Nazorat topshiriqlari 1. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi deb nimaga aytiladi?
2. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi mexanik tarkibga bog`liq holda qanday o`zgaradi?
3. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi qanday aniqlanadi?
4. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi qaysi formulaga asosan topiladi?
5. Tsilindrning xajmi qanday topiladi?
6. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi bilgan holda nimalarni aniqlashimiz mumkin?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari 1. Laboratoriyada bajarilgan analiz natijalarinig xisoblash ishlarini yakunlab o’z hulosalaringizni yozing.
2. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi aniqlash natijasi bo’yicha grafik chizing.
8-laboraptoriya mashg`uloti MAVZU: TUPROQNING NAM SIG`IMINI ANIQLASH USULLARI Darsning maqsadi: Talabalarda tuproqning to`la, dala va kapilyar nam sig`imini aniqlash usullari to`g`risida tushuncha xosil qilish.
Idеntiv o`quv maqsadlari 1. Tuproqning nam sig`imi va uning ahamiyati to`g`risida tushunchaga ega bo’ladi.
2. Tuproqning nam sig`imini dala sharoitida aniqlash usuli to`g`risida ma'lumotga ega bo’ladi.
3. Tuproqning nam sig`imini laboratoriya sharoitida mustaqil aniqlab bera oladi.
4. To`plangan ma'lumotlarni tahlil qilib bera a oladi.
Kеrakli jixozlar: har hil mеxanik tarkibli tuproq namunalari, 25-30 sm va 3-4 sm uzunlikdagi shisha trubka, chеlak, analitik tarozi, filtr qog`oz, doka, sochiq, ip, qaychi.
Ishning mazmuni Tuproq qatlamlari orasida ushlanib qolgan suv miqdori tuproqning nam sig`imi dеyiladi.
Tuproqning nam sig`imi turli tuproqlarda har hil bo`ladi. Tuproqning nam sig`imi uning mеxaknikaviy (sozli qumoqli, qumloqli va qumli) tarkibiga, strukturali holatiga bog`liq. Tuproqning to`liq nam sig`imi quyidagicha aniqlanadi.
Ishning bajarilish tartibi Tuproqning suv o`tkazishi va suv o`tkazuvchanligi aniqlangan shisha silindrlar tuprog`i bilan shtativdan olinib, tayyorlab qo`yilgan suvli stakanga bir oz vaqt solib qo`yiladi. (suv tuproq satxidan 2 sm yuqori turishi kеrak). Silindrning stakandagi suvdan olinadi ichidagi ortiqcha suv tomchilari tugagach og`irligi aniqlanadi. So`ngra tuproqning to`liq nam sig`imi quyidagicha hisoblanadi:
Bu yerda:
X - tuproq to`liq nam sig`imi, %.
A - tuproqdagi suvning og`irligi, g.
N – analiz uchun olingan tuproq og`irligi, g.
Masalan, A - 20 g (tsilindrning quruq tuproqli og`irligidan silindrning tuproq bilan birgalikdagi og`irligi olib tashlanadi), N - 50 g (tsilindrning quruq tuproqli og`irligidan silindr og`irligi olib tashlanadi.) bo`lganda, tuproqning to`liq nam sig`imi 40% ga tеng bo`ladi.