O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi navoiy innovatsiyalar instituti



Yüklə 492,21 Kb.
səhifə5/6
tarix09.06.2023
ölçüsü492,21 Kb.
#127457
1   2   3   4   5   6
merkantilizm

T.Man 1630-yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo‘lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo‘lmasligini qayd qilib o‘tadi. T.Man bo‘yicha, boylikning manbayi faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka
«har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko‘ra, ularga ko‘proqmsotish» yo‘li bilan erishiladi.
chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’mol qilishdan o‘zini tiyishni tavsiya etadi.
Adam Smit o‘zining “Millatlar boyligi...” asarining 4-kitobida merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan, unda Smit Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o‘tgan. Angliyada keyingi yetuk merkantilizm Tomas Man
(1571–1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Mano‘z davrining yirik savdogar, Sharqiy Hindiston kompaniyasining direktori edi, bu kompaniya tanqidchi yozuvchilar tomonidan 2 jihati bo‘yicha tanqidga uchragan: 1) Angliya Hindistonga eksport o‘rniga import qilardi, 2) Angliya Import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuboradi: Man shaxsiy biznes manfaatdan foyda ko‘ruvchi hukumat
siyosati tarafdori, oddiy merkantilist edi. Uning birinchi kitobi “Angliya va Sharqiy Hindiston o‘rtasidagi savdo haqida(ma‘ruza)” debnomlanib 1621-yilda nashr etilgan. Bu kitob Sharqiy Hindiston kompaniyasini partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2-kitobi: Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi deb nomlanib 1628-yilda tayyor bo‘lgan, biroq bu kitob uning vafotidan so‘ng o‘g‘li tomonidan 1664-yili chop etilgan.
Man o‘z kitobida Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini ta’kidlagan. U qimmatbaho metallar aksiyasiga ega davlat boyligini o‘z nazariyasiga ko‘ra rad etardi. Uning fikricha, hukumat muqobil balans, arzon xomashyo import qilishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarilgan tovarlar importini nazorat qilishga erishish uchun davlat xorijiy savdoni boshqarishi lozim edi.
1755-yildaManningmashhurkitobiso‘ngibornashretildi.Ubarcha xalqaro savdoning maqbul balansiga erishish mumkinligiga e’tibor qaratgan, Hindistonga keladigan qimmatbaho metallar eksportidan Angliya katta daromad olishi va savdoni kengaytirgan holda barcha xalqaro savdosi balansiga ham ta’sirini aytib o‘tadi.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik Jon Lo (1671–1729.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog‘oz-pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi.
U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo‘lsada, faqat ikkita asar yozgan. Birinchisi “Pul va savdo” 1705-yilda chop etilgan, ikkinchisi “Regentstvo davri moliya tarixi” uning o‘limidan sal oldin yozib tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi turdagi aksionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital to‘plash, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida aksiyalarni tarqatish bo‘yicha uning konseptual qarashlari vaamaliy faoliyati, ularning ancha rivojlangan davlatlarning xo‘jalik tajribasida keng qo‘llanilishidan 150 yil ilgari kelib chiqqan.
J.Loning asosiy iqtisodiy g‘oyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, banknotalarni chiqarish yo‘li bilan mamlakatda pulning mo‘l-ko‘lligini ta’minlashga harakat qildi;
2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo‘lishini, hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi;
3) tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha ko‘payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi;
4) davlat qo‘shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi muomaladagi pul miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan, ishlab chiqarish miqdoriga ancha katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi;
5) aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo‘li bilan kapital markazlashuvi va birlashuvi g‘oyasiga ta’sir ko‘rsatdi101.
Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm konsepsiyasi eng avvalo, proteksionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi.



Yüklə 492,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin