O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va


Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning



Yüklə 180,5 Kb.
səhifə3/5
tarix14.05.2023
ölçüsü180,5 Kb.
#113540
1   2   3   4   5
Mustaqil ish-Investitsiya maruza

3. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning
diskontlashga asoslangan usullari.
Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul
oqimlari haqidagi ma‘lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul
oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi va investitsiya
loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Diskontlash usuli (noan‘anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul mablag‘larining
qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya‘ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga
(iste‘mol qiymati bo‘yicha) teng emasligi kontseptsiyasiga asoslanadi. Diskontlashga asoslangan
usullarning barchasi (sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki
me‘yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash
usuli (Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount
Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va
chiqimlarning o‘rtasidagi farq – sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib, diskotlashtirish yo‘li
bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan usullarning mohiyatini tushunish uchun
avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib
olishimiz kerak bo‘ladi.
Korxona pul oqimlari asosan quyidagilardan tashkil topadi:
 operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (4-shakl, 050-qator);
 investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (4-shakl, 100-qator);
 moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (4-shakl, 180-qator).
Pul tushumlari va chiqimlarini tahlil etish investitsiya loyihalarini baholashda juda muhim
sanaladi. Investorlarni boylikni o‘stiruvchi tushumning qanchaligi, pul mablag‘lari kirimi va
chiqimigina qiziqtirmasdan, balki korxonaning byudjet oldidagi majburiyatlardan holi bo‘lgandagi,
ya‘ni soliqlarni to‘lagandan keyingi qoladigan natija (foyda) qiziqtiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya loyihalarining sof pul oqimini topish uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:
– Sotishdan tushgan tushum
–O‘zgaruvchan xarajatlar
– Amortizatsiya
Kredit uchun foiz
Boshqa doimiy xarajatlar
= Soliqqa tortiladigan baza
– Foyda (daromad) solig‘i
= Korxona ixtiyorida qoladigan foyda (sof foyda)
+ Amortizatsiya
investitsiya loyihasining daromadliligini, samaradorliligini, foydaliligini hamda ularning jalb etuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo‘llash zaruriyati bo‘lmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo‘llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o‘ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Loyihaning jalb etuvchanligini baholash usullari uning barcha xususiyatlarini ochib bera olmasa ham, loyihaning haqiqiy samaradorligini aniqlashda asosiy xizmat vazifasini o‘taydi.

Yüklə 180,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin