198
Bu esа ulаrni quyosh nurlаrini qаbul qilish quvurlаrigа tushishini
tа’minlаshi uchun Shаrqdаn G’аrbgаchа yo’nаltirish imkоnini
bеrаdi. Аyni pаytdа pаrаbоlа-silindrsimоn tizimlаr 80 MW quvvаtgа
yеtishi mumkin. Bundаy tizim kоnstruktsiyasi bir nеchа sоаt
mоbаynidа vа quyosh bоtgаnidаn so’ng hаm elеktr enеrgiyasini ishlаb
chiqаrish imkоnini bеrаdigаn issiqlik to’plаgich mоslаmаni hаm o’z
ichigа оlishi mumkin.
O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2013 yil 1 martdagi PF-
4512 raqamli «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari
to’g’risida»gi farmoniga asosan Samarqand
viloyatining Pastdarg’om tumanida Markaziy Osiyodagi yirik, 100
MW quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi qurilishiga tayyorgarlik
ishlari boshlandi.
Majmua qurilishi uchun Pastdargom tumani “Qora ariq” mahalla
fuqarolar yigini hududida 400 gektar yer maydoni ajratildi. Loyiha
240 million AQSh dollarida baholanib, Osiyo taraqqiyot bankining
moliyaviy ko’magida amalga oshiriladi. Quyosh elektr stansiyasining
ishga tushirilishi bilan Pastdargom, Nurobod, Kattaqo’rgon va Narpay
tumani aholisini elektr energiya bilan ta’minlash ishlari yaxshilanadi.
Hozirda mutaxassislar hududni ekologik baholash ishlarini amalga
oshirishmoqda. Elektr stansiyasining qurilish ishlari keying yildan
boshlanadi.
Samarqand viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasining barpo
etilishi hududni yiliga 150 milliardan ortiq kW/soat elektr energiyasi
bilan ta’minlash imkonini beradi. Har yili 40 million kub metr tabiiy
gaz tejaladi, atmosferaga chiqadigan bug’ gazlari 200 ming tonnadan
ko’proq kamayadi.
Dostları ilə paylaş: