O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


II. “ILM YO‘LI” VARIATIV DASTURI ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI



Yüklə 282,46 Kb.
səhifə4/7
tarix26.04.2023
ölçüsü282,46 Kb.
#102843
1   2   3   4   5   6   7
“Ilm yo`li” variativ dasturi mazmuni mohiyati

II. “ILM YO‘LI” VARIATIV DASTURI ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI.
2.1. Ta`lim jarayonini tashkil qilish
Ta’lim jarayonini tashkil etish asosi sifatida shaxsiy yondashuv bola shaxsining jamoa oldida tan olinishini, unda gumanistik o‘zaro munosabatlarning hosil qilinishini asosiy deb biladi. Mana shu munosabatlarga bog‘liq holda bola o‘zini shaxs sifatida anglaydi va boshqa kishilarda (tengdoshlari va kattalarda) ham shaxs sifatida ko‘rishni o‘rganadi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yo‘llari pedagogning qadriyatli yo‘nalishlariga, ya’ni, uning xulq-atvorida ifodalanadigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga, yo‘l-yo‘riqlar, ishonch- e’tiqod, moyilliklarga nisbatan tanlama munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning mahorati uning kasbiy faoliyatini yo‘nalishini belgilab beradi. Pedagogning shaxsiy yondashuvi bolaga o‘zini shaxs sifatida anglashda hamda imkoniyatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.
Bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi. O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak; O‘qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi; Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;
Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:
Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.
Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.
Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.
Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.
Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg‘ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim. Bu axborotlar asosida pedagog rejalashtirishni amalga oshiradi va bolaning rivojlanishida olg‘a siljishga erishi uchun o‘qitish metodlarini moslashtiradi.
O‘qitish bolalar endilikda nimalarni bilishlari va uddalay olishlarigagina emas, balki ulardan yangi ko‘nikmalarni va yangicha tushunishni hosil qilish yo‘nalishida ma’lum bir urinishlarni ham talab qilishiga asoslanadigan bo‘lsa, eng samarali bo‘ladi O‘qitish maqsadlari berilgan yosh guruhidagi ko‘pchilik bolalar uchun realistik va erishiladigan bo‘lishi kerak. Bolalarga yangi hosil qilingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llashning ko‘plab imkoniyatlari taqdim etilishi lozim. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda yordam ko‘rsatish. Bolalar odatda yangi ko‘nikmalarni o‘z tashabbuslari bilan, masalan, zinapoyadagi pog‘onalarni sanash kabi, amalda qo‘llaydilar.
Yangi ko‘nikma o‘z takomiliga yetkazilishi bilan bolalarga o‘rganishni davom ettirish uchun yangi vazifalar kerak bo‘ladi. Lekin bu vazifalar ham realistik bo‘lishi zarur.
Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv. Pedagoglar joriy davrdagi olg‘a siljish darajasini belgilayotganlarida va keyingi qadamlarni rejalashtirayotganlarida dastur maqsadlarini xotirada tutadilar. Maqsadlar qanchalik realistik ekanligi darajasi individual bolaning rivojlanish darajasiga, oldingi tajribalarga, bilim va ko‘nikmalarga, shu jumladan, o‘qitish ro‘y berayotgan kontekstga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagog qabul qiladigan qarorlar
Katta yoshdagi bolalar pedagoglari har kuni bolalar qanday kitoblarni o‘qishlari, kichik guruhlarga qancha kishini kiritish kerakligi, qanaqa savollarni berish, boshqalar bilan o‘yinga kirishib keta olmayotgan bolaga qanday qilib yordam berish bo‘yicha ko‘plab qarorlarni qabul qiladilar.
Boshqa qarorlar – pedagoglar rivojlantiruvchi muhitga, materillarni joylashtirishga, kichik guruhlarda ishlash uchun bolalarni qanday qilib taqsimlashga nisbatan qabul qiladigan qarorlardir.
Barcha vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar sinchiklab ko‘rib chiqish va rejalashtirish natijasi bo‘lib sanalishi kerak.
Pedagoglar tomonidan axborotlashtirilgan qarorlarni qabul qilish – barcha kichik va muhim qarorlar axborotlashtirilgan holda, ya’ni, pedagog o‘z kuzatuvlari (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbatlashish natijasida tarbiyachilar har bir bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, qiziqishlarini bilib oladilar) asosida oladigan axborotlarga tayangan holda qabul qilinishi lozim.
Pedagog diqqat qilishi lozim bo‘lgan omillar – bolani o‘qitish bo‘yicha qaror qabul qilishda pedagogni yetaklashi lozim bo‘lgan uchta muhim omil mavjuddir:
Berilgan yosh guruhidagi bolalarning rivojlanishi va o‘qishi haqida nimalar ma’lum bo‘lsa ularni e’tiborga olish. Pedagoglarni bolalarni yosh xususiyatlarini bilishi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos holda ta’lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi, ishlarni rejalashtirish, qanday materiallar va mashg‘ulotlar xavfsiz,qiziqarli, yetarlicha murakkab bo‘lishi bolalarning yaxshi rivojlanishi hamda o‘qitilishiga yordam beradi. Bu omil yoshiga moslik deb ataladi. Har bir bolaning individual xususiyatlarini e’tiborga olish.
Har bir individual bolaning kuchli va kuchsiz tomonlari, qiziqishlari va ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash pedagoglarga o‘qitishda moslashtirilgan va individual variativ yondashuvlarni amalga oshirish hamda samarali individuallashtirish imkonini beradi.
Bolalar yashaydigan ijtimoiy va madaniy qadriyatlar haqida nima ma’lum bo‘lsa, ularni e’tiborga olish. Bolaning uyidagi va o‘z hamjamiyatidagi turmushini shakllantiradigan qadriyatlar, kutishlar, xulq- atvor va tilga doir o‘ziga xosliklarni o‘rganish pedagoglarga bolalar uchun ma’noga ega bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitini va mashg‘ulotlarni tashkil etishga imkon beradi, ularning madaniyati bilan taqqoslanadi va bolalarga hamda ularning oilalariga hurmat namoyish etiladi.
Rivojlantiruvchi yondashuv – bolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
o‘yin jarayonida atrof muhit haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirib, faol ta’lim oladi;
rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi;
hissiy va kognitiv(aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
Har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.
Individuallashuv – o‘ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo‘lsa, har bir bola shu darajada mo‘ljaldagi ta’lim natijalariga erishishining ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi, muayyan fan bilan bog‘liq muammolar kamayadi, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar oshadi.
Individuallashtirish ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab - ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o‘ziga nisbatan hurmati oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo‘ladi.
Pedagog o‘zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishi, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda, material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchli va zaif jihatlari hamda qiziqishlarini o‘rganadi. Pedagogik strategiya – bu bolalarning qo‘yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan uslublar yig‘indisi. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta’lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e’tiborga olish tashkil etadi.
Bu faollikning har-xil turlari bilan to‘ldirilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish bo‘lib, u funksionallik, bolalar uchun qo‘llanmalar va materiallarning ommabopligi, ko‘p bo‘g‘inlilik (turlicha rivojlanish darajasiga ega bolalarning o‘z-o‘zini yuzaga chiqarishlarini ta’minlaydi) va ko‘p funksionallilik (bolalarning har xil faoliyat turlariga jalb etilishini ta’minlaydi) bilan ajralib turadigan rivojlantiruvchi muhitning ratsional tashkil etilishini talab qiladi. Bu ayniqsa, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning mazmunli mustaqil faoliyati uchun o‘ta muhimdir.
Guruh xonasida bolalarning o‘z qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat uchun maydoncha ajratiladi. Bu syujetli o‘yin, tajriba va sinovlarni o‘tkazish, stol ustidagi va didaktik o‘yinlar, konstruksiyalarni yasash, qo‘l mehnati va badiiy faoliyat uchun ajratilgan past stellajlar, shkafchalar, shuningdek, kitoblar va albomlarni bemalol tomosha qilish, o‘qish mumkin bo‘ladigan kitoblar burchagi bo‘lishi mumkin.
Guruh xonasining jihozlanishi o‘z ichiga bolalarning ko‘z bilan yaxshi ko‘ra oladigan, yaqin kelib, ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladigan balandlikda osilgan yarim sharlar xaritasini, O‘zbekiston xaritasini, globuslarni, harakatlanadigan ikki tomonlama yozuv taxtasini olishi lozim bo‘lib, ulardan rasm chizish, yozish uchun mashg‘ulotlarda hamda sxemalarni, illyustrativ materiallarni va shu kabilarni namoyish qilish uchun stend sifatida foydalanish mumkin. Yozuv taxtasidan barcha bolalar har doim foydalana oladigan bo‘lishi kerak.
Guruhlar xonalaridagi stenlarda va foyeda bolalarning ishlari ekspozitsiyalarini, shuningdek, ular mashg‘ulotlarda katta yoshlilar bilan birgalikda tayyorlagan jadvallar, pannolar va shu kabilarni joylashtirish imkoniyatini ko‘zda tutmoq kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotchi hududidagi guruhlardagi holat shunday yaratiladiki, bunga ko‘ra u bolaning tanlovni mustaqil amalga oshirishi imkonini berishi lozim. Har bir guruhning xonasi bi nechta markazlarga ajratilishi mumkin bo‘lib, ularning har birida o‘rganish va o‘ynash, tajriba va sinov o‘tkazish, boshqa bolalar va kattalar bilan o‘zaro harakat qilish uchun yetarlicha miqdordagi materiallar mavjud bo‘ladi. Har xil guruhlarda markazlardagi to‘plamlar bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan ular almashtirilishi, bir markaz boshqasiga transformatsiyalanishi mumkindir. Masalan, syujetli- rolli markazi bir vaqtning o‘zida tasviriy faoliyat markazi bo‘lishi, boshqa vaqtda esa kitoblarni tomosha qilish va o‘qish markazi bo‘lishi mumkin. Lekin kitoblarni toza havoda ham o‘qish mumkin, shuning uchun maktabgacha ta’lim markazi hududini ham rivojlantiruvchi muhitning muhim tarkibiy qismi sifatida olib qarash kerak bo‘ladi. Maktabga tayyorlash bo‘yicha guruhlarda 5 tadan kam bo‘lmagan turli xil faoliyat markazlarini ko‘zda tutish tavsiya qilinadi Mahalliy xudud (mahalla)ning resurslarini ham yoddan chiqarmaslik lozim, shuning uchun pedagog bolalar bilan muzey, park, fermaga, tomorqaga sayohatlarni tashkil etishi, mehmonga chaqirishni rejalashtirishi lozim bo‘ladi.
Dastur rivojlantiruvchi muhit deganda nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalarini, balki unga yondosh hududlarning, shuningdek, mahalliy xudud (mahalla)ning resurslarining ham tushunilishini taklif qiladi.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'lim – tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart- sharoitlarini o'rganish. 8.O'qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish. 9.Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
-shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g'oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiyjihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
Falsafa
-ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, o'quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
Iqtisod
Sotsialogiya
-ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo'lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
-shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o'rin tutuvchi nazariy g'oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o'rin tutadi.
Etika
-shaxs tomonidan go'zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo'nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Estetika
-o'quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang'ich asoslarni beradi.
Fiziologiya
-pedagogika fani taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g'oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo'naltiriladi.
- shaxsda ma'naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy- irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.



Yüklə 282,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin