87
ko’rinishda bo’ladi. Biroq aytib o’tganimizdek, oyna infraqizil
nurlarni yutadi. Shu tufayli tuproq nurlanayotgan energiyaning ancha
qismi issiqlikka aylanadi va issiqxonani qizdirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, oynalar uzun to’lqinli nurlanish bilan issiqxonadagi
issiqlikni isrof bo’lishidan himoya qiladi. Keyingi yillarda issiqxona,
issiqxona limonariylarni tiniq yuzalar bilan qoplashda oyna o’rniga
shaffof polimer – poliamid plyonkalar qo’llanilmoqda. Oynadan farq
qilib, bu plyonka faqat ko’rinadigan nurlargina emas, balki
ultrabinafsha nurlarni ham o’tkazadi va infraqizil nurlarni kuchli
(90%) yutadi. Shu bilan birga juda elastik, yengil, yetarlicha
mustahkam va ko’pga chidaydi. Plyonkaning bu sifatlari ayrim nodir
o’simliklarni muhofaza qiladigan vaqtincha konstruksiyalar qurishga
imkon beradi.
Poliamid plyonka ostida issiqxona effekti oyna ostidagidan
kuchliroq bo’ladi. Poliamid plyonkalardan (va boshqa ba’zi shaffof
polimerlardan)
foydalanish
qishloq
xo’jaligi
ekinlarining
hosildorligini oshirish va hosil sifatini anchagina yaxshilashga imkon
beradi. Yorug’likning har qanday moddaga ta’siri, jumladan, uning
fizioligik ta’siri ham yorug’likning yutilishi bilan bog’liqdir.
Yerda yorug’lik ta’sirida bo’ladigan jarayonlardan eng muhimi
shubhasiz fotosintezdir.
Dostları ilə paylaş: