Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
singari estetik madaniyatning ham ahamiyati ortib bor moqda.
Birinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ijtimoiy hayotning
barcha jabhalarida kishilarning ijtimoiy va shaxsiy fazilatlari, ularning
ongliligi, ijodiy faoliyatining erkin namoyon bo‘lishi uchun real imkoniyatlar
yaratilmoqda.
Ikkinchidan, shaxsiy manfaatlarning o‘ziga xos o‘rin tutishi negizida
kishilarning ijodkorlik faoliyatida samaradorlik ortmoqda, ishlab chiqarishni
tashkil etishda shaxsiy tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik fazilatlari
keng namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining yanada taraqqiy etishi,
jamiyatni boshqarishda demokratik qadriyatlarning ustuvor o‘rin tutishi,
kishilar faoliyatining sifat jihatidan takomillashuvi estetik madaniyat rivoj
topishiga olib kelmoqda.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish sohasida xorijiy firmalar bilan qo‘shma
korxonalarning tashkil etilishi, jahon ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti
yutuqlarining O‘zbekistonga kirib kelishi, ishlab chiqarishni yangi (elektronika,
mikroelektronika, hisoblash mashinalari, kompyuterlar, qulay avtomatlashtirish
tizimi va boshqalar) texnika bilan qurollantirish ishlab chiqaruvchilarda sotsial-
psixologik, professional, axloqiy-estetik sifat va fazilatlarni tarkib toptirishni
taqozo etadi. Jahon bozoriga mahsulot olib chiqish, o‘ziga mos va o‘ziga xos
o‘rin egallashning mezonlaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarish sohasida sifat
mukammalligi va estetik barqarorlikka erishish hisoblanadi. Bunday ijtimoiy
vazifani hal etishda estetik madaniyatning roli kattadir.
F A N
Ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli bo‘lgan fan insonning mohiyatli
kuchlarini o‘zida ifoda etib, madaniyat hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. Fan
madaniyat hodisasi deyilganda, birinchi navbatda, uning bilimlarni ishlab
chiqish shakli ekanligi nazarda tutiladi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, har
qanday tasavvur va bilimlar singari fan ham ijtimoiy amaliyot, ijtimoiy ehtiyoj
tufayli yuzaga kelgan.
Amaliyot tufayli tug‘ilgan bilimlar dastavval ayrim hodisalarni qayd qilish,
ularning tashqi jihatlarini tavsiflash bilan chegaralanadigan kundalik, oddiy,
ilmiy bo‘lmagan tasavvurlar tarzida namoyon bo‘ladi.
Fan esa narsa-hodisalarni vujudga keltirgan sabablarning mohiyatini
ochishga, ular o‘rtasidagi ichki aloqalarni aniqlashga qaratiladi. Tabiiyki, narsa-
hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar o‘ta rang-barang shakllarda yuz
berib, ular muvaqqat, favqulodda, nomuhim bo‘lishlari mumkin, ilmiy bilish
esa ulardan eng muhimlarini, barqarorlarini, mohiyatni ifodalaydiganlarini
80
madaniyatshunOslik asOslaRi
ajratib oladi. Aloqa va munosabatlarning bunday toifasi odatda qonun nomi
bilan yuritiladi.
Fan voqealar tizimini belgilaydigan obyektiv qonunlarni, juda uzoq va yaqin
o‘tmishdagi voqea-hodisalar mohiyatini tushuntirib, ularning ilmiy manzarasini
tiklaydi. Fan voqelikning obyektiv qonunlarini kashf etib, fan kishilarning
bugungi kun haqidagi bilimlarini kengaytirish bilan birga, tabiat va jamiyatda
kechadigan jarayonlarni nafaqat tushuntiradi, balki aql «nazorati»dan o‘tkazadi.
Nihoyat, fan obyektiv qonunlarni bilish asosida voqelikning juda rang-barang
sohalari va, umuman, ertangi kun haqida bashorat ham qilishi mumkin.
Shunday qilib, fan tadqiqot bilan uzviy bog‘langan ijodiy faoliyat bo‘lib,
buning natijasida tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilinadi.
Binobarin, fan yangi bilimlar hosil qilishning sub’ektlari, obyektlari, barcha
sharoitlari va jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
— olimlar, ularning bilimlari va qobiliyatlari, malakasi va tajribasi;
— ilmiy, aqliy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi;
— ilmiy muassasalar, eksperimental va laboratoriya uskunalari;
— tadqiqotning ilmiy uslublari, tushunchalari va ilmiy informatsiya
tizimi;
— ilmiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan bilimlarning butun ko‘lami
va yig‘indisi va h. k.
Tarixiy taraqqiyot shundan dalolat beradiki, fan ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib
chiqishi hamda, olamni bilish inson faoliyatining alohida turiga aylanishi
mahsulidir.
Fanning paydo bo‘lishini ta’minlagan zaruriy shart-sharoitlar dastavval
Qadimgi Sharq mamlakatlari — Misr, Vaviloniya, hindiston, Xitoy, Markaziy
Osiyoda yuzaga kelganligi tarixdan ma’lum. Bu yerda dastavval tabiat va jamiyat
to‘g‘risida shakllangan tasavvurlardan umumiy xulosalar chiqarishga ehtiyoj
tug‘ilgan, oqibatda matematika, astronomiya, mantiq, axloqshunoslikning ilk
namunalari paydo bo‘lgan. Sharqda erishilgan bunday yutuqlar eramizdandan
oldingi IV asrdan boshlab qadimgi Yunonistonda yanada boyitiladi, tizimga
solinadi, ijodiy rivojlantiriladi.
Qadim zamonlardan boshlab fanning asosiy funksiyasi olamni tushuntirishga
yo‘naltirilgandir. Olamni bilish bilan shug‘ullanish negizida insonning dunyoni
idrok etish doirasi kengayib, o‘zini tabiatning bir bo‘lagi sifatida tushunish
haqidagi tasavvurlari ham chuqurlashadi. Fan taraqqiyotining dastlabki
davrlariga xos bunday mushohadakorlik holatlari keyinchalik yirik ishlab
chiqarish sohasining keng yo‘lga qo‘yilishi, industrial rivojlanish miqyoslarining
o‘sib borishi oqibatida cheklana boradi, endi fan inson va jamiyatning ishlab
chiqarish faoliyatini shunchaki ilmiy qayd etuvchi emas, balki uni harakatga
keltiruvchi va taraqqiyotini belgilovchi omillardan biriga aylanadi. Bu jarayonda
|