T.A.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga chet tilini o’yin orqali o’rgatish xususiyatlari (Ponimatkova.P), yosh davrdan boshlab ingliz tilini o’rgatishda ingliz adabiyotlaridan foydalanish metodikasi(Denisenko O.A.), syujetlashtirilgan rollar orqali 6-7 yoshli bolalarga muloqotni o’rgatish (Rebakova N.V.) va maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalariga ertaklarni qo’llagan holda og'zaki nutqni shakllantirish (Malkina N.A.) kabi ishlar shular jumlasidan. Xorijiy tilni kichik davrdan bolalarga kommunikativ yo’nalish orqali o’rgatish xususiyatlari A.A. Leontyeva, V.G. Kostomarov, O.D. Mitrofanovava boshqalarning ishlarida namoyon bo’lgan. Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasasi bolalariga chet tilini o’rgatishda pedagog nutqining ravonligi muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan.
K.D. Ushinskiyning ta’kidlashicha, chet tilida so’zlashishni yosh bola kattalarga o’xshab yillar davomida emas, balki bir necha oylarda yaxshiroq o’rganib oladi. Olimning yozishicha, chet tilini o’rganish quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Birinchi maqsad – til o’rganayotgan xalqning ijodi bilan tanishish. Ikkinchisi esa, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, chunki til o’rganish insonning miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatib, uni har tomonlama rivojlantiradi. Uchinchi maqsad – shu xalqning madaniyati bilan yaqinroq tanishish va ular bilan oson muloqotga kirisha olish. Keyingisi esa, shu xorijiy mamlakat odamlari bilan bemalol o’zlarining tillarida xat yozisha olish ko’nikmalarini shakllantirishdir.‖ [Ushinskiy, 1950, s.118].
L.S.Vigotskiyning fikriga ko’ra, bolalar ona tilini o’z-o’zidan, beixtiyor o’rganishni boshlashadi, chet tilini esa ongli ravishda qabul qilishadi. Shuning uchun ham, til o’rganish ko’nikmalari bolalarda quyidagicha shakllanadi: ona tili ―pastdan tepaga qarab, chet tili esa―yuqoridan pastga qarab rivojlanadi [Vigotskiy, 1982]. Shunday qilib, dunyoviy bilimlarni bola til orqali qabul qiladi.

  1. A. Zimnyayaning fikriga ko’ra esa, bolalar ta'lim jarayonida ona tili tajribalariga tayangan holda, chet tilini o’rganishlari kerak, faqat shundagina xorijiy so’zlarni xotirasida saqlash oson kechadi[Zimnyaya, 1991].Professor N. A. Bonkning fikricha, yosh bolaga xorijiy tilni o’rgatishda ularning psixologiyasini hisobga olish zarur, chunki yosh o’rganuvchi qiziqqon bo’ladi va zerikishni yoqtirmaydi. Shuni inobatga olgan holda bog'cha bolalari uchun yaqin bo’lgan mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular o’yinchoqlar, hayvonlar, oila, uy, bog'cha va xokazo. Erta ta'lim jarayoni maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalariga chet tilini chuqur o’rganishiga turtki bo’lib, kelajakda ular nutqining ravonligini ta'minlashga imkon beradi [Bonk, 1997].

Chet tilini o’rganishning eng qulay davri – olti yosh hisoblanishini Yevropa qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan millatlararo anjuman ham tasdiqlagani tasodif emas. (g. Grats, 1998). Buni psixolog olim A.A. Leontev ham tasdiqladi, chunki uning fikricha, chet tilini o’rganishda aynan olti yosh eng qulay davrdir. Bunday vaqtda bolalarda ichki turtki va yangi tilga qiziqish kuchli bo’ladi, shu vaziyatdan foydalangan holda chet tilini o’yinlar orqali o’rgatsa Ma'lumki, ta'lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompьyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-quvvatlovchi axborot»ini ko’paytirish va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va mulьtimedia, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.1956 yilda N. V. Karpov, I. V. Raxmanovlarning «Boshlang'ich bosqichda chet tilini o’qitish metodikasi» kitobi nashrdan chiqdi. Texnik vositalardan keng foydalanish talab kilindi.Shu nuqtai nazardan, chet tilini o’rgatishda barcha didaktik printsiplar, ya'ni tarbiyaviy ta'lim, onglilik, faollik, ko’rgazmalilik, tizimlilik, yakka yondashish, puxta o’zlashtirish va moslik printsiplari bir-biri bilan uzviy bog'liq holda amaliyotga tatbiq etib boriladi.
Hozirgi kunda ta'limi tizimida o`qitish usullarining boy xazinasi to`plangan. Biz ta'limda to`g’ri usul tanlar ekanmiz, ko`zlangan natijaga komil ishonch va qisqa yo`l bilan erisha olamiz. Ta'lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to`xtovsiz murakkablashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kеlishi, umumiy o`rta ta'lim vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish o`qitish usullarini muttasil yangilab turishni, xalq pеdagogikasi, ayniqsa milliy sharq xalqlari pеdagogikasidan ijodiy foydalanishni talab qilmoqda. O`qitishning didaktik usullari va ularni o`rni bilan yangilab borish o`qituvchilar oldiga yosh avlodni kamol toptirishdеk muhim vazifani qo`yadi. Kеng ma'noda qo`llanadigan «usul» o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish, ma'lum ob'еktni o`zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlarini anglatadi. O`qitish usuli dеganda, ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi.O`qitish usullari ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishini, o`qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi. Boshqacha qilib aytganda, o`qitish usullari har ikkala faoliyatning, ya'ni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o`quvchilar tomonidan o`sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish faoliyatida qo`llaniladigan yo`llarni o`z ichiga oladi. Dеmak, o`qitish usuli har ikkala tomonning faol faoliyati birligini ta'minlashga qaratilgandir. Biroq, ikkala faoliyat hamisha bir xil va bir yo`nalishda bo`lavеrmaydi. Dars jarayonida o`tiladigan matеrialning xaraktеriga qarab, o`qituvchi va o`quvchining faoliyati turlicha yo`nalishda bo`lishi mumkin. Ta'lim jarayonidagn ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatiing turlicha bo`lishi yangi-yangi usullarni kеltirib chiqaradi. Ta'lim tizimida o`qitish bilan bir qatorda «uslub» va «vosita» tеrminlari ham ishlatiladi.
Uslub - ma'lum o`quv matеriallarini o`tishda qo`llanilayotgan asosiy o`qitish usuli bilan birga ikkinchi bor o`qitish usulining ayrim elеmеntlaridan foydalanib ish ko`rshidir. Chunonchi, ma'lum bir mavzuni ma'ruza bilan bayon qila turib, yo`lyo`lakay o`quvchilar bilan savol-javob yuritilsa yoki ko`rsatma matеriallardan foydalanib, izoh bеrib o`tilsa, asosiy usulning yo`nalishini o`zgartiradi va u shu usulga nisbatan uslub bo`lib qoladi. Chunki xususiy uslubiyotlarning o`ziga xos usuli va uslublari bor. Biroq, ayrim fanlarni o`qitishda qo`llaniladigan xususiy usullar umumiy o`qitish usullari bilan mustahkam bog’liqdir.
Vosita - ma'lum o`qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo`lgan yordamchi o`quv matеriallari-asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilardan foydalanishdir. Chunonchi, dars jarayonida tabiiy yoki tasviriy ko`rgazma matеriallar (sxеma, diagramma, surat va boshqa) laboratoriya yoki namoyish qilish mashg’ulotlarida qo`llaniladigan qurol va asboblar, o`quv kino uskunalari, proеktsion fonar, mikroskop va boshqa apparatlar, shuningdеk mavzuga oid boshqa o`quv matеriallaridan kеltiriladigan dalillar (ma'lumotlar, isbotlar, ta'rif, qoida, formula va boshqalar) ning ishlatilishidir. Dеmak, ta'lim jarayonida o`quv matеriallarining xaraktеriga qarab tanlangan o`qitish usullari u yoki bu uslub va vositalarni o`z ichiga olgan bo`lishi mumkin. Biroq qaysi o`qitish usuli, uslub va vositalardan foydalanish zarurligi hammadan oldin u yoki bu o`quv fanlarining o`ziga xos xususiyatlariga bog’liqdir. Masalan, fizika, ximiya, biologiya kabi fanlarni laboratoriya mashg’ulotisiz o`qitish va o`zlashtirish mumkin bo`lmaganidеk, matеmatika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va masalalar ishlatmay turib, ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi. O`quvchiga bеrilish lozim bo`lgan ilmiy bilimlar ko`lami o`qitish usullari va shakllarining doirasini kеngaytirish zarurligini taqozo etmoqda.
O`qitishning hikoya, suhbat, ma'ruza, illyustratsiya turlari, namoyish qilinadigan asbob-uskunalar va priborlarni ko`rsatish, mashqlarni, mеhnat topshiriqlarini, laboratoriyada o`tkaziladigan tajribalarni bajarish, bilishga yordam bеradigan o`yinlarni, xalq, pеdagogikasi matеriallaridan foydalanish usullari va uslubi, o`quv munozaralari, o`quv faoliyatida rag’batlantirish va tanbеh, o`quv matеriallarini muammoli bayon qilish, muammoli suhbatlar, tadqiqot tajribalarinn qo`llash, analogik, induktiv va dеduktiv mulohazalardan foydalanish, kitob ustida ishlash, o`rgatuvchi mashinalardan mustaqil foydalanish kabi usullarini qo`llash, og’zaki so`rash, yozma ishlar, kontrol laboratoriya ishlari, avtomatlashtirilgan qurilmalar yordamida dasturlashtirilgan nazorat usullaridan foydalanish va hokazolar o`qituvchilar uchun juda ham tushunarlidir. Xalq pеdagogikasi durdonalarini to`plash, ulardan unumli foydalanishning usullarini yaratish borasida pеdagogika fani ilg’or va pеshqadam o`qituvchilarning ish tajribalariga, oliy ilmgohlarning pеdagog olimlariga tayanib ish ko`radi. Talim tizimida o`quvchilarga bilim bеrishning eng qulay imkoniyatlarga asoslangan holda o`qitish usullarini quyidagi turlarga bo`lamiz.

    1. O`qitishning og’zaki usullari;

    2. O`qitishning ko`rgazmali usullari;

    3. O`qitishning amaliy usullari;

    4. O`qitishning muammoli - izlanish va rеproduktiv usuli;

    5. O`qitishning induktiv va dеduktiv usullari;

    6. Mustaqil ish usullari;

    7. O`quvchilarning o`quv faoliyatlarini rag’batlantirish va asoslash usuli;

    8. O`qitishda nazorat va o`z-o`zini nazorat qilish usuli;

    9. Kitob bilan ishlash usuli.



2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to`g’risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori mMaktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida: ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim –tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo`llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish; maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo`yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish; zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o`quv reja va dasturlarini takomillashtirish; maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablag’lari; maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun- O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari; xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi darajasiga ko`tarildi. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e`tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo`g’ini hisoblanadi va ta’limtarbiya tizimining asosiy maqsadi bo`lgan-barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida respublikamizning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yo`lining uzviy va bosqichma-bosqichligini ta’minlaydi.
Qonunga muvofiq hozirgi kunda nafaqaqt maktab, kollej, litsey o`quvchilari va oliy o`quv yurtlari talabalariga, balki maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilari va turli xil sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tillarini o`rgatish xususan rus, ingliz, fransuz, koreys, xitoy tillarini o`rgatish yo`lga qo`yilmoqda. Hozirda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yo`nalishlari aynan poytaxtimiz Toshkent va Samarqand viloyatlari oliy ta’lim muassasalarida tashkil etildi. Mening fikrimcha, bu yo`nalish bo`yicha boshqa viloyatlarda ham tezroq yangiliklar kiritilishi kerak. Ya’ni biz maktabgacha ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni yo`lga qo`yishni jadal rivojlantirishimiz kerak. Bekorga xalqimizda “Bola boshidan” degan maqol mavjud emas. Biz bolalarning yoshligidanoq chet tillarini o`rgatishga katta ahamiyat bersak, erta kelajagimiz bundanda go`zalroq bo`ladi. Hozirgi bolajonlarning qo`lidan bu ish keladi. Biz faqat ularga to`g’ri yo`nalishni ko`rsata bilishimiz shart deb o`ylayman.
Shunga muvofiq, iqtisodiy fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning tillarini o`rganish, jahon ilm-fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omilidir. Hozirgi kunda zamon talablariga mos keladigan namunali o`quv markazlari misol bo`lishi mumkin. Bu namunali o`quv markazlarida yosh kadrlar
turli xil sohada tahsil olishlari mumkin. Bolalarga nafaqat dars xonalarida, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalarida til o`rgatishimiz, balki ularni ko`proq tabiat qo`yniga sayrga olib chiqib, albatta ularning xavfsizligini ta’minlagan holda biz tabiat qo`ynida rangli, qiziqarli, quvnoq o`yinlarni chet tillarida olib borishimiz darkor. Bu bolajonlarning ma’naviy va ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Bolalar uchun kichik xonalarda dars o`tish albatta zerikarli bo`lishi mumkin, tabiat va atrof muhit bolalarning ruhiyatini ko`taradi.
Ular yanada tilni chuquroq o`rganishga intiladi va biz nafaqat tabiat qo`yniga olib chiqishimiz mumkin, balki ularni hayvonot bog’larini aylantirishimiz ham aynan maqsadga muvofiq bo`lar edi. Bu bolalarni so`z boyligini oshirishga yordam beradi. Chunki bola ham ko`radi, va shu orqali so`zlarni eslab qoladi, hamda so`z boyligini oshiradi. Mana shunday ajoyib ekskursiyalar bilan bolajonlarning so`z boyligini bolaligidanoq oshirib borishimiz ularning kelajagiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Balkim bolajonlarni tabiat qo`ynilariga yoki har xil ekskursiyalarga olib chiqishimizni man etishar chunki ularni sog’liqlari hamma narsadan muhim.
Bunday hollarda biz maktabgacha ta’lim muassasalari xonalarini kerakli ko`rgazma qurollari va uskunalari bilan bezatishimiz lozim. Atroflarini rang barang gullar, hayvonlar, yumshoq o`yinchoqlar, har xil multfilm qaxramonlari o`yinchoqlari bilan boyitishimiz kerak. Xona devorlarini quyosh rangida, yoki ochiq ko`k yoki yashil ranglarida boyashimiz lozim. Chunki ranglar doim bolajonlarimizning kayfiyatini ko`taradi.
Til o`rganish ham yosh davrlariga bog’liq. Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o`zlashtiradilar. Bolalarda til o`rganishga bo`lgan tabiiy moyilik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtinig ko`pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e`tiborga olish kerakki, yosh bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini o`rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik kerak. Aks holda chet tillarini o`rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo`riqtirib qo`yish mumkin. Mening fikrimcha, bolajonlarimizga mana shunday yo`nalishlarda dars o`tishimiz maqsadga muvofiq bo`lar edi:

  • qo`shiqlar va she`rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo`lgan, ma’noga ega bo`lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o`rgatish;

  • aqliy va jismoniy harakatlar bilan bog’liq bo`lgan o`yinlar bilan o`rgatish;




  • multfilmlar orqali. Bolalar til o`rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan

so`zlarni tushunishga intiladi;

-ko`rgazmali qurollar, turli xil rasmlar, ertaklar, kitoblar, va shunga o`xshash turli xil predmetlardan ham bo`lishi mumkin.


Bilamizki bolalar qiziquvchan bo`ladi. Ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o`tmaslik lozim. Aks holda bolalar o`qituvchining qanday dars o`tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko`rishadi. Usullarni yangilab dars o`tish bolalarning intilishlarini oshiradi. Kichik yoshdagi bolalarga til o`rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg’ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o`tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jahon psixologiyasi va pedagogika fanida boy ma'lumotlarga asoslanib, komil ishonch bilan quyidagi mulohazalarni bildirish mumkin. Jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga ingliz tilini o’rgatishda didaktik o’yinlar va axborot texnologiyalari salmoqli ta'sir o’tkazadi.

Yüklə 102,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin