O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə55/96
tarix02.01.2022
ölçüsü2 Mb.
#47455
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org (1)

7.1.2-shakl

O'qituvchi tomonidan qo'llanilayotgan talablar bora-bora jamoat talabiga aylanadi. Jamoat talabi ijtirnoiy fikr tarzida namoyon bo'ladi. Jamoa (jamoatchilik) fikri o'zida jamoaning muayyan faoliyati, voqea-hodisaga nisbatan beriladigan bahona yoki muhokama natijasini ifo-dalaydi va faol ta'sir kuchi bo'lib qoladi.

Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga o'rgatib boriladi. O'rgatish bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o'quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etila-digan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi fao-liyatdir. Xo'sh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qan-day faoliyat darajasiga yetishi kerak? Inson ongi uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqat-ni fahmlash asosida ma'naviy istiqbolli faoliyat darajasidir. Aql kishining o'z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma'naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir. Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni rag'batlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning histuyg'ulari va maq-sadlariga bevosita ta'sir ko'rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga rag'batlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.

11.2. Tarbiyada ibrat-na’muna ko'rsatishning tutgan o'rni

Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, mashhur yunon mutafakkirlari - Aflotun va Arastuning nomi bilan bog'liq pandnomalaridan keng o'rin olgan. Jumladan, Sharq mam-lakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining o'zi tarbiya ko'rgan, insoniy fazilatlarni egalla-gan bo'lishi darkor. «Shuni bilginki, deydi Arastu, ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi odam o'zi tarbiya ko'rmagan bo'lsa, boshqa-larni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen o'z o'quvchingni tarbiya-lamoqchi bo'lsang, avval o'z ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo o'zgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin o'z nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo ko'zi ojiz bo'lgan kishi qanday qilib ko'rga yo'l ko'rsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obro' va qadr-qimmat ato qila oladimi?»

Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta'lim-tar-biyaga oid «Ro'shnoi noma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma»si, Ubayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk o'rta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta'limotlari al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan o'rganildi va boyitildi. Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat namunaning o'rni beqiyosdir. Bu, o'z navbatida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a'zolarini tayyorlashni kafolatlaydi.

11.3. Tarbiyada rag'batlantirish va jazolash metodlari

Rag'batlantirish metodlari - o'quvchilarningharakatlarini ijobiy baholashni ko'zdatutadi. Rag'batlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va g'ayrat bag'ishlaydi, o'z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag'batlantiradi, o'z faoliyati va xulqiga rnas'uliyatini oshiradi. Rag'­batlantirish metodlari xilmaxil boiib, ular tarkibiga ma'qullash, ko'ngil ko'tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og'zaki va yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi. Rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo'llanilishi lozim. Har qanday rag'batlantirish o'quvchining jamoa oldi-dagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo'lishi lozim. Rag'batlantirish vaqtida o'quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o'rnini hisobga olish va u ketmaket bo'lmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash, jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni bo'shashtirib yuborish, bular o'quvchida manmanlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Rag'batni tashkil etishda o'quvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi o'rni, axloqiy qiyofasi, shuning-dek, mebnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning o'ziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.



Jazo berish metodlari — bu o'quvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me'yorlariga qaramaqarshi faoliyatvaxatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma'qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, o'zini gunohkor deb bilish hissini uyg'otishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoilab quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham xilma-xil bo'lib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish, xatti-harakatlarni jamoa o'rtasida muho­kama qilish, muayyan faoliyatdan chetlatish va boshqalar kiradi. Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq bo'lib, o'quvchilarning aybiga, sal­biy xattiharakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chog'ida sal­biy xattiharakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim. Jazo berish o'quvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham o'quvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha'nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak. Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, o'zaro bir-biriga ta'sirini hisobga olgan holda qoilash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan bo'lsada, ular birbiridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi. O'yin, o'quv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, ko'rgazmali o'quv qurollari, badiiy-ilmiy adabiyotlar, san'at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slayd, shuning­dek, kishilar ham tarbiya vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, histuyg'u, xulqatvor tarkib toptiriladi. O'quvchining turli ko'rinishdagi faoliyati uyushtiriladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan foydalanishga alohida diqqat-e'tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish o'quvchilarning ma'naviy kamol topishiga olib keladi. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta'lim muassasalari oldiga qo'yilgan yosh avlod-ni. har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari o'zaro o'hshash jihatlariga ko'ra uch guruhga bo'linadi. Tarbiya jarayonida qo'llaniladigan tarbiya vositalari metodlar ahamiyatini kuchaytirish-ga xizmat qiladi.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqiar:

/. Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz?




  1. Tarbiyaning qanday metodlari bor?


  2. Rag 'batlantirish metodi nima va uning qanday turlari mavjud?


  3. Jazolash metodi va uning turlarini tmhuntirib bering.


  4. Tarbiya jarayonida metodlar nima uchun qo 'llaniladi?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y

2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y

3. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y

4. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon.,“Xayot” 2001 y

6. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y

7. M.To’xtaxo’jayeva “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2010 y


Mol-mulkni behuda isrof qilish - aqlsizlik, boylikni o'ylamasdan sarflash tanazzul alomatidir. Hikmat


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin