O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

O
H
CaCO
CO
OH
Ca
2
3
2
2
)
(
+
=
+
Ohakli zatvor unchalik ham muhim emas, chunki karbonad 
angidiridni suvda eruvchanligi juda yaxshiligi tufayli, suvli zatvorning 
o’zi yetadi. 
Katta hajmli biogaz texnologiyasidan foydalanib, biogaz ishlab 
chiqarilayotgan bo’lsa, biogazda suv bug’lari ham ko’p bo’ladi. 
Biogazni suvdan tozalashda tindirgichlardan foydalaniladi. Katta 
hajmli biogaz qurulmalaridan olinadigan biogazni qo’shimchalardan 
tozalashda ikki bosqichli tindirgich, undan so’ng ikki bosqichli filtr 
va yana tindirgichdan foydalaniladi. 
Bundan tashqari, biogazni qo’shimchalardan tozalashda mahalliy 
xomashyolar asosida olingan sorbentlar yordamida ham tozalash 
mumkin. Buning uchun adsorbent karbonat angidirid, vodorod sulfid 
va ammiak gazlarini tutib qoluvchi qo’shimchalar bilan bo’yitiladi. 
Undan so’ng biogaz adsorbentli filtrdan o’tkaziladi va tozalanadi. 
Mahalliy xomashyolar asosida olingan sorbentlar o’zimizning 
respublikada ishlab chiqarilishini hisobga olsak, bu sorbentlar 
iqtisodiy jihatdan qimmat hisoblanmaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi 
ma’lumotlariga ko’ra, biogaz va bioo’g’it olish korxonasiga yer 
ajratish sanitariya me’yorlari quyidagicha:
- O’zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori 
tomonidan 2008- yilda tasdiqlangan 0246–08-sonli “O’zbekiston 
Respublikasi aholi joylarida atmosfera havosini asrash bo’yicha 
sanitariya me’yorlari va qoidalari” sanitariya me’yorlari va qoidalari 
(SanPIN)ga asosan, quvvati yiliga 40 tonnadan ortiq chiqindilarni 
qayta ishlashga 
mo’ljallangan korxona sanitariya himoya 
mintaqasining masofasi 1000 metr, agar quvvati 40 tonnadan kam 
bo’lsa, 500 metr deb belgilangan. 
- korxonaning ehtiyoji uchun davlat standarti texnik shartlarini 
ishlab chiqish masalasi Sog’liqni saqlash Vazirligining vakolatiga 
kirmasligi, lekin ushbu hujjatda atmosfera havosi, tuproq va yer osti 
suvlarini chiqindilardan muhofaza qilinishini ta’minlash chora-
tadbirlari ko’zda tutilishi shart.


256 
«O’zstandart» agentligining ma’lumotiga ko’ra, O’zbekiston 
Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida»gi Qonunining 6-
moddasiga muvofiq, me’yoriy hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish 
va tarqatilishiga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan, biogaz va 
bioo’git ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan me’yoriy hujjat (texnik 
shartlar yoki korxona standarti) ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 11 noyabrda 1422-
son bilan davlat ro’yxatiga olingan. 
«O’zstandart agentligida standartlashtirish bo’yicha me’yoriy 
hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi»ga 
muvofiq o’rnatilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazish maqsadga 
muvofiq. 
Yuqoridagi sanitariya me’yorlari va standart talablari hali 
muqobil energiya manbalari uskunalari, qurilishi va foydalanishiga 
bog’liq bo’lgan holatlarga ruxsat berish qoidalarini qo’llash uchun 
yetarlicha vaziyatni to’la qamrab olmaydi.
Ammo muqobil energiya manbalari qurilmalarini hayotga tadbiq 
qilish uchun, ularni ekologik jihatdan muhimligini isbotlovchi 
me’yoriy huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ularni avvalo ta’lim 
tizimidan boshlab o’rganishni taqqozo etadi. 
So’ngi yillarda dunyo ekologiyasining keskin o’zgarishi ta’lim 
tizimida ekologik fanlarni yanada chuqurroq o’qitishni talab etmoqda. 
BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlari 
strategiyasi ham ekologik ta’lim va tarbiya, sog’lom muhit 
yaratishning poydevori ekaniga e’tibor qaratilgan. Mazkur 
Strategiyani amalga oshirish maqsadida respublikamizda ekologik 
ta’limni rivojlantirish, ekologik kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash Strategiyasi hamda dasturi qabul qilingan. Vazirlar 
Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish 
ta’lim konsepsiyasini 2015-2017 yillarda milliy ta’lim tizimiga 
singdirish bo’yicha harakat dasturiga” muvofiq, ta’lim muassasalari 
tomonidan professional ta’lim va o’qitishning barcha bo’g’inlarida 
o’quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo’yicha ishlar izchillik 
bilan olib borilmoqda. 
“O’zbekistonda uzluksiz ekologik va barqaror taraqqiyot ta’lim 
tizimining 
joriy 
etilishi 
hamda 
uning 
huquqiy 
asoslarini 
takomillashtirish” dasturi asosida keng ko’lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. YUNESKO tomonidan dunyoning barcha davlatlarida 


257 
uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish hamda uning 
huquqiy asoslarini yaratish va tashkil etish vazifalari qo’yildi. 
Dunyo taraqqiyotida atrof-mihit muhofazasi va ekologik ta’lim, 
tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekistonda ekologik 
xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ekologik 
asoslari yaratilib 300 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul 
qilingan. Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda 
Xalq ta’limi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining 
qo’shma qaroriga asosan “Respublikada ekologik ta’limni 
rivojlantirish va ekologik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash 
hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
istiqbollari” dasturi va konsepsiyasi, shuningdek, “O’zbekiston 
Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim 
konsepsiyasi to’g’risida”gi qo’shma qarori hayotga samarali tadbiq 
qilinmoqda. Shuningdek, 2013-2017 yillar uchun O’zbekiston 
Respublikasida qabul qilingan muqobil energiyadan foydalanish va 
atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi sohani barqaror 
rivojlantirishga qaratilgan. 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin