O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
urf-odatlar, an’analar, ko‘nikmalarni namoyon etadilar va h. k. Bularning 
barchasida ikki jihat — obyektiv va sub’ektiv tomonlar o‘zaro bog‘langan 
bo‘lib, ular bir-biriga o‘tib turadi. Chunonchi, bu jarayonda insonning o‘zi 
sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatsa, jamiyat va boshqa kishilar uning axloqiy 
faoliyatining obyekti bo‘lishi mumkin. Biroq har bir inson ayni vaqtda boshqa 
odamlar, jamiyat axloqiy faoliyatining obyekti hamdir.
Axloqiy madaniyat tarkibidagi axloqiy faoliyatda inson yoki jamiyatning 
axloqiy ongi, axloqiy munosabatlari amaliy jihatdan yaxlit namoyon bo‘ladi, 
axloqiy talablar, yuksak fazilatlar gumanistik mohiyat kasb etadi. Axloqiy 
faoliyat tarkiban quyidagilardan iboratdir: axloqiy bilimlarni egallash; axloqiy 
tuyg‘ularni shakllantirish; o‘z-o‘ziga axloqiy talabchanlik; muayyan mehnat 
turlari bilan mashg‘ul bo‘lish; axloqiy tarbiyalanganlik va h. k.
Axloqiy madaniyat tarkiban yuqoridagi uch jihat (axloqiy ong, munosabat, 
faoliyat)ni o‘z ichiga oladi va, ayni paytda, axloqning real ko‘rsatkichi, 
axloqiylikning amaldagi me’yori sifatida yuzaga chiqadi. U nafaqat axloqiy 
tasavvur va me’yorlarning butun tizimini, balki jamiyat axloqiy tajribasining 
kishilar tomonidan faqat o‘zlashtirilgan qismini, axloqiy bilimlarning amaliyot 
bilan reallashgan ko‘lamini o‘z ichiga oladi.
Abdulla Avloniyning yozishicha, axloqiy madaniyatning rang-barang 
kategoriyalari mavjud. Binobarin, axloqiy madaniyat shunday ilmki, u kishilarni 
yaxshilikka undab, yomonlikdan qaytishga da’vat etadi, deydi u. «Yaxshi 
xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila 
bayon qiladigan kitobni axloq deyilur»
1
.
Anglashiladiki, axloqiy madaniyat tushunchasining negizida axloq turadi. 
Ma’naviy faoliyatning o‘ziga xos mahsuli bo‘lgan axloq yaxshilik va yomonlik, 
burch va adolatparvarlik kabi tushunchalar orqali amal qiladi. Bularga 
suyanadigan axloqiy baho kishilarning xulqi va ular o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solib turadigan axloqiy qoidalar va me’yorlarda ifodalanadi. Axloq, bir 
tomondan, axloqiy me’yorlar tizimidagi muayyan g‘oyalar, qarashlar, tamoyillar, 
ikkinchi tomondan, kishilarning axloqiy fazilatlari, hissiyotlari va odatlaridir.
Shuni ta’kidlash kerakki, axloqning tarkibiy qismini tashkil etadigan qarashlar 
va tamoyillar, me’yorlar va qoidalar hamda axloqiy fazilatlar mohiyatan o‘zida 
konkret tarixiy mazmun va muayyan ijtimoiy ma’noni ifodalaydi. Bu mazmun, 
yuqorida aytilganidek, kishilar o‘rtasida obyektiv tarzda amal qilinadigan 
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli alohida olingan u yoki bu 
jamiyatning axloqiy tamoyillari to‘g‘risida fikr yuritganda, ayni paytda, sotsial 
guruhlarning axloqiy talab va me’yorlari nazarda tutiladi.
Axloqiy madaniyat inson xulqining konkret shakli sifatidagina mavjud 
bo‘ladi. U, yuqorida ko‘rsatganimizdek, faqat kishilarning axloqiy ongidan 


72
madaniyatshunOslik asOslaRi
iborat bo‘lmay, aynan ularning xulqi orqali reallashadi. Shunga ko‘ra, inson 
xulqining axloqiy madaniyati degan tushuncha mavjud. Insonning axloqiy 
xulq madaniyati u yoki bu axloqiy tamoyillar va talablardan emas, balki shu 
bilan birga, uning o‘zi tomonidan o‘zlashtirilgan axloqiy qarash va tasavvurlar, 
tuyg‘u va odatlarning yig‘indisidan iboratdir. Shunga ko‘ra, shaxsning axloqiy 
fazilatlariga o‘zi aytgan so‘zlariga qarab emas, balki qilayotgan ishlaridan kelib 
chiqib baho berish to‘g‘riroqdir.
Demak, axloqiy madaniyatni xulqning tashqi jihatlariga qarab belgilash 
unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Tashqi tomondan juda ham xushmuomala bo‘lib 
ko‘rinish ortida qandaydir g‘arazli manfaatlar yotishi sir emas. Binobarin, 
insonning axloqiy madaniyati ichki mazmun bilan uning tashqi ifodalanishi 
o‘rtasidagi uyg‘unlikni taqozo etadi.
Axloqiy madaniyatning o‘ziga xosligi uning vorisiylik qonuniyatlarida ko‘zga 
tashlanadi. Buning ma’nosi shuki, yangi avlod o‘zidan oldin yuzaga kelgan 
axloqiy qadriyatlardan ijodiy foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ma’lumki, ilk 
axloqiy tasavvurlar zardu‘shtiylikning muqaddas kitobi — «Avesto» da, turkiy 
xalqlarning qadimgi bitiklarida, yozma va og‘zaki adabiyotning rang-barang 
asarlarida, xususan, pandnoma, odobnoma kabilarda, buyuk allomalarning 
falsafiy merosida alohida o‘rin olgan.
Jamiyatning axloqiy madaniyati mazmunan shaxs axloqiy madaniyatidan 
farq qiladi. Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar va yo‘nalishlar 
tizimini yaxlit va keng qamrovda ifodalaydi, shaxs axloqiy madaniyatida esa 
ana shu tizimning muhim jihatlari individual o‘ziga xoslik bilan aks etadi.
Axloqiy madaniyatning bu ikki darajasi o‘zaro bog‘langandir. Jamiyat 
axloqiy madaniyatining taraqqiyot darajasi ko‘p jihatdan shaxs axloqiy 
madaniyati barkamolligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa tomondan, jamiyatning 
axloqiy madaniyati nechog‘lik darajada boy bo‘lsa, shaxs axloqiy madaniyati 
rivojlanishi uchun shunchalik qulay imkoniyat yuzaga keladi.
endi shaxs axloqiy madaniyatining ba’zi tomonlari bilan tanishib 
chiqaylik:
Shaxsning axloqiy madaniyati quyidagilarning tarkibiy birligidan tashkil 
topadi:
— uning jamiyat axloqiy qadriyatlarini o‘zlashtirish va boyitish darajasi
— insonning shaxsiy axloqiy intilishlari bilan ijtimoiy axloqiy talablar 
sohasidagi uyg‘unlik. Bu narsa jamiyatdagi ustuvor axloqiy tamoyillar va 
me’yorlarga muvofiq ravishda shaxs axloqiy fazilatlarini shakllantiradi.
1
Qaralsin: A. O‘lmasov, M. Sharifxo‘jayev. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: O‘qituvchi, 1995, 
84-b.


73

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin