O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə49/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

3. Biosenozlarning mahsuldorligi
Biosenozlarning tuzilishi, tarkibi va hayoti, shuningdek uning dinamikasini o’rganish ularning biologik mahsuldorligi xususiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Biosenozning mahsuldorligi deganda, uning inson uchun kerakli bo’lgan o’simlik va hayvon mahsulotlari zahirasi bilan o’lchanadi. Ushbu zahiradan inson foydalanar ekan, o’z-o’zidan ma’lumki, biosenozda kechadigan jarayonlarga yoki uning tarkibidagi biron-bir o’simlik yoki hayvon turiga salbiy ta’sir ko’rsatmaslik lozim bo’ladi. Tabiiy uyushmalar (biosenozlar)ning biologik mahsuldorligi tushunchasi qishloq xo’jaligidagi tuproq unumdorligi tushunchasiga juda yaqin hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida tuproqning “charchab qolishi”, unumdorligining pasayib borishi degan ibora ishlatar ekanmiz, ekologiyada ham tabiiy uyushmalarning, antropogen omillar ta’sirida yomonlashuvi, pasayishi degan tushunchalar ham shakllanadi. Masalan, ovchilik xo’jaligining inqirozga uchrashi, baliq mahsulotining kamayishi kabi holatlar ham sodir bo’ladi.
Ma’lum bir biosenozning mahsuldorligi undagi biron-bir turdan foydalanish usullariga bog’liqdir. Odam ma’lum bir turning populyatsiyasidan o’z ehtiyojlari uchun foydalanar ekan, uning zichligiga (miqdoriga) oziqa bilan ta’minlanishiga, boshqa turlar populyatsiyalari bilan bo’lgan munosabatlariga, ularning ko’payishi, ko’chib turishi, yashab qolishi va dinamikasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Umuman, boshqa tabiiy sabablardan ko’ra, biosenozlarning mahsuldorligi birinchi navbatda insonning nisbatan xo’jalik faoliyati tufayli, ko’rsatgan ta’sir shakllariga bog’liq bo’ladi.

Savollar:





  1. Biosenoz deb nimaga aytiladi? Uning ekosistemadan qanday farqi bor?

  2. Biotopda organizmlar yaruslar bo’yicha joylashadi deganda nimani tushunasiz? Sinuziy nima?

  3. Biosenoz ichida turlarning o’zaro munosabatlari nimalar bilan ifodalanadi? Oziqa zanjirini qanday tushunasiz?

  4. Suv havzasi biosenozining yaruslarni tashkil etuvchi organizmlarning o’zaro munosabatlari nimalar bilan ifodalanadi?

  5. Biosenozlarning qanday xildagi tabiiy zonalarini bilasiz?

  6. Biosenozlarning sutkalik o’zgarishlari nimalarda namoyon bo’ladi?

  7. Biosenozlarning mavsumiy o’zgarishlarini ifodalab bering?




Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin