O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 
4.4-chizma.
1 – temir beton taglik, 2 – 
shisha, 3 – to’siqlar, 4 – sho’r suv turuvchi 
joylar, 5 – sho’r suv, 6 – suv oquvchi quvur, 7 
– qoldiq o’ta sho’r suvni oluvchi quvur, 8 – 
tirqish, 9 – distillyat oquvchi quvur, 10 – 
ortiqcha suvlar oquvchi quvur, 11 – sho’r 
suvni ta’minlovchi quvur, 12 – sho’r suv 
idishi, 13 – distillyat uchun idish, 14 – o’ta 
sho’r suv uchun idish, 14 – chiqindi, ortiqcha 
suv uchun idish, 15 – taglik 


106 
aniqlashda qurilmaning yon dеvorlaridan bo’ladigan soyalanishni 
e'tiborga olish zarur. 
H
ning oshib borishi bilan yon dеvorlarning balandligi ham, 
gabariti ham kattalashadi, soyalanish ortadi, qurilmani ko’chirishda 
noqulayliklar 
yuzaga 
kеladi. Bu kattaliklarni 
aniqlashda 
qurilmaga 
tushuvchi va unga kiruvchi 
quyosh 
radiatsiyasini 
hisoblashga e'tibor bеrish 
kеrak. 
Quyosh 
suv 
chuchitgichlari 
dengiz 
sho’r suvi zapasi ko’p 
bo’lgan, 
toza 
ichimlik 
suviga 
ehtiyoj 
bo’lgan 
hududlarda o’z o’rnini topdi va keng qo’llanilmoqda. Dunyo 
amaliyotida halokatga uchragan samolyot va kema ekipajlarini ochiq 
okean, dengizlarda suv bilan ta’minlash uchun havo-puflagichli 
“quyosh suv chuchitgichi” konstruksiyasidan keng qo’llanilmoqda, 
4.4-chizma. 
Bu qurilma sho’r suvdan quyosh nurlari yordamida ichimlik suvi 
ajratib olishga mo’ljallangan. Butun dunyoda distillangan toza 
ichimlik suvi issiqlik yordamida suvni bug’latish va kondensatsiyalash 
usuli orqali ajratib olinishi ~60% ni tashkil qiladi.Bu usul tabiatdagi 
sho’r okean dengiz suvlarining bug’lanib yerga yomg’ir va qor kabi 
ko’rinishda yog’ib tushishga asoslangan. Konussimon shakldagi suv 
chuchitgich ham xuddi shu tamoyilda ishlaydi. U oddiy konussimon 
shaklda 
yasalgan 
plastmassa 
shaffof 
idishdan 
iborat. 
Kondensatsiyalangan suv konus idish devorlaridan pastda toza suv 
yig’gich vannaga tushadi va yig’iladi. Jarayonning samaradorligini 
oshirish maqsadida konus qismi suv bug’larining tashqariga chiqib 
ketmasligi va harorat almashinuvi ro’y bermasligi uchun 
germetiklashtirilgan. Tayor chuchuk suvni olish uchun konusni asta-
sekin bir tomonga og’dirish va tiqinni rezervuardan bo’shatib ochib 
suvni idishga solish kifoya. 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin