O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə127/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

Nazorat topshiriqlari:
1.1. Tuproq eroziyasi deb . . . . . . . . . . . . . . ga aytiladi ?.
1.2. Eroziya . . . . . . . . . . . . . . . turga bo’linadi?.
1.3. Suv oqimining tezligiga qarab . . . . . . . . . kabi yuvilishlar kuzatiladi?.
1.4. Yuvilish darajasiga ko’ra . . . . . . . . . . . larga ajratiladi ?.
1.5. Suv eroziyasining oldini olish va qarshi qurashda . . . . . . . kabi tadbirlar qo’llaniladi?.
2-asosiy savol
Sеl oqimining paydo bo`lishi va unga qarshi kurash choralari.


2-asosiy savolning bayoni:
Tog’, tog’oldi va adir mintaqalarida kuchli jala quyishi yoki qorlarni jadal erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, tosh aralash holda vujudga kelgan suv oqimiga sel deyiladi.
O’zbekistonda sel oqimi Farg’ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi tog’liklarda keng tarqalgan. Bu yerlarda yiliga bahor oylarida 2-5 martagacha sel oqimi vujudga keladi, ularning oqish davomiyligi 2-3 soatdan 1—12 soatgacha davom etadi.
Sel oqimi qishloq xo’jaligiga juda katta zarar keltiradi. Sel aholi yashaydigan joylarni qishloq xo’jalik binolarini, chorvachilik fermalarini, ekin maydonlarini, suv omborlarini, sug’orish inshoatlarini, temir va avtomobil yo’llarini, ko’priklarni buzadi. Ularni loyqa, qum, shag’al, tosh aralashmalari bilan ko’mib tashlaydi. Sel oqimi natijasida tuproqning yuvib ketilishi juda kuchli bo’ladi. Nishabligi qiyalik 2-40 dan ortiq bo’lgan yerlarda bir mavsumdagi sel oqimi natijasida 20-30 t/ga tuproq yuviladi.
Sel oqimi jala yog’ishining jadalligiga, davomiyligiga, yerning rel’efiga, o’simlik qoplamiga, tuproqning tarkibiga, suv-fizik xossalariga, unumdorligiga bog’liq bo’ladi. Tog’ va tog’ yon bag’rlaridagi tabiiy o’simliklarqoplami (daraxtlar, butazorlar, o’tloqlar) buzulganda, chorva mollarini yaylavlarda boqish tartibiga rioya qilinmaganda, yerlar asossiz shudgor qilinganda sel oqimi paydo bo’lishi kuchayadi.
Sel oqimining oldini olish va qarshi kurash uchun agro-o’rmon, agromelioratsiya va gidrotexnik tadbirlar majmuasi qo’llaniladi. Agro-o’rmon va agromelioratsiya tadbirlari asosan sel oqimining oldini olishda, gidrotexnika tadbirlari esa qarshi qurashda qo’llaniladi.
Agro-o’rmon tadbirlarida tog’ va tog’ yon bag’rlarida supalar (terrassalar) vujudga keltirilib, ularda ko’p yillik o’rmon daraxtlarini barpo qilish amalga oshiriladi. Supalashtirish daraxtlarga yaxshi sharoit vujudga keltiradi, ular tez o’sib rivojlanadi, tuproqni mustaxkamlaydi, suv oqimini rostlaydi, sel oqimining oldini oladi. Supalar ko’tarma bo’ylab ketgan o’zanning kattaligi ( umumiy suv yig’ish maydoni) va uning nishabligiga bog’liq holda olinadi. Bunda yig’ilib kelinadigan suvning sathi supa ko’tarmasining qirrasida doimo 10-15 sm pastda bo’lishi hamda to’plangan suv yerga shimilib, supa uzunligi bo’yicha taqsimlanib ketishi kerak.
Supalar orasidagi masofa yon bag’rining qiyaligiga va tuproq gruntning tarkibiga qarab kuyidagicha bo’ladi.
Qiyaligi 0,02 – 0,12 bo’lgan yerlarda pog’onali qiya, qiyaligi 0,12 – 0,25 bo’lgan yerlarda pog’onali yotiq va qiyaligi 0,25 dan katta bo’lganda transheyali, ariqli supalar olinadi. Supalar bul’dozer va greyderlar yordamida olinadi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin