O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat unversiteti



Yüklə 14,81 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü14,81 Kb.
#201867
Gulira\'no

O’zbekiston Respublikasi OLIY Ta’lim ,fan va innovatsiyalar vazirligi

BUXORO DAVLAT unversiteti

TARIX va yuridik fakulteti

5-1 iji-21 guruh talabasi

Rustamova Gulira’noning

Tayyorlagan taqdimoti

MAVZU:Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi REJA: 1.BUJETDAN tashqari pensiya jamg’armasidan to’lanadigan nafaqalar. 2.Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya bo’yicha davlat bujetidan to’lanadigan nafafaqalar.


Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi bilan fuqarolarni ijtimoiy ta'minlash, pensiya ta'minotini amalga oshirish shakllaridan biri bo‘lib, davlat tomonidan moddiy ta’minlanib kelingan shaxsni vafot etishi munosabati bilan uning qaramog'ida bo’lganlarga qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda, shartlarda va miqdorlarda ular voyaga yetgunlariga qadar, mehnat qilish qobiliyatlari qayta tiklangunicha yoki bo'lmasa tegishli hollarda butun umrga davlat ijtimoiy ta'minot mablag'lari hisobidan tayin etiladigan, qaytarib olinmaydigan, haq olinmaydigan, muntazam ravishda to‘lab boriladigan pul to‘lovlaridan iborat. 1)ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar, ishda olingan jarohatlar yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida vafot etgan shaxslaming qaramog‘idagilarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi; 2) ishlab chiqarishdagi sabablarga ko‘ra vafot etgan shaxslarga tenglashtirilgan holatlarda (urush harakatlari, harbiy burchni bajarish, fuqarolik burchini bajarish paytlarida va hokazo) vafot etganlaming oila a'zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari; 3) umumiy kasallikdan (turmushdagi jarohatlarning oqibatida) vafot etgan shaxslaming oila a'zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi kabilar o'zaro farqlanadi.
4) yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki ikki holat tufayli vafot etgan marhumlarning qaramog'ida bo‘lib kelgan mehnatga yaroqsiz oila a'zolariga marhum mehnat staji miqdoridan qat’i nazar pensiya tayinlanaveradi. Uchinchi sababga ko‘ra, ya'ni umumiy kasallik (turmushdagi jarohatlanish) tufayli vafot etgan marhumlarning oila a'zolariga esa marhum boquvchi shaxs vafot etgan paytdagi yoshiga mos keluvchi muayyan hajmdagi mehnat stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa to‘liq miqdorda, belgilanganidan kam ish stajiga ega bo‘lsa — to'liq bo’lmagan miqdorda boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tayinlanadi. Masalan, „Shinam“ mebel korxonasining muhandisi A. Obidov umumiy kasallik tufayli 35 yoshida vafot etdi. Uning mavjud mehnat staji 10 yilni tashkil etdi. „Fuqarolaming davlat pensiya ta'm inoti to‘g‘risida“gi qonunning 17-moddasida 30 yoshgacha bo’lmagan shaxslardan 7 yillik mehnat staji talab qilinishi belgilangan. Demak, marhum A. Obidovning oila a’zolariga to'liq miqdordagi boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tayinlanishi mumkin. Boshqa bir misol, Agrar kasb-hunar kollejining buxgalteri A. Muhammadjonov 54 yoshida uyida ta'mirlash ishlarini bajarish paytida yuz bergan baxtsiz hodisa (tomning o‘pirilib tushishi) tufayli vafot etdi. A. Muhammadjonovning mehnat staji 10 yildan iboratligi ma'lum bo‘ldi. Ya’ni A. Muhammadjonov talab qilinadigan 17 yillik mehnat stajiga ega emas. Demak, uning qaramog‘idagi mehnatga yaroqsiz oila a'zolariga to‘liqsiz pensiya tayinlanishi lozim.
Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida“gi qonunning 21-moddasiga muvofiq: — mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek, marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat'i nazar tayinlanadi. Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo’lgan (17- modda) bo’lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog’liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi. Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, boquvchi O’zbekiston Respublikasida ishlamagan bo’lmasa, pensiyalar quyidagi hollarda, ya’ni: a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga — boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo’lmgan (17-modda) bo’lmasa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa boquvchining ish stajidan qat'i nazar tayinlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu pensiya turini olishga haqli bolgan shaxslar doirasining to’g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega, chunki uning noto‘g‘ri belgilanishi fuqarolarming asossiz ravishda pensiya olishlariga yoki bo’lmasa pensiya olishga haqli bo'lgan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarining g‘ayriqonuniy tarzda cheklab qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasiga kirish uchun quyidagi talablar qo'yiladi: a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to’lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to’lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralaming mehnatga qobiliyatli ota-onalari bo‘lmasa; b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar; d) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat'i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka, opasingil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta'tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; e) buva va buvi — agar qonunga muvoflq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo’lmasa.
O’quvchilar 18 yoshga to’lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. O’gay o ‘g‘il-qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo’lmasalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O’gay ota-ona, agar vafot etgan o'gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo'lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqi vafot etgan shaxslar bilan bir qatorda belgilangan tartibda bedarak ketgan yoki o‘lgan deb e'lon qilingan shaxslaming1 oila a'zolarida ham paydo bo‘ladi. Marhum boquvchi bilan qarindoshlik aloqalari O’zbekiston Respublikasi „Oila kodeksi“ qoidalari bilan belgilanadi. Jumladan, ushbu kodeksning 57-moddasiga muvofiq: Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o ‘rtasidagi to ‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi. Bolalar ota-onasiga nisbatan to ‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.
To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir. lkki shaxs o'rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi. Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo'yicha ular uchun umumiy bo’lmgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa avlodlar tomon ulardan boshqasiga qarab olib boriladi. Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning uchinchi, tog'avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa to‘rtinchi darajasida turadilar. „Oila kodeksining“ 58-moddasiga ko‘ra esa aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo‘lishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan bo‘lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa bo‘lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug‘ishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar o‘gay hisoblanadi. Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan bo‘lgan bolalari o‘zaro qarindosh hisoblanmaydi. Er (xotin) va uning yaqin qarindoshlari bilan xotin (er) qarindoshlarining bir-biriga nisbatan munosabatlari o ‘zaro huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari „Oila kodeksi“ning 60-moddasida belgilab qo'yilgan va bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug'ilmagan hollarda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi. Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganiigi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tug'ilgan bola hisoblanadi. Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug'ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola awalgi nikohdan tug'ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega ekanliklari belgilangan. ota-ona rasmiy qayd etilm agan nikoh m unosabatlarida (fuqarolik nikohida) bo‘lganlari holda tug'ilgan farzandlarning nasl-nasabi (onasi ham, otasi ham, er-xotinning ixtiyoriy tarzda birgalikda bergan arizasiga ko‘ra, bunday ariza mavjud bo‘lmagan va otalikni ixtiyoriy tan olishdan bo‘yin tovlanayotgan hollarda otalik belgilangan tartibda sud yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Marhum boquvchi fuqaroning qaramog'ida bo‘lganlik tushunchasi ta’rifi „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida“gi qonunning 20-moddasida bayon etib berilgan. Ushbu moddada ko‘rsatilishicha, qonunda nazarda tutib qo‘yilgan oila a'zolari (yuqoridagi qonunning 19-moddasi) agar ular marhumning to’liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo’lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag'ining manbayi hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a'zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbayi hisoblangan bo‘lsa, boquvchisini yo'qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanishini so‘rab murojaat qilayotgan va hech qanday daromadga ega bo‘lmagan oila a’zolarini (yosh bolalar, pensiya olmaydigan nogironlar va boshqalar) marhum boquvchi shaxs qaramog‘ida bo‘lib kelganligi faktini aniqlash hollari qiyinchilik tug'dirmaydi va osonlikcha hal etilishi mumkin. Biroq marhum boquvchi hayotlik paytida bir oila bo‘lib yashagan, umumiy daromadga ega bo’lmagan bo‘lsada, ammo mustaqil ish haqi (pensiya, nafaqa) yoki boshqa daromadga ega bo‘lgan shaxslarning marhum qaramog‘ida bo‘lib kelganligini aniqlash muayyan murakkabliklar tug'diradi. Bunda marhumning ish haqi, stipendiya yoki pensiya oluvchi oila a'zolari uning qaramog‘ida turgan-turmaganligi masalasini hal qilishda ko‘rsatiladigan moddiy yordam doimiy xarakterga va boshqa daromadlarga qaraganda qanday hajmda ekanligini aniqlash lozim bo‘ladi.
Oila a’zosining ish haqi, stipendiya yoki pensiya olishi uni oilaning qaramog‘ida deb tan olishga monelik qilmasligi kerak, buning uchun sanab o ‘tilgan oila a'zolarining daromadi emas, vafot etgan shaxsning yordami yashash uchun asosiy va doimiy mablag’ manbayi bo‘lishi kerak. Bolalar ota-onalarining ish haqlari miqdori qancha bo‘lishidan qat'i nazar har ikkalasining qaramog‘ida deb hisoblanadilar. Uy xo‘jaliklari bilan shug‘ullanuvchi ishlamaydigan onalarning bolalari uning qaramog‘ida deb tan olinadi. Ota o’lgandan keyin tug‘ilgan yoki tug‘ish paytida onasi o‘lgan bola qaramog'da deb hisoblanadi. Marhum boquvchining qaramog‘ida bo‘lganlik masalasida nizo kelib chiqqani taqdirda ushbu masala qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud yo'li bilan ko‘rib, hal etiladi. Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya yolg‘iz qolgan er (xotin) yangi nikohdan o'tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

E’tiboringiz uchun Rahmat


Yüklə 14,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin