O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
topib bormoqda. Mustaqillik kuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
kuni, Navro‘z bayrami, qardosh respublikalar kunlarining nishonlanishi nafaqat 
madaniy, balki siyosiy an’ana tusiga ham kirib bormoqda.
I. A. Karimov respublika Oliy Majlisi VI sessiyasida so‘zlagan nutqida 
aholining siyosiy madaniyati talablar darajasida emasligi, barpo etilgan siyosiy 
institutlar faoliyatining mazmuni, maqsadi-muddaosi xalqi mizning milliy 
xususiyatlari va tafakkur tarziga mos bo‘lishini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. 
Darhaqiqat, siyosiy madaniyatning muhim tuzilmaviy elementi sifatida siyosiy 
institutlar muhim rol o‘ynaydi. Binobarin, «jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohasida 
demokratik institutla rni shakllantirish siyosiy tizimni isloh qilishga va ijtimoiy 
hayotni demokratiyalash jarayonlariga jo‘shqinlik baxsh etishga qaratilgandir»
1

Siyosiy institutni madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish shuni 
ko‘rsatadiki, ular, bir tomondan, nafaqat iqtisodiy, balki madaniy omillar 
bilan bog‘langan, ikkinchidan, ular siyosiy madaniyat hodisasi bo‘lganligidan 
madaniyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarimizni yanada boyitishga xizmat 
qiladi.
eng muhim tashkiliy tuzilmalardan biri davlat sanaladi. Davlat siyosiy ishlab 
chiqarishning mahsuli sifatida o‘ziga xos madaniy vazifani bajaradi. Madaniy 
davlatning mohiyati uning iqtisodiyot sohasida olib borayotgan ustuvor 
siyosati bilan belgilanadi. Madaniy davlat o‘z hayotini hozirgi davrda eng ilg‘or 
davlatlar erishgan iqtisodiy madaniyat darajasida tashkil qiladi. Shuningdek, 
madaniy davlat jamiyatda yuz beradigan har qanday o‘zgarishning qonunga 
asoslanishini taqozo etadi. Bu siyosiy madaniyat mohiyatini ifodalaydigan 
muhim belgilarni bildiradi.
Jamiyatning siyosiy madaniyat darajasi siyosiy faoliyat usullariga ham 
bog‘liqdir, chunki siyosiy ong, siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar faoliyat 
tufayli madaniy yo‘nalish oladi, mustahkamlanadi, inson va jamiyat hayotini 
madaniylashtiradi. Siyosiy faoliyat usullari asosida siyosiy jarayondagi 
munosabatlar amalga oshiriladi.
Siyosiy faoliyat shakllariga, avvalambor, tashkilotchilik, g‘oyaviy-nazariy, 
g‘oyaviy-tarbiyaviy sohalarni kiritish mumkin. Tashkilotchilik faoliyati rejalar 
va qarorlarni ishlab chiqish shakllarini, ya’ni ijroni tekshirish; kadrlarni tanlash 
va o‘z o‘rniga qo‘yish, tarbiyalash; siyosiy tuzilmalar ustidan rahbarlik kabilarni 
o‘z ichiga oladi.
G‘oyaviy-nazariy faoliyat siyosiy mafkurani yaratishda ishtirok etish
g‘oyaviy-tarbiyaviy faoliyat, targ‘ibot va tashviqot, madaniy-tarbiyaviy ishlarda 
qatnashish kabilardan iborat bo‘ladi.
Siyosiy madaniyatning mavjudligi shaklan jamiyatning siyosiy-madaniy 
boyligi (fondi) va amaldagi siyosiy madaniyatidan iboratdir. Jamiyatning siyosiy-


62
madaniyatshunOslik asOslaRi
madaniy boyligi deyilganda davlatni boshqarishning tarixiy tajribasi, siyosiy 
faoliyat vositalari, usullari, siyosiy bilimlarning zahirasi tushuniladi. Amaldagi 
siyosiy madaniyat esa jamiyat, sinf, shaxs siyosiy hayotida gavdalanadigan real 
madaniyatdir. Amaldagi siyosiy madaniyat amaliyot bilan bog‘langan bo‘lib, 
jamiyatning siyosiy-madaniy boyligini yanada rivojlantirishga, boyitishga, 
yangi tajribalarni umumlashtirishga asos bo‘ladi.
Jamiyat siyosiy madaniyatida ijtimoiy guruhlar bilan shaxslarning siyosiy 
madaniyati o‘zaro bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Jamiyat siyosiy 
madaniyati ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos siyosiy va ijtimoiy-
psixologik qadriyatlar, siyosiy tuzilmalar, siyosiy faoliyat usullari kabilarning 
yig‘indisidir. Shaxsning siyosiy madaniyati — bu individ tomonidan jamiyatning 
siyosiy, mafkuraviy va sotsial-psixologik qadriyatlarini o‘zlashtirish, egallash 
va amalga oshirish tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatida ikki xil daraja, ya’ni, 
birinchidan, siyosiy madaniyatni bilish, ikkinchidan, uni amaliy faoliyatda 
qo‘llash darajasi uzviy aloqada bo‘ladi. Siyosiy madaniyat har ikkala darajaning 
yaxlit birligidan tarkib topadi.
Siyosiy madaniyat taraqqiyoti huquqiy munosabatlar bilan, demakki, 
huquqiy madaniyat bilan uzviy bog‘langandir. har qanday jamiyatning huquqiy 
tizimi negizini Konstitutsiya tashkil etadi. Konstitutsiya siyosiy hayot subyektlari 
o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish bilan chegaralanmaydi, balki shu bilan 
birga, siyosiy munosabatlarning yanada takomillashuvi uchun huquqiy shart-
sharoitlar yaratadi. Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishning besh tamoyillaridan biri — turmushimiz ning 
barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat, deb belgilangan. 
huquqiy davlatni barpo etish, avvalambor, siyosiy-huquqiy madaniyatni tarkib 
toptirish, rivojlantirish va amalga oshirishdan iboratdir. Darhaqiqat, huquqiy 
madaniyatning darajasi yolg‘iz qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan 
shunchaki xabardor bo‘lish emas, binobarin, huquqiy madaniyat «qonunlarga 
amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir»

.
Demak, huquqiy madaniyat, bir tomondan, huquqiy ong, ikkinchi 
tomondan, huquqiy munosabatlar va, nihoyat, huquqiy faollikning yaxlit 
birlikda namoyon bo‘lishini ifodalaydigan ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Shunday qilib, milliy mustaqillikka erishgan mamlakatimizda siyosiy 
madaniyatni tarkib toptirish istiqlol bergan buyuk ne’matlarning mohiyatini 
tushunishga, qadrlashga va himoya qilishga da’vat etilgandir. Jamiyatimiz 
siyosiy madaniyatining oliy maqsadi va tarixiy vazifasi kishilarimizning siyosiy 
madaniyati, ongini shakllantirish, faol siyosiy pozitsiyaga ega bo‘lishini ta’minlash, 
istiqlol yo‘lidan borayotgan davlatimizning kuch-qudratini yanada oshirishga 
qaratilgandir. Prezident I. A. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi 


63

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin