O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO`LIMI
Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 22.18 – guruh talabasi
Odiljonova Lolaxonning
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanidan
Mustaqil
ishi
Mavzu:
Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va
ta’limiy asoslari
Qabul qildi: Jabborova Ma`rifat
Farg`ona 2023
KIRISH
O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol va intellektual salohiyatli
avlodni tarbiyalashga bog’liq. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o’z
Vataniga, xalqiga, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan yosh
avlodni komil insonlar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada
milliy g’oya
yosh avlodni ma’naviy
barkamol inson etib tarbiyalashda yetakchi g’oya bo’lib xizmat qiladi. Shuning
bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar kichik maktab yoshidagi (1-4-sinf)
o’quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalashda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
asos bo’lib, bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu dastur
hayotda o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega
bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan
shaxsni shakllantirishni
maqsad qilib qo’yadi”
1
Qolaversa ta’lim-tarbiya jarayonida eng so’nggi
texnologiyalardan foydalanish zarur bo’lib turibdi. O’zbekiston Respublikasining
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da boshlang’ich ta’lim – uzluksiz ta’lim
tizimining dastlabki savod o’rgatish turi ekanligi alohida ta’kidlangan. Aynan shu
dasturning
4.9-moddasida
“barcha
bosqichlardagi
ta’lim
jarayonlarini
kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi” deb, belgilangan
2
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz
Konstitusiyasi qabul qilinganligining 17 yilligiga bag’ishlangan
tantanali
marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek, “Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va
kompyuter
texnologiyalari,
Internet
tizimi,
raqamli
va
keng
formatli
telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot
darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va
kollejlar, oliy o’quv
yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi
uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim”
3
. Bu fikrlar
maktabning boshlang’ich ta’lim tizimiga ham taalluqlidir. Prezident Islom
Karimovning 2009 – yilning asosiy yakunlari va 2010 - yilda O’zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
eng
muhim
ustivor
yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti
va
xalqimz
farovonligini
yanada
yuksaltirish”
nomli
ma’ruzasida
farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balqi ularning
eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, XX1 asr talablariga javob
beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetkazish
uchun barcha imkoniyat va
sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganligini alohida qayd etib
o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 – yil 23-maydagi
“2001 – 2005 – yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarni rivojlantirish,
“Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini
ishlab chiqish, tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va Vazirlar
Mahkamasining “2002 – 2010 - yillarga mo’ljallangan o’rta ta’lim tizimini
axborotlashtirish dasturi” to’g’risidagi qarorlari bu
borada amalga oshiriladigan
ishlarning mazmuni, ko’lami va yo’nalishini belgilab berdi. Shu asosda Xalq ta’limi
vazirligining 2011-yil 9-iyundagi Buyrug’iga asosan 2-4-sinflarda maktab
ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga bir soatdan informatika darslarini tashkil
etish belgilab berildi. Buning uchun boshlang’ich ta’limda kompyuter va axborot
texnologiyalaridan foydalanish tizimini ishlab chiqish,
ularning kompyuter
savodxonligini oshirishga qaratilgan informatika ta’limini boshlang’ich sinflardan
o’ganish lozimligini anglatadi. Bunda boshlang’ich sinf o’quvchilarning psixologik
xususiyatlari va o’zlashtirish darajasini hisobga olib, o’quvchilar tomonidan oson
o’zlashtiriladigan tushunchalar majmuasini ishlab chiqish,
pedagogik dasturlarni
yaratish, didaktik hamda informatikaga oid mashqlar tizimini ishlab chiqish zarur
bo’ladi.