O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9. GIDROELEKTR VA OKEAN ENERGIYASI 
 
Gidravlik energiya – harakat qilayotgan suv massasi oqimi hosil 
qilgan «suv bosimi» energiyasidir. Insoniyat suv energiyasini 
ishlatganda, 
aksariyat, 
pastga 
tushayotgan 
suv 
bosimidan 
foydalaniladi. Buning uchun XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan 
o’tmishda, harakatdagi suv energiyasini, qurilma valini aylantiruvchi 
mexanik energiyaga o’zgartiruvchi suv g’ildigidan foydalanilgan. 
Keyinroq, undan tezkor va samarali bo’lgan gidro turbina paydo 
bo’ldi. XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrda aylanuvchi val 
energiyasidan masalan, faqat suv tegirmonlarida donni unga 
aylantirish va temirchilik bolg’asini harakatga keltirish uchun 
foydalanilgan.
Elektrlashtirish, deb nomlangan «oltin asr» kelishi bilan suv 
g’ildiragining qayta tug’ilishi nishonlandi, biroq endi u boshqa 
ko’rinishda (suv turbinasi yoki gidroturbina shaklida) qayta vujudga 
keldi. Shu davrda mexanik energiyani elektr energiyaga o’zgartib 
beruvchi generatorlarning valini aylantirish zarur edi. Bu esa, ko’p 
yillik sinovlarda o’z o’rnini topgan suv energiyasi yordamida 
bajarilishi mumkin, natijada zamonaviy gidro-energetika sohasi 
tug’ildi.
Hozirgi kunda gidroturbinalar hosil qilayotgan barcha mexanik 
energiya elektr energiyasiga aylantirilmoqda. Butun dun’yoda 
muqobil energiya manbalariga ehtiyoj baland bo’lgan hozirgi zamon 
elektr energetikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifatida 
gidro elektr stanstiya (GES) birinchi galda ahamiyatli, deb hisobnadi. 
Bunda GESlarni IES o’rnida ishlatish qimmat baho yoqilg’ini sotib 
olish ehtiyojini bartaraf etadi.


210 
9.1. GES qurilishi tarixi 
Suv bosimi energiyasini hosil qilish uchun, aksariyat 
daryolarning quyi oqimida, suv to’g’onlaridan foydalanadilar.
1913 yilda O’zbekiston hududida joylashgan dizel elektr 
stanstiyalar umumiy quvvati 3000 
kWt
bo’lib, o’sha davrda ishlab 
turgan paxtani tozalash korxonalari uchun 3 million 
kWt·s
elektr 
energiya ishlab chiqarilgan. Yurtimizda birinchi gidro elektr stanstiya 
1926 yil 1 may oyida quvvati 4000 
kWt
bo’lgan Bo’zsuv GESi qurib 
ishga tushirildi. 1940 yilgacha bo’lgan davrda Qodiriya (13600 
kWt
), 
Bo’rjar (6400 
kWt
), Tovoqsoy (birinchi navbati) GESlari ishga 
tushirildi. I Jahon urushi davrida dushman bosib olingan hududlardan 
O’zbekistonga evakuastiya qilingan korxonalarni elektr energiyasi 
bilan ta’minlash maqsadida Oqtepa (1943, 15 
MWt
), Qibray (1943, 
11, 2 
MWt
), Salar (1944, 11,2 
MWt
), 1Oqqovoq (1943, 26,1 
MWt

GESlari ishga tushirildi. Farxod GESi qurila boshlandi. Urishdan 
keyingi davrda Namangan GES lar kaskadi (1,2+2, 1+2, 4+2,4)
 MWt 
li, 
Chirchiq-Bo’zsuv 
kaskadi kabi o’sha davrning yirik 
gidroenergetika tizimlari bunyod etildi. Respublikamizda gaz 
zahiralari aniqlangandan so’nggi 1960-80 yillarda xalq xo’jaligini 
elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Angren (600 
MWt
), 
Toshkent (1920 
MWt
) Navoi (830 
MWt
), Sirdaryo (3000 
MWt
), 
issiqlik elektr stanstiyalari va Farg’ona issiqlik elektr markazi (230 
MWt
) qurildi.
O’zbekistonda 2017 yilga kelib amalda elektr energiya ishlab 
chiqaruvchi GES lar umumiy o’rnatilgan quvvati 1611 MVt ni va bir 
yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya miqdori 7,93 mlrd kVt·s ni 
tashkil etdi; bu miqdor umumiy ishlab chiqilga elektr energiyaning 
13,06 % ni tashkil etadi.
Chirchiq-Bo’zsuv GESlari tashkiliy tuzilmasiga ko’ra besh GES 
lar kaskadidan iborat: O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi (o’rnatilgan 
quvvati 885 MVt), Chirchiq (190,7 MVt), Qodiriya (44,6 MVt), 
Toshkent (29 MVt) va Quyi-Bo’zsuv GES lar kaskadi (50,9 MVt). 
Chirchiq-Bo’zsuv GES kaskadlarining umumiy quvvati - 1200,2 MVt, 
o’rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi - 4,67 mlrd.kVt·s ni 
tashkil etadi. O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi Chirchiq daryosida 
joylashgan bo’lib, qolgan GES lar Chirchiq daryosining o’zanlarida, 
derivastion (suvni GES turbinasiga olib keluvchi) kanalli va Bo’zsuv 


211 
(Bo’zsuv GES lar kaskadining ba’zi GES lari joylashgan hudud 
mustaqil kanal, deb qaralishi mumkin) kanalida joylashgan. 
Kaskadning yuqori pog’onasi - quvvati kaskadlar quvvatining yarmini 
tashkil etuvchi (600 MVt) Chorbog’ GES idir. Stanstiyaning baland 
to’kma (beton va shag’alli) to’g’oni mavjud bщlib, daryo oqimidagi 
kaskadlarni rostlash va qishloq xo’jaligi sug’orish ishlarini boshqarish 
uchun yirik Chorbog’ suv omborini hosil qilgan. GES ning quyi 
oqimida to’kma to’g’on turidagi Xojikent va G’azalkent stanstiyalari 
joylashgan bo’lib, ular elektr energiya ishlab chiqarish bilan birga, 
quvvatli Chorbog’ GESi «tashlagan» suvni «tekislash» vazifasini ham 
bajaradilar.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin