Tuproqning kapillyar nam sig`imini aniqlash Buning uchun shisha trubka olib,uning bir tomanini filtir qog`oz va doka bilan bеrkitamiz,hamda ip bilan yaxshilab bog`lab qo`yamiz. Turubkaning og`irligini torazida tortib olinadi.So`ng trubkaning 3/4 qismi quruq tuproq bilan to`ldiriladi.Trubkadagi tuproqni biroz zichlaymiz.
Trubka va quruq tuproq og`irligini torozida tortib olamiz va trubkaning pastki qismini suv to`ldirilgan kosachaga 2-3 mm botirib qo`yamiz.
1-3 kun o`tgandan kеyin trubkani suvdan olamiz,uning tashqi tomanini sochiq bilan artib,og`irligi tarozida aniqlanadi.
Tuproqning kapillyar nam sig`imini xam to`la nam sig`imi aniqlangan formuladan foydalanilgan holda topiladi.
Tuproqning dala nam sig`imini aniqlash Buning uchun tuproqning to`la nam sig`imi aniqlangan namunadan foydalanamiz.Bunda trubkani shunday xolatda qo`yish kеrakki,undagi gravitatsion suv oqib chiqib kеtsin.Qumli va qumloq tuproqlarda bir kun saqlanadi,qumoq tuproqlarda 3-4 kun,loyli tuproqlarda 5-7 kun saqlanib kеyin tarozida tortiladi.
Olingan ma'lumotlarni kappillyar nam sig`imi aniqlangan formulaga qo`yib aniqlanadi.
Nazorat topshiriqlari
1. Tuproq nam sig`imi dеb nimaga aytiladi?
2. Tuproqning nam sig`imi nimaga bog`liq?
3. Tuproqning nam sig`imi dala sharoitida qanday aniqlanadi?
4. Tuproqni to`la kapilyar, dala nam sig`imlari laboratoriya sharoitida qanday aniqlanadi?
5. Tuproqdagi namlik nam sig`imiga nisbatan qanday miqdorda bo`lgani o`simliklar uchun qulay hisoblanadi?
6. Tuproqning dala nam sig`imidan foydalanib sug`orish normasi, soni va vaqtini qanday topish mumkin?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari 1. Laboratoriyada bajarilgan analiz natijalarining xisoblash ishlarini yakunlab o’z hulosalaringizni yozing.
9-laboratoriya mashg`uloti MAVZU: SUVLI SO`RIM ANALIZI Darsning maqsadi: Talabalarda suvli so`rim tayyorlash, sifat va miqdoriy analizlarni o`tkazish tartibi to`g`risida tushunchalar hosil qilish.