O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY T’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjayev _______________________________ “____”_____________2023-yil Stajyor-tadqiqotchi (PhD) XAMRAKULOVA KUMUSH XAMDAMJONOVNA
13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha NAZARIY-METODOLOGIK KURSNING o‘quv rejasi – dasturi Mavzu: “TURKIYA RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI”
KIRISH "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi" kursi kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning tarkibiy qismlari, pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning mohiyati, didaktika (ta’lim nazariyasi, ta’lim jarayoni qonuniyallari va tamoyiliari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish shakllari, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari tarbiya turlari mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va vositalari, ta’lim muassasalarini boshqarish, korreksion pedagogika asoslarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Tadqiqot dasturi – tadqiqotning nazariy-metodologik jihatlari, uning asosiy maqsadi va tadqiqotlar bilan tavsiflanishi, shuningdek ularni tekshirish uchun mantiqiy ketma-ketlikdagi jarayonlardan iborat.
Tadqiqot dasturi ilmiy tadqiqot asosiy natijalarining tavsifidan iborat bo‘ladi.
Tadqiqot dasturi ikkita asosiy qismdan iborat: