Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich uskunalar Ko‘pik hosil qiluvchi moddani suvdagi qorishmasidan o‘rtacha ko‘piruvchanlikka (80-100
gacha) ega bo‘lgan havoli mexanik ko‘pikni tayyorlash uchun chizma 30 da keltirilgan KDG600 yoki KDG2000 rusumli ko‘pik tayyorlagich generatorlardan foydalanish mumkin. Sanoatda 3 xil 500 rusumdagi ko‘pik tayyorlagich generatorlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘pi
ishlab chiqarish quvvati bilan bir-biridan farq qiladi, ya’ni KDG-200, KDG-600 va KDG-2000. Bunday ko‘pik generatorlarining ishlatish tartibi quyidagichadir: 6%li ko‘pik hosil qiluvchi suyuq qorishma elastik shlanglar orqali generator purkagichiga uzatiladi. Purkagich esa o‘z navbatida, qorishmani sim to‘rlar qatlami tomon yo‘naltiradi.
Natijada qorishma havo bilan aralashgan holda sim to‘rlarga urilib mayda zarrachalarga parchalanadi va uning oqibatida qorishmadan ajralib chiqayotgan CO2gazi hisobidan diffuzorda hosil bo‘lgan bosim tufayli ko‘plab pufakchalar paydo bo‘la boshlaydi va ular borabora ko‘payib havoli mexanik ko‘pikni hosil qiladi. Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar. Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5 rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar
mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo 501 birbiridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq qiladi.
O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning vazifalari Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining aksariyati motorlashgan bo‘lib, tez yordam ko‘rsata oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida mukammallashgandir. Bular jumlasiga avtomobillar, vertalyotlar va motorli pompalar kiradi. Respublikamiz hududida eng ko‘p qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi avtomobillar hisoblanadi (5.15-5.16-5.17-rasmlar). Bu texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari, jihozlanish uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni asosiy, maxsus va yordamchi toifalarga bo‘linadi. Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘jallangan turlarga bo‘linadi:
-umumiy qo‘llaniladiganvositalarga avtokran, avtosisterna, avtonasos va motopompalar kiradi;
502 -maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik, inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich moddalar bilan jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Yordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ta’mirlash ustaxonalari joylashtirilgan avtomobillarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.