C) Kimyoviy va biologik nurashga uchrab dastlabki kimyoviy tarkibini o’zgartirgan minerallarga;
D) Kimyoviy va biologik nurashga uchrab dastlabki kimyoviy tarkibini o’zgartirmagan minerallarga.
2.4.4. Ikkilamchi minerallar qanday guruhlarga bo’linadi?
2.4.5. Birlamchi minerallar o’lchami …...… mm bo’lgan fraktsiyalar, ikkilamchi minerallar o’lchami ………… mm bo’lgan fraksiyalar tarkibiga kiradi.
MAVZUGA OID HULOSALAR 2.4.1. Tuproq hosil bo’lish jarayoni murakkab va uzoq vaqt davom etadigan jarayon bo’lib, turli omillar ta’sirida boradi.
2.4.1. Tog’ jinslarining kimyoviy tarkibi u hosil qiladigan tuproqning kimyoviy tarkibi asosida shakllanadi va uning unumdorlik ko’rsatkichlarini belgilaydi.
MUSTAQIL ISH TOPSHRIQLARI 2.1. Tupoqning qattiq qismi nimadan tashkil topganligi va tuzilishini o’rganib chiqing.
2.2. Yotqiziqlar va tuproqdagi birlamchi va ikkilamchi minerallar to’g’risida ma’lumotlar to’plang.
5-MAVZU: TUPROQ VA TUPROQ ONA JINSINING MEXANIK TARKIBI. «TUPROQ VA TUPROQ ONA JINSINING MEXANIK TARKIBI» MAVZUSIDAGI MARUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI
№
Faoliyat
Ma’sul
I
1. Tayyorlov bosqichi.
1.1. Darsning maqsadi: Tog’ jinslari va tuproq qanday o’lchamdagi zarrachalardan tashkil topganligini, mexanik elementlar deb nimaga aytilishini, granulometrik tarkib deb nimaga aytilishini, mexanik elementlar, granulometrik tarkib va tosh miqdoriga qarab qanday klassifikatsiyalanishini tushintirib berish.
1.2. Identiv o’quv maqsadlari: 1.2.1. Tuproq qattiq qismi nimadan iborat ekanligini bilib oladi.