O‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 109,11 Kb.
səhifə1/4
tarix20.02.2023
ölçüsü109,11 Kb.
#85099
  1   2   3   4
Raxmatillo 1

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI
FIZ-AU-21 TALABASI ISABOYEV RAHMATILLONING
FIZIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
Topshirdi: ____________________
Qabul qildi: ____________________

Mavzu: Kadirlar tayyorlash tizimining asosiy yo'nalishlari

REJA:


1 Kirish
2 Asosiy qism
2.1 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.Uning maqsadi, tarkibiy qismlar
2.2 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
2.3 Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Xulosa

Kirish.
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.Ushbu maqsadni rо‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:


«Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona о‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini kо‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat kо‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Kurs ishi dolzarbligi.Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik о‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, о‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli о‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida puxta о‘zaro hamkorlik va о‘zaro foydali integratsiyaning yо‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.Shunday kamchiliklarni oldini olish uchun kur ishi kerak.
Kurs ishini maqsadi: ta’lim-tarbiya va о‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilish.. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera oladigan yangiliklar kiritish
Kurs ishinig vazifalari:

  • kadrlar tayyorlash modelini to‘la ochib berish

  • tizimning vazifalarini o‘rganish

  • tizimni yanada rivojlantiradigan g‘oyalar o‘ylab ishlab chiqish




Yüklə 109,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin