O`zbekiston respublikasi oliy va o`ra maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`limi


Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 367,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix19.05.2023
ölçüsü367,54 Kb.
#117964
1   2   3   4
Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi

Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish 
Ko‘pgina mamlakatlarda STEAM-ta’lim ba’zi sabablarga ko‘ra ustuvor ahamiyatga ega:
Yaqin kelajakda dunyoda va shuning uchun O‘zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali 
ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi.
Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya 
mutaxassislariga katta talab bo‘ladi.
Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli 
ta’lim va tajribaga muhtoj bo‘ladi.
STEAM ta’limining afzalliklari
Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular” bo‘yicha integratsiyalab olib 
borish
lmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash
Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish
Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash O‘z kuchiga 
ishonish hissini ortishi
STEAM taʼlimining afzalliklari
Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish
Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv
Taʼlim va karyera orasidagi ko‘prik
O‘quvchilarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash
STEAM tehnologiyasining afzalliklari. 


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga 
oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori, “Prezident maktablarini 
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va boshqa ko‘plab 
respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim tizimlariga tenglashtirish 
borasidagi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-
yildan boshlab milliy ta’lim tizimida STEM paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritilmoqda. 
Hozirgi kunda STEM ta’lim tizimi dunyo miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi 
mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy ta’lim tizimi etib tayinlangan. 2016-yil natijasiga 
ko‘ra STEM ta’lim tizimi bo‘yicha maktabni tamomlaganlar taqsimotiga ko‘ra yuqori 
texnologiyalar bo‘yicha jadal tarzda rivojlanib borayotgan Xitoy birinchi o‘rinni, AQSH va 
Rossiya munosib ravishda 3 va 4 o‘rinni egalladi.
STEM ta’limi nima degani?
STEM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S – 
Science –Fan T – Technology – Texnologiya E – Engineering –Injinerlik M – Mathematics 
– Matematika. Yaqin kunlarda ushbu apreviaturaga A - Art –
San’at bo‘limi ham qo‘shilgan.
Ya’ni STEM tizimida ta’lim ushbu 4 yo‘nalishga urg‘u bergan holda, undan tashqari 
ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda olib boriladi. Globallashuv davridagi 
texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar 
shakllanishi, sun’iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish 
hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanmoqda. STEM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga 
kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, 
qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish 
(problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim 
tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga 
oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa, umumiy ta’lim 
tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi ta’kidlanmoqda. 
2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanghai 


International STEM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 
O‘zbekistonda STEM ta’lim tizimini umumiy xalq ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH 
mutaxassisi jalb qilindi.
Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil 
etilgan prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi.
Zamonaviy tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng 
kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini 
ta’kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning 
ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola 
yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketmaketligi va ehtimollikni 
tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim. Maktabgacha 
ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi
mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga 
tadbiq etish muhim hisoblanadi.
Misol. STEM ta’lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish 
samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEM tizimiga olib kirishda kuchli 
tramplin bo‘la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog‘lovchi vosita 
bo‘ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib, bog‘chadagi 
akvariumda yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob bolani yoshligidan ilm-fanga 
bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda 
muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan 
adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni STEM ta’lim 
tizimi doirasida qanday strukturalashtirish mumkin:
S-Science 
Kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami, dengiz 
hayvonlari, o‘simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo‘ladi.
T-
Technology 
Atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda uchraydigan 
texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya olamiga olib kiradi. 
Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi, telefon va hokazolarni kitobda 
ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar haqida hikoyalar o‘qish mumkin. 
Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo‘lgan texnologik buyumlar illyutsrasiyasi bolani 
miyasida savollar paydo bo‘lishiga, tahliliy o‘ylashiga turtki bo‘lishi mumkin.


E-Engineering 
Injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o‘rganishdan 
boshlasa bo‘ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning birbiri 
bilan munosabatini haqidagi biron shaklga ega bo‘lgan kitob foydali vosita bo‘ladi.
A – Art
Bolani san’at olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy va dunyo 
miqyosida buyuk san’at arboblari asarlari, san’at namunalaridan tashkil topgan kitoblar, 
bolalar ko‘ziga yosh psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar
STEM ta’limi tamoyiliga munosib bo‘ladi. Malevichning “Qora kvadrat” rasmi orqali 
shaklni ko‘rsatish, Monkning “Qo‘rquv” asari orqali hissiyotlarni namoyon qilish kabi 
faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi. 
M – Math 
Kichik yoshdagi o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash
asoslarini o‘rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi zerikarli, bolaning neyrofiziologik 
rivojlanishiga to‘g‘ri kelmaydigan ta’lim bo‘lmay, balki interaktiv innovatsion 
yondashuvga ega ta’limini qo‘llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar soni, barmoqlar 
soni, yuzagi a’zolarning yonida “1” (og‘zi bitta) yoki “2” (ko‘zi ikkita) sonlarining 
namoyon bo‘lishi bolada matematika asoslarinishakllanishida va sonlarga qiziqishi 
uyg‘onishiga yordam beradi. Eng muhimi, bolaga STEM tizimiga oid kitob tanlayotganda 
u zerikarli bo‘lmasligi va bolaning yosh psixologiyasiga munosib bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ushbu kitoblar bolaning e’tiborini jalb qila oladigan, kichik yoshdagi bolalar 
psixologiyasiga mos keladigan, ularning yoshiga yarasha ma’lumotni taqdim eta oladigan 
va shu bilan bir qatorda STEM ta’limiga asoslangan illyustrasiyalardan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni Prezidentimiz oldimizga qo‘ygan 
vazifalaridan kelib chiqqan holda har tomonlama yetuk va hozirgi zamon talablariga mos 
ravishda rivojlanishida STEM tizimini asoslarini shakllantirishda quyidagi vazifalarni 
bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
MTT ni kitob bilan ta’minoti jarayonida kitoblarni STEM tamoyillariga asoslanganligiga 
qarab tanlash;
MTT tizimining ish rejasiga STEM tamoyillariga asoslangan kitoblar bilan ish faoliyatni 
yurgazish mexanizmlarini kiritish;
Kichik yoshdagi bolalar so‘z boyligini STEM kitoblari yordamida ko‘paytirish; 
Kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan, innovatsion texnologiyalardan tashkil 
topgan STEM kitoblarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Maktabgacha ta’limda STEAM tehnologiyasi, Z.M.Ashurova, G.N. Davronova 
2. “Maktabgacha ta`limda STEAM texnologiyasi” fanidan tuzilgan namunaviy 
o`quv dasturi asosida, taqrizchi M.J. Saidova, G.Q. Hasanova 

Document Outline

  • Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish

Yüklə 367,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin