139
Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqligini kura olish.
Oʻqitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anviy oʻqitish usuli - bunda oʻqituvchi
muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlanaydi va muammoni yechib beradi.
Oʻquvchi esa masalani yechish yoʻllarini eslab qoladi va uni yechishni mashq
qiladi. Bunda oʻquvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Rivojlantiruvchi
ta’lim oʻqitishning muammoli usulida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilish
jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. Oʻquvchi esa
muammoni tushunadi. Uni yechish yoʻllarini qidiradi va uni yechadi. Bunday
xollarda oʻquvchi tafakkurining maxsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi
rivojlanadi. Oʻquvchining oʻqishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish uchun
oʻqituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: 1. Oʻquv jarayonini shunday
tashkil etish lozimki, bunda oʻquvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi,
yangi bilimlarni oʻzi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish
uchun sharoit izlashi kerak. 2. Oʻquvchilarga bir xil oʻqitish usullari va bir
turdagi ma’lumotlarni berishdan qochish kerak. 3. Oʻrgatilayotgan fanga
nisbatan qiziqishning namoyon boʻlishi uchun ayni shu fan yoki bilim,
oʻquvchining oʻzi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi
kerak. 4. Yangi material qanchalar oʻquvchi tomonidan avval oʻzlashtirilgan
bilimlar bilan bogʻliq boʻlsa, u oʻquvchi uchun shunchalik qiziqarli boʻladi. 5.
Xaddan ziyod qiyin material oʻquvchida qiziqish uygʻotmaydi. Berilayotgan
bilimlar oʻquvchining kuchi yetadigan darajada boʻlishi lozim.
Oʻqituvchi oʻrganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini koʻrsatish,
oʻquvchining oʻquv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy
oʻyinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim
yorqin, qiziqarli boʻlavermaydi, shuning uchun oʻquvchilarda iroda, qat’iylik,
mehnatsevarlik kabi hislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu
hislatlar oʻquvchining kelgusida oʻz-oʻzini nazorat qilishga, oʻz-oʻzini
baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos boʻlish kerak.
Dostları ilə paylaş: