O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Samarqand Davlat Universiteti



Yüklə 13,59 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü13,59 Kb.
#102352
HISOBOT SETORA


O’zbekiston Respublikasi
Oliy Ta’lim Vazirligi Samarqand
Davlat Universiteti

Samarqand Davlat Universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim


fakulteti Boshlang’ich va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 412-guruh talabasi Xusanova Sitoraning Samarqand viloyati Samarqand viloyati Oqdaryo 47-umumiy o’rta ta’lim maktabida 26-sentabr 2022-yildan 28-dekabr 2022-yilgacha o’tkazilgan amaliyoti

HISOBOTI

Samarqand-2022
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 47-umumiy o’rta ta’lim maktabi 2,,A”_sinfida 26-sentabr 2022-yildan 28-dekabrgacha o’tkazilgan amaliyot natijalari
HISOBOTI
Samarqand Davlat Universitetida Pedagogika fakultetida 26-setabr kuni yig’ilish bo’ldi. So’zga dekan O‘roqov Sirojiddin, o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Nuriddinov Asliddin, yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yich dekan o’rinbosari Shodmonov Feruzlar so’zga chiqdilar. Ular talabalarga amaliyot haqida unda qanday ishlar bajarilishi, amaliyotda talabalarning vazifalari, amaliyot rahbarining vazifalari haqida tushuntirib o’tdilar. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Talabalarga amaliyot rahbari tanishtirildi. Bizga amaliyot rahbari Yunusova Bahora ustoz biriktirildi. U yerda meni ta’lim - tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Xolikulova iliq kutib oldilar. Meni maktab bilan tanishtirdilar. Birinchi navbatda maktab direktori D.Tug’izboyeva ustoz bilan, tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Xudoynazarova ustozlarning ish faoliyati bilan tanishdim. Men 2’’A”-sinfga biriktirildim. U sinfda sinf rahbari Qilechova A ustoz ekan. Men 26-sentabrdan 28-dekabrgacha shu maktabda amaliyot o’tadim. Amaliyot davrida men avval o’qituvchini dars o’tishining turli xil usullarini, bolalarni darsga qanday qilib jalb qilish kerakligini, darsda har xil ko’rgazmali qurollardan: multimedia, plakat, slayd, tarqatma materiallardan o’rinli foydalanishni o’rgandim. Amaliyotimiz boshida 26-sentabrdan 26-oktabrgacha darsni kuzatdim va tahlil qildim. 26-oktabrdan 26-noyabrda har xil tarqatma materiallar, slaydlar, multimedia yozuvlari tayyorladim. 26-noyabrdan 28-dekabrgacha o’qituvchini darsni qiziqarli qilib o’tishlariga e’tibor berdim . Dars o’tilishi jarayonida o’quvchilarni darsga qiziqtirish maqsadida har xil rag’bat kartochkalaridan foydalandim. Amaliyot davomida ish hujjatlarini yuritish o’quvchilar bilan ishlash, dars o’tish jarayonlarini o’rgandim.


47- maktabi direktori: Tug’izboyeva D
47-maktabi O’IBDO’: Xolikulova M
SamDU amaliyot rahbari: Yunusova B
Amaliyotchi: Xusanova S
Yüklə 13,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin