Komil insonni tarbiyalash milliy mafkuraning asosiy g‘oyasi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani ijtimoiy hayotga tatbiq etish davlat tashkilotlari, muassasalari va jamoat birlashmalarining doimiy diqqat markazida turadi. Zero, yosh avlod nafaqat bizning kelajagimiz, balki hozirgi dolzarb muammolarni hal etishda ilg‘or g‘oyalar bilan ishtirok etuvchidir Ma’lumki, ma’naviy yetuk, bilimli, mustaqil fikrga ega va jismonan
sog‘lom avlodni tarbiyalash ilg‘or maorif tizimi va malakali mutaxassis kadrlar tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy hayotning turli sohalarida, shu jumladan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda katta yutuqlarga erishildi. Maorif sohasida uzluksiz ta’lim tizimiga o‘tildi. Zamonaviy o‘quv dargohlari qurilib, yangi texnik vositalar bilan jihozlandi. Ta’lim jarayoni xalqaro tajriba va milliymentalitetimizni hisobga olgan holda tashkil etildi. Bilim dargohlari yangidarsliklar, qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlandi