68
madaniyatshunOslik asOslaRi
iqtisodiyotini qurish g‘oyasiga putur etkazadi»
1
.
— tarbiyaviy funksiya. Bu funksiyaning ahamiyati shundaki, iqtisodiy
madaniyatni egallash, uni e’tiqodga aylantirish inson faoliyatining muhim
omili hisoblanadi. Bilimlarning e’tiqodga aylanishidagi bosh harakatlantiruvchi
kuch — bu ehtiyojlar va manfaatlar bo‘lib, ular «kishilarning yashashi, mehnat
qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi uchun iste’mol etilishi zarur
mahsulotlar va xizmatlar majmui»ni ifodalaydi
1
.
Iqtisodiy e’tiqod kishilarning iqtisodiy faoliyatga nisbatan bo‘lgan
munosabatini bildiradi. Bilimlar insonlar tomonidan aql-idrok va yurakdan
o‘zlashtirilgan taqdirda e’tiqodga aylanadi. Iqtisodiy madaniyat bu jarayonda
katta ahamiyat kasb etadi.
— amaliy funksiya. Buni, odatda, ishlab chiqarish funksiyasi deb ham
yuritiladi. Iqtisodiy madaniyat ma’naviy va amaliy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga
ega bo‘lib, u kishining xatti-harakatlariga, xulqiga chuqur ta’sir o‘tkazadi,
insonning ijtimoiy faolligini oshiradi, to‘g‘rirog‘i, mehnatga, jamoa bilan
munosabatni uyg‘unlashtirishga, moddiy manfaatdorlikni har tomonlama
asoslashga da’vat etadi. Iqtisodiy madaniyat konkret tashkiliy malaka va
qobiliyatlarni o‘stiradi, xo‘jalik yuritishda hamma vaqt omilkorlikni, uning
barcha zahiralarini ishga solish qobiliyatlarini oshiradi.
Prezidentimiz I. A. Karimov davlat qurilishi va iqtisodiy rivojlanish ning
ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan uyg‘un bo‘lishi haqidagi konsepsiyani
ilgari surar ekan, bunda iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirish muhim omil
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: