329
koʻrsatkichiga erishish bilan tavsiflanadi. Aqliy donishmandlik axloqiy
madaniyat, yuksak his – tuygʻular, muomala maromi, tabiat va jamiyat
normalariga rioya qilishlik bilan uzviy uygʻunlikda hukm suradi. Axloqiy
etuklik siyosiy, xuquqiy, iqtisodiy ong koʻrinishlariga oqilona yondashishni
ta’minlaydi.
Aqliy donishmandlik axloqiy, intellektual, estetik va praksik (mehnat
natijasidan lazzatlanish) yuksak his – tuygʻular manbasiga bevosita asoslansa,
toʻkislik, mukammallik namunasini aks ettiradi. Ma’naviy barkamollik
etuklikning tarkibiy qismlari bilan bir tekis qurollantiradi, xulq, faoliyat va
muomala regulyatori funksiyasini oʻtaydi.
4. Umumbashariy daholik jamiyat va taraqqiyot taqozosi bilan vujudga
keluvchi imkoniyat yoki zaruriyatning mahsulidir. Fan, texnika, siyosat, din,
davlat qurilishi sohasida keskin oʻzgarishni amalga oshiruvchi tarixiy shaxslar
kamolotining oxirgi bosqichiga erishishi mumkin. Bunday darajaga erishganlar
oʻzlarining valeligi, bashoratchanligi bilan davrdan, zamondan ancha ilgarilab
ketish hollari bilan tavsiflanadi.
Komil insonlik toʻgʻrisidagi mulohazalar ideal sharoitni aks ettirishga
qaratilganligini ta’kidlab oʻtish joiz. Chunki reallikdan uzoqlashish unga
erishish imkoniyati mavjud emasligini bildirmaydi, aksincha, inson oʻzini – oʻzi
kashf qilish, oʻzini roʻyobga chiqarish, qulay shart – sharoitlar yaratishorqali
yuksak darajaga erishsa boʻladi. Lekin, komil insonlikka qoʻyiladigan talablar
darajasiga nisbiy yondashish, mezonlarni ixchamlashtirish orqali komil insonni
shakllantirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: